1. Bog‘in tuzilishi. Bo‘g‘in tiplari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati


Download 33,85 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi33,85 Kb.
#1404863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).

Sintagma urg‘usi – nutq oqimining ma`no jihatdan muhim bo‘lgan qismini
(sintagmani) alohida ta`kidlash, ajratish uchun qo‘llangan urg‘u. Sintagmani aniqlash mezoni
ikkitadir, a) semantik mezon. b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatiksemantik
jihatdan yaxlit bir butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg‘usi
fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo‘lgan qismni maxsus
ta`kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan
fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko‘rib chiqaylik, «Iqtisodiy va siyosiy
sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha
fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning
uchun ham ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va maorifni
yuksaltirish, milliy uy2onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.» (Prezident I. Karimovning 1995-yil
fevral` oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma`ruzasidan.)
Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor, 1. «Iqtisodiy va siyosiy
sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha
fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». 2. “Aynan shuning
uchun ham ma`naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta`lim va maorifni
yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi». Har bir gap nutqning fonetik
bo‘linishida bir frazaga teng bo‘lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza
borligi ma`lum bo‘ladi. Frazalar, ma`lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham
fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). har bir fraza taktlarga (sintagmalarga)
bo‘linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan
parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor, a)
«Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi». b) «yurtimizda
yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan
iboratdir». Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg‘u (sintagma urg‘usi) bilan yakunlangan
bo‘lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega, sintagma oxiridagi «maqsadi» so‘zining
so‘nggi bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, bu bo‘g‘indagi «i» unlisi cho‘ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ
urg‘u), tovush toni ko‘tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu
sintagmaning ma`nosini alohida ta`kidlash imkonini bergan. Sintagma urg‘usidan so‘ng kelgan
qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma
urg‘usining orni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o‘zgartirilishi ham mumkin.
Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta`sir qiladi. qiyos qiling, Bu shifokor –
Dilbarning onasi. (Bu shifokor-ega sostavi. Dilbarning onasi – kesim sostavi). Bu - shifokor
Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – kesim sostavi).

Download 33,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling