H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
4.3. Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli”.
Oʻzbekistonda taraqqiyot yoʻli ishlab chiqilishida avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat turli “izm”lardan holi va adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat qurilishiga xizmat qilishi belgilab olindi. Respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari pirovard natijada mustaqillikni mustahkamlash, fuqarolar huquqlari hamda farovonligini ta’minlab beradigan adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. Bu haqda I.A.Karimov shunday degan edi: “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir. Oʻzbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbaidir”7. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ilgari surilgan bu gʻoya, keyinchalik konstitutsiya va qonunlarning qabul qilinishiga, davlat olib borgan siyosatga asos boʻlib xizmat qildi. Mamlakat prezidenti I.Karimov oʻzining “Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli” asarida yangilangan jamiyatda yashovchi kishining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yoʻllarni koʻrsatib berdi. Bu yoʻllar siyosiy sohada: - xalq ham bevosita, ham oʻz vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda toʻliq ishtirok etishi lozimligini; - hokimiyat boʻlinishining jahon tan olgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo qilishni; - jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangi- lashni; - barcha fuqarolaming qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustunligini ta’minlashni; - bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida koʻppartiyaviylikni shakllantirishni; - Oʻzbekistonda tugʻilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligi va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi boʻlishga erishishni bildiradi. Iqtisodiy sohada - bu: - milliy boylikning koʻpayishini ta’minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni; - ijtimoiy jihatdan yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni; - mulk egalari huquqlarining davlat yoʻli bilan himoya qilishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; - iqtisodiyotni oʻta markazlashtirmasdan korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirishni, davlatning xoʻjalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni bildiradi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada - bu: - insonparvarlik gʻoyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini; - ma’naviyatni qayta tiklashni; - oʻzbek tilini rivojlantirishni; - hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror topdirishni; - ijtimoiy adolat qoidalarini roʻyobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, koʻp bolali oilalar, oʻquvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga boʻlgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni; - odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. Prezident I.Karimovning Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat qurush borasidagi bunday qarashlari mamlakatning bozor munosabatlariga oʻtishida, ichki va tashqi siyosatni shakllantirilishida, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvorliklari va yoʻnalishlari amalga oshirilishida belgilovchi konsepsiya boʻlib xizmat qildi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling