1. Bog‘in tuzilishi. Bo‘g‘in tiplari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati


Download 33.85 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi33.85 Kb.
#1404863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).

Tonik (musiqiy) urg‘u - ovoz tonining o‘zgarishi, tovlanishiga asoslangan urg‘u.
Bog‘langan urg‘u - muayyan tilda so‘zdagi biror bo‘g‘inga doimiy bog‘langan urg‘u.
Erkin urg‘u - muayyan tilda so‘zning turli bo‘g‘inlarida uchraydigan urg‘u.
mi sanaladi.
Bo‘g‘in bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasidir. Masalan,
ona(o-na), ota(o-ta), bola(bo-la) kabi. Bo‘g‘in nutq oqimining tovushdan katta, so‘zdan kichik
(ba`zan bir so‘zga teng) segment birligidir. Fonologik nuqtai nazardan bo‘g‘in sillabema
deyiladi, uni O‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.
Bo‘g‘in unlisiz tuzilmaydi, shuning uchun unli tovush bo‘g‘inning markazi hisoblanadi- u
undoshlarni o‘ziga tortib, bir havo zarbi bilan aytiladigan fonetik bo‘lakni (bo‘g‘inni) hosil
qiladi. Undoshlar o‘zicha bo‘g‘in yasamaydi (sonorlar bundan mustasno). Ular unlidan oldin
kelganda kuchsiz boshlanib, kuchli tugaydi. kitob so‘zidagi «ki-» bo‘g‘ini boshida kelgan «k»
undoshi shunday. Undosh tovush unlidan keyin kelganda, kuchli boshlanadi, so‘ng kuchsizlanib
tugaydi, kitob so‘zidagi «-tob» bo‘g‘ini oxirida kelgan «b» undoshi shunday. Ba`zan ikki bo‘g‘in
orasida ikkita bir xil undosh yonma-yon kelib qoladi, muddat (mud-dat) kabi. Bu hodisa
geminatsiya sanaladi. Bunda ikkala «dd» bir tovushdek talaffuz etiladi, binobarin, kuchli
boshlanib, kuchli tugaydi, oralig‘ida esa bir oz pasayish kuzatiladi. Bular ikki balandlikka ega
undoshlar sanaladi. Demak, bo‘g‘in tuzilishida undoshlar kuchsiz boshlanuvchi, kuchli tugovchi
va ikki balandlikka ega xarakterida bo‘ladi. (16,q6-bet). Shunga ko‘ra bo‘g‘in uch qismga
bo‘linadi. a) bo‘g‘in boshi- bo‘g‘in yasovchi tovushning (unlining) balandligigacha bo‘lgan
qism. b) bo‘g‘in markazi (bo‘g‘in balandligi). v) bo‘g‘in markazidan keyingi qism (bo‘g‘in
balandligidan so‘nggi qism).
Unli (V) yoki unli qundosh (VC) tipidagi bo‘g‘inning boshi nulga teng bo‘ladi, oqta
(birinchi bo‘g‘in boshi nulga teng), olqma (birinchi bo‘g‘in boshi nulga teng). undoshqunli (CV)
tipidagi bo‘g‘inning oxiri ham nulga teng, olqma («-ma» bo‘g‘inining oxiri nulga teng) kabi.
O‘zbek tilidagi umumturkiy so‘zlarda, a) boshi nulga teng bo‘g‘in faqat so‘z boshida uchraydi,
oqta, uchqta kabi. b) boshi nulga teng bo‘lgan bo‘g‘in birinchi bo‘g‘indan keyin qo‘llanmaydi.
Bu tipdagi bo‘g‘inning so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelishi faqat arabcha va ruscha leksik
o‘zlashmalarda uchraydi, ma-o-rif (arabcha), a-or-ta (ruscha-baynalmilal) kabi. v) oxiri nulga
teng (CV tipidagi) bo‘g‘in so‘zning barcha qismlarida qo‘llanishi mumkin, boqla, daqla kabi. g)
bo‘g‘in boshida undoshlarning qatorlashib kelishi faqat ruscha-baynalmilal so‘zlarda uchraydi,
traktor (birinchi bo‘g‘in sxemasi- CCVC) kabi.

Download 33.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling