1. Bog‘in tuzilishi. Bo‘g‘in tiplari. Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati


Download 33.85 Kb.
bet9/9
Sana30.04.2023
Hajmi33.85 Kb.
#1404863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 Bo‘g‘in (sillabema). Urg‘u (aksentuatsiya).

Intonatsiya turlari – intonatsiyaning yuqorida sanab ko‘rsatilgan prosodik elementlar
ishtirokida shakllangan maxsus ko‘rinishlari. Ularga quyidagilar kiradi
Tugallangan intonatsiya. har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega bo‘ladi.
Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so‘z yoki so‘z birikmasining gap emasligini
bildiradigan intonatsiya. Masalan, A`lochi talaba (aniqlovchi-aniqlanmish qolipidagi birikma.
Bunda intonatsion tugallik yo‘q). Talaba – a`lochi, egaqkesimqgap. (Bunda gapga xos
intonatsion tugallik bor).
Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi – ko‘tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi – fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo‘llanadigan ohang. Bu ohang
emotsional gaplarda qo‘llanadi.
Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi – undalmalarga, vokativ gaplarga, buyruq gaplarga xos
intonatsiya.
Sanash intonatsiyasi – teng grammatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni – uyushiq
bo‘laklarni bog‘lovchi fonetik vosita.
Intonatsiyaning roli. a) gapning intonatsion tugalligini ifodalovchi muhim vosita sifatida
xizmat qiladi. b) gapning ifoda maqsadiga va emotsionallikka ko‘ra turlarini farqlashda ishtirok
etadi. v) sintaktik aloqalarni ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi.
Tekshirish savollari
1.Bo‘g‘in nima?
2.Bo‘g‘in tuzilishining qanday xususiyatlari bor?
3.Bo‘g‘in markazi nima?
4.Bo‘g‘inning qanday tiplari bor?
5.Bo‘g‘inga oid qanday tasniflarni bilasiz?
6.Bo‘g‘inning til va nutqdagi ahamiyati nimalardan iborat?
7.Sillabema va sillabika deganda nimalar anglashiladi?
8.Intonatsiya nima?
9.Intonatsiyaning qanday prosodik elementlari bor
10.Intonatsiyaning turlarir
11.Intonatsiyaning til va nutqdagi rolir
12.Fonetikaning intonatsiyani O‘rganuvchi bo‘limi qanday nomlanadir
13.Urg‘u nima? Uning qanday tiplari bor?
14.Qanday hollarda urg‘u aktsentema sanaladi?
15.So‘z urg‘usining fonetik tabiatiga nimalar kiradi? Bu belgilariga ko‘ra so‘z
urg‘usining qanday turlari farqlanadi?
16.Orniga ko‘ra so‘z urg‘usining qanday turlari bor?
17.Erkin va bog‘langan urg‘ular qanday farqlanadi?
18.Harakat qilish belgisiga ko‘ra so‘z urg‘usining qanday turlari bor?
19.Ko‘chadigan va ko‘chmaydigan urg‘ular qanday farqlanadi?
20.Sintagma urg‘usi nima?
21.Ayiruv urg‘usining asosiy belgilari nimalardan iborat?
Адабиётлар:
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
3. G.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent,1995.
4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
5. Sh.Ranmatullayev. Nozirgi adabiy O‘zbek tili. Toshkent, 2007.
6. R.Sayfullaeva va b.Nozirgi O‘zbek titi. Toshkent, 2009.
Download 33.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling