H jamolxonov
Download 5.34 Mb.
|
H jamolxonov
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. Ikkinchi davr (lotin grafikasiga asoslangan yillar)
- 1934- yilning yanvar oyida
6- rasm. (lotin) alifbosi Markaziy Qo‘mitasi ham o‘zining ikkinchi plenumini o‘tkazadi, bu plenumda yangi o‘zbek alifbosini amalga kiritishning besh yillik rejasi tasdiqlanadi73. yilning 7- martida 0‘zbekiston Respublikasi 2- chaqiriq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Oliy Kengashining 3- sessiyasi yangi o‘zbek alifbosi Markaziy Qo‘mitasining hisobotini va 5 yillik rejasi haqidagi axborotini tinglaydi hamda bu ishni amalga oshirishning yangi tadbirlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlaydi. Sessiya majlisining bayonnomasida (uning 6- moddasida) qayd etilishicha, 0‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi yangi o‘zbek alifbosini Davlat alifbosi deb tan oladi va bu haqda maxsus qaror tayyorlab, uni matbuotda e’lon qilishni Markaziy Ijroiya Qo‘mita Prezidiumiga topshirdi74. yilning 11- avgustida 0‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7- martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123- sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosi deb e’lon qilinadi hamda bu alifboga asta-sekin (bosqichma-bosqich) o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Bu qarorda yangi alifboga to‘la o'tishni 1932- yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi88. yilning 1- dekabrida 0‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi o‘zining 209- sonli qarori bilan shu yilning 11- avgustida qabul qilingan 123- sonli qaroriga o'zgartirish kiritadi, bu yangi (209-sonli) qarorda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini 2 yilga qisqartirish (uni 1930- yilning 1- yanvarigacha tugallash) nazarda tutiladi89. §. Ikkinchi davr (lotin grafikasiga asoslangan yillar) Ikkinchi davr. Bu davr lotinlashtirilgan o‘zbek yozuviga toia o‘tish bilqn boshlanadi. yilning 15-23- mayida Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala — adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari ko‘riladi. Bu konferensiyada adabiy til me’yorlarini belgilashda singarmonizmli qishloq shevalarining xususiyatlarini hisobga olish lozimligi haqida takliflar boiadi, shu asosda alifboda ham unlilami ifodalovchi 9 harfning boiishi ma’qullanadi; alifboga bosh harflar qo‘shiladi va harflar tartibi belgilanadi90. yilning 10- avgustida 0‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi kollegiyasining yigilishi boiib, unda may oyida boiib o‘tgan til-imlo konferensiyasi tavsiya qilgan yangi imlo qoidalari tasdiqlanadi91. «Qoidalar» 29 moddadan iborat boiib, ularda singarmonizmli sheva xususiyatlarini s# 06 06'MiRneHMM b y36eKCKOM nMCbMeHHOCTH HOBO-y36eKCKoro (Ha jibtmhckom ochobc) ajicf>aBHTa - rocyaapcTBeHHbiM h o nopaaKe nepexoaa Ha HOBO-y36eKCKnti aji(t)aBHT Bcex ywpexnenMH, ihkoji h roaaiejibCTB // UenTpajibHbiM ApxHB AH PecnyøjwKH Y36eKHCTaH, cjx>H,a N° 4, onwcb N° 2, ea. xp. 14. c. 9—10. s<) O aonojiHeHHH nocTaHOBJieHHB UeHTpaabHoro McnojibHHTe;ibHoro KoMHTeTa ot 11 aBrycTa 1928 roaa N»123 «06 o6t5iB;ieHHn b y36eKCKOti nucbMenHOCTH hobo- y36eKCKoro (na jiaTHHCKOM ocHOBe) ajKfaBHTa — rocyaapcTBenHbiM m o nopaaxe nepcxoaa Ha HOBO-yaöeKCKHti aacf)aBHT Bcex ynpexaeHMH, uikoji m M3aarejibCTB» cTaTbeit 12-ofi // UeHTpajibHbifi ApxHB AH Pecny6jiwai y36eKHCTaH, (Jjohä Ns 4, onHCb N° 2, ea. xp. 14, c. 11. Bu haqda qarang: Til va imlo konferensiyasining qarorlari. - T.: «0‘zdavnashr», 1930. Yana qarang: Jomonov Ravshan. Bosh harflarning qollamshi tarixiga doir // «Til va adabiyot ta’Iimi» jumali, 1998, 5-son, 19—24-b. Faxri Kamol. Ko‘rsatilgan dissertatsiya. 6—7-b. Bu haqda qarang: H6parnMOB C. Op^orpacfiHa y36eKCKoro aawKa // OpcborpacliMsi tiopkckhx BMTepaTypHbix H3biKOB. — M.: «HayKa», 1973, c. 222. yozuvda ifodalashga ko‘proq o‘rin beriladi. Yozuvning ayni shu jihati jamoatchilikda e’tiroz tug‘diradi, bu e’tiroz 1933-yilda o‘zbek orfografiyasi qoidalarining yangi loyihasi yaratilishiga olib keladi75. 1934- yilning yanvar oyida Toshkentda o‘zbek orfografiyasining yangi loyihasi muhokamalarini yakunlash maqsadida birinchi Respublika Qurultoyi o'tkaziladi, unda alifbodan 3 ta harf (e, y, b) chiqariladi, natijada «o» — «e», «u» — «y», «i» — «b» juftliklari o‘rnida «o», «u» va «i» harflarining o‘zini qo‘llash qoidalashtiriladi, biroq bu bilan alifbo va imlodagi qiyinchiliklarga to‘la barham berilmaydi: «a» bilan «e» harflarining qo‘llanishidagi noizchilliklar, «-ga» va «-c>|a», «-gan» va «-t)]an», «-gac» va «-0| ac», «-lik» va «-liq» ... kabi ko‘p variantlilikning yozuvda saqlanganligi jonli til bilan imlo o‘rtasida jiddiy tavofutlarni yuzaga keltiradi, izchil va barqaror savodxonlikni ta’minlash ishiga xalaqit beradi. yilning boshlarida 0‘zbekiston Fanlar Komitetining A.S.Pushkin nomli Til-adabiyot institutida A.K.Borovkov (rahbar), Olim Usmonov, Faxri Kamolov, B.Avizovlardan iborat maxsus mualliflar guruhi tuzilib, unga lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va orfografiyasini matbuotda bildirilgan fikrlar asosida qayta ko'rish va takomillashtirish vazifasi yuklatiladi76. yilning 9- dekabrida lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosining yuqoridagi ishchi guruh tomonidan tayyorlangan yangi loyihasi muhokama uchun matbuotda e’lon qilinadi77. Loyihada alifbo sirasiga quyidagi o‘zgarishlar kiritilganligini ko‘ramiz: a) «e» harfi alifbodan chiqariladi, uning vazifasi «a» harfiga yuklanadi; b) kuchsiz lablangan «o» unlisi uchun alifboga usti chiziqli « a » harfi kiritiladi; d) alifbodagi harflar tartibi qisman o‘zgartiriladi: q, q, O], h, q harflari alifbo oxiriga olinadi. Natijada alifbo loyihasi quyidagi 30 harfdan tarkib topadi: a, b, v, g, d, e, z, z, i, j, k, 1, m, n, a , o, p, r, s, t, u, f, x, c, §, o,, q, q, h, q, ’ (apostrof). Loyihada bevosita imlo bilan bog‘liq o‘zgarishlar borligi ham ma’lum bodadi: «-gan» va «-c>|an», «-gac» va «-c>jac», «-gunca» va «-c>]unca», «-ga» va «-oja», «-mak» va «-maq», «-rak» va «-raq» kabi juft qo£shimchalarning ingichka va yo‘g‘on variantlaridan faqat bittasi imlo uchun standart sifatida belgilanganligini, ksi, pcaq kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qisqa «i» unlisining yozilishi (ki.si, picaq kabi),jazuci, toquci kabi so'zlarning jazuvci, toquvci shaklida bir «v» qo'shib yozilishi qoidalashtirilganligini ko'ramiz. yilning 12- dekabrida yuqoridagi loyiha A.S.Pushkin nomli Til- adabiyot va tarix instituti ilmiy kengashida muhokama qilinadi, ammo bu muhokama paytida yozuvni rus grafikasiga ko'chirish kerakligi haqida ham takliflar bo'ladi: bunga mamlakatda rus grafikasiga o'tish jarayoni ommaviy tus olganligi asos qilib ko'rsatiladi. Darhaqiqat, 1936-38- yillar orasida 30 ga yaqin xalqning (abazin, avar, adigey, bolqor, buryat, darg'in, yoqut, ingush, cherkes, koryak, lak, lezgin, nanay, nenes, no'g'ay, oltoy, osetin, tatar, xakas, chechen, chukchi, shor, even, evenk, eskimos, qorachay, qrim-tatar, qumiq xalqlarining) yozuvlari rus grafikasi tizimiga ko'chirib bo'lingan, boshqa Ittifoqchi Respublikalarda esa bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan edi. Institutning ilmiy kengashi shu omilni hisobga olib, rus grafikasiga o'tish bo'yicha takliflar tayyorlashni Olim Usmonovga topshiradi78. yil, aytish mumkinki, rus grafikasi asosidagi o'zbek alifbosini shakllantirish yili bo'lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiyani ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomli Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi, uni bajarish esa F.Kamolov, O.Nosirova va Z.Ma’rufovlarga topshiriladi79. Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling