§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining davlat tili ? mavqeyidagi o‘rni
Hozirgi o'zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o'tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O'zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko'proq darajada o'zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan:
O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1989- yil 21 - oktabrda qabul qihngan).
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4- modda).
«Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri, 1995- yil 21- dekabr.
Tekshirish savollari
«Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursi nimani o'rganadi?
Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilgan?
Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari?
Adabiy til bilan dialekt, sheva va funksional stillar o'rtasidagi munosa- batlar va tafovutlar nimadan iborat?
Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi?
Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday tushunasiz?
Adabiy tilning vazifa doirasi?
O'zbek tilining davlat tili maqomi qanday hujjatlar bilan kafolatlangan?
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |