H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi


Download 1.94 Mb.
bet25/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (“Adolat” SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, Dasturi va Ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan. Partiyaning bosh maqsadi — Vatan mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarning jadallashuviga, huquqiy demokratik, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish va pirovardida, Oʻzbekistonni jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam oʻrin olishiga munosib hissa qoʻshish. Partiyaning gʻoyaviy negizini sotsial demokratiyaning 3 asosiy prinsipi: siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy adolat tashkil etadi. Qonun ustuvorligini taʼminlovchi adolatli ijtimoiy munosabatlar oʻrnatilgandagina odil jamiyat qurish mumkin boʻladi. “Adolat” partiyasi ushbu yoʻnalishdagi ishlarni bajarishni oʻzining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi hamda ularning siyosiy, ijtimoiy irodasini namoyon etishga intiladi. “Adolat” gazetasi partiyaning nashriy organidir.
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (OʻzMTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda boʻlib oʻtgan ta’sis qurultoyida tuzilgan, partiya dasturi va nizomi qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil, 9-iyunda roʻyxatga olgan. Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni taminlash, huquqiy davlatni barpo etish va Oʻzbekistonni jahonning etakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. OʻzMTDP millatning oʻz-oʻzini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini toʻla shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yoʻlidan rivojlanishga erishish, milliy meros va an’analarni roʻyobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi. OʻzMTDPning nashri “Milliy tiklanish“ gazetasidir.
1998-yildan 2008-yilgacha faoliyat yuritgan yana bir partiya Oʻzbekiston fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) dir. U 1998-yil 28-dekabrda boʻlib oʻtgan 1-ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadi erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq, huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati negizlarini barpo etish, aholi turmush darajasini taraqqiy topgan davlatlardagi xalqlarning turmush darajasiga yetkazish, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib oʻrin olishiga amaliy hissa qoʻshishdan iborat boʻlgan.
2008-yil 20-iyun kuni Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda asosiy masala Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiya­si va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilib, ikkala partiyaning birlashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga koʻra bir biriga yaqin, ya’ni, milliy tiklanish va vatanparvarlik gʻoyasini roʻyobga chiqarish, milliy an’ana va qadriyatlarni himoya qilish, asrab avay­lash hamda rivojlantirish ekanligi ta’kidlandi.17
Oʻzbekiston siyosiy tizimida oʻziga xos oʻringa ega boʻlib ul­gurgan Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining (OʻzLiDeP) Nizomi va dasturi uning 2003-yil 15-noyabrda boʻlib oʻtgan Ta’sis Qurultoyida tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xoʻjaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling