Keltirsangiz, ishtirokchilar


Download 20.03 Kb.
bet1/2
Sana02.04.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1318877
  1   2
Bog'liq
zakovat 10 savol

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

  1. Bu sport turini ko‘z oldingizga keltirsangiz, ishtirokchilar uchun qandaydir xavf borligini sezmaysiz. Ammo statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim bilan tugovchi chaqmoq urishlarining 20 % i aynan shu sport turi shinavandalari bilan yuz berarkan.

Savol: Bu qaysi sport turi?Javob: Golf!
Izoh: Ochiq joyda o‘ynalgani uchun + golf klyushkasi chaqmoqni jalb qiladi!

  1. Ko‘pchiligimiz xush ko‘rib iste`mol qiladigan bu ichimlik avvaliga bir sitrus mevadan tayyorlangan. Ichimlik nomiga qarab biz buni anglab olishimiz qiyin emas. Chunki ichimlik nomida o‘sha meva nomi haligacha saqlanib qolgan.

Savol: Gap qaysi ichimlik haqida ketmoqda? Javob: Limonad.Izoh: Limonadlar dastlab faqat limon va suvdan tayyorlangan. Shu boisdan ham ichimlik nomida limon so‘zini ko‘rish mumkin.

  1. Bir Wikipedia maqolasida 1906-yilgacha ishlatilgan shaftoli savati haqida yozib o`tilgan. Shaftoli savati o`rnini keyinchalik metall halqa egallagani qayd etilgan. Diqqat savol: Bu Wikipedia maqolasi nima haqida ekanligini bitta inglizcha so`z bilan yozib bering! Javob: Basketball.

Izoh: Yangi sport turiga endigina asos solingan vaqtda to`pni tashlash uchun shaftoli savatidan foydalanishgan. Har to`p tushganida kimdir savatdan to`pni olib berishi kerak edi. Oqibatda bu zerikarli tus ola boshlagan. Shu tariqa savat o`rnini tagi ochiq metall halqa egallagan.

  1. Andijonlik dehqonning aytishicha, BU ISHNI QILISHDA chiroyli tashqi ko`rinish, katta kindik, to`ndagi chiziqlar, doiradek taranglagan tovush, dog`lar muhim ahamiyatga ega. “Senimi, shoshmay tur” multserialida begemot BU ISHNI QILISH paytida bo`riga yaxshigina azob bergan. Diqqat savol: BU ISHNI QILISH o`rnidagi ikki bir xil harfdan boshlanuvchi so`zlarni yozib bering! Javob: Tarvuz tanlash! Izoh: Tarvuz tanlash paytida dehqonning aytishiga qaraganda yuqoridagi alomatlarga qarab ish tutgan maqul. Multserialda begemot tarvuz tanlayotib, boshiga tarvuz ko`rinishidagi qalpoq kiyib olgan bo`rining boshini qattiq qisadi.

  2. Fizik Arnold Zommerfeld fan tarixidagi ulkan shaxsiyatlardan biri hisoblanadi. U uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan va ko‘plab insonlarga fan sirlarini tushunishda ko‘maklashgan. Arnold 84 marta Nobel mukofotiga da`vogar sifatida ko‘rsatilgan va afsuski biron marta ham bu yutuqni qo‘lga kirita olmagan. Lekin shu bilan birga u 7 soni bilan bog‘liq juda yoqimli natijaga egalik qiladi va bundan faxrlansa arziydi.


Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling