H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-BOB. OʻZBEKISTONDA HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT BARPO QILINISHI VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING


Download 1.94 Mb.
bet17/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

5-BOB. OʻZBEKISTONDA HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT BARPO QILINISHI VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANTIRILISHI


5.1. Oʻzbekistonda prezidentlik institutining shakllanishi, hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi.
Hozirda BMTga 193 ta davlat a’zo, ushbu davlatlardan 143 tasini Prezident boshqaradi. Mamlakatimizda Prezident lavozimi Oliy Kengash tomonidan 1990-yilning 24-martida “Oʻzbekiston SSR Prezidenti lavozimini taʻsis etish va Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan joriy yetildi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimi demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining oʻzaro aloqasini takomillashtirish maqsadidata’sis etildi. Prezidentning konstitutsiyaviy maqomi Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshligʻi etib belgilandi.
Qonunda fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishiga kafil boʻlish, respublikaning suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish, mamlakat ichkarisida va xalqaro tashkilotlarda respublika nomidan ish koʻrish, Oliy Kengashga har yili respublikadagi holat hamda ichki va xalqaro hayotning eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish, ayrim shaxslarni lavozimga tayinlash va ozod qilish boʻyicha vakolatlar, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlash, hukumatning qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish, qonunlarni imzolash, faxriy unvonlar berish, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, respublika fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etish, sudlar tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish va boshqalar Prezident vakolatlari sifatida qayd etildi9.
Oʻzbekiston Konstitusiyasining XIX bobi Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti haqida boʻlib, Prezident vakolatlari yanada kengaytirilganligini koʻrish mumkin10. Konstitutsiyaning 89-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi”, deb yozib qoʻyilgan.
1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan davlat boshqaruvining uygʻun tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qoʻyish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qoʻshib yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi boʻlishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining apparati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bitta apparatga birlashtirilishi belgilandi. Ushbu qonun Prezidentga Vazirlar Mahkamasining Raisi boʻlishi vakolatini berish bilan ijroiya hokimiyatni ham boshqarish imkoniyatini berdi. Oʻzbekistonda prezidentlik respublikasi davlat boshqaruv shakli vujudga keldi.
1991-yil 18-noyabrda mamlakatimizda prezidentlik saylovlarini tartibga soluvchi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. 1991-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga birinchi marotaba muqobillik asosida umumxalq saylovi boʻlib oʻtdi. Unda Islom Karimov koʻpchilik ovoz toʻplab Prezidentlikka saylandi. 2000-yil 9-yanvarda, 2007-yil 23-dekabrda, 2015-yil 29-martda oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarda ham I.A. Karimov koʻpchilik ovoz toʻplab gʻalaba qildi va 2016-yil vafotigacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boʻlib qoldi.
2016-yil 2-sentyabrda Islom Karimov vafot etishi munosabati bilan 8-sentyabrda Shavkat Mirziyoyev Prezident vazifasini bajaruvchi lavozimini egalladi.
2016-yil 4-dekabrda navbatdan tashqari Prezidentlik saylovi oʻtkazildi. Prezidentlik saylovi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisidagi”gi qonunga muvofiq, muqobillik asosida oʻtkazildi. Unda 88,61% ovoz bilan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi. Vakolat muddati tugashi munosabati bilan 2021-yil 24-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylovlarda 80,12% ovoz toʻplab, u ikkinchi muddatga qayta saylandi.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling