1. Bog‘in tuzilishi. Bo‘g‘in tiplari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati


Download 33.85 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi33.85 Kb.
#1404863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).


Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).
1. Bog‘in tuzilishi.
2. Bo‘g‘in tiplari.
3.Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati.
4.Urg‘u va uning turlari
Tayanch tushunchalar
Bo‘g‘in- nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik (ba`zan bir so‘zga teng) segment
birligi.
Sillabema- bo‘g‘inning fonologik birlik sifatidagi nomi.
Sillabika- bo‘g‘in (sillabema) haqidagi ta`limot.
Bo‘g‘in markazi- bo‘g‘in balandligi, u bo‘g‘in tarkibidagi unliga to‘g‘ri keladi.
Berkitilgan bo‘g‘in- CV, CVC tipidagi bo‘g‘inlar.
Berkitilmagan bo‘g‘in- V,VC tipidagi bo‘g‘inlar.
Ochiq bo‘g‘in- V,CV tipidagi bo‘g‘inlar.
Intonatsiya - og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari.
Nutq melodikasi – gapda ovozning ko‘tarilishi va pasayishi.
Nutq ritmi – urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning, ulardagi cho‘ziq va qisqa unlilarning
qo‘llanishida vazndoshlik, ohangdoshlikning mavjud bo‘lishi.
Temp – nutq oqimining sur`ati, tezlik darajasi.
Nutq intensivligi – talaffuzning kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi.
Nutq tembri - nutq oqimida asosiy ton va qo‘shimcha tonlar nisbatidan kelib chiqadigan
tovush bo‘yoqdorligi.
Pauza nutq oqimidagi ayrim to‘xtalishlar.
Urg‘u - muayyan til fonetik-fonologik tizimidagi supersegment birliklardan biri.
Aktsentema - urg‘uning so‘z yoki nutq oqimidagi fonologik-aktsentologik xususiyatlariga
nisbatan nomlanishi.
Dimanik urg‘u - zarb urg‘usi.
Kvantitativ urg‘u (miqdor urg‘usi) - cho‘ziqlik belgisiga ega bo‘lgan urg‘u.
Tipik ottenkali urg‘u - bo‘g‘in tarkibidagi unlining asosiy ottenkasini saqlash imkonini
beradigan urg‘u.

Download 33.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling