10-AMALIY MASHG‘ULOT.
MAVZU: JAHONNING YETAKCHI SIYOSIY- IQTISODIY TASHKILOTLARI
Topshiriqlar:
1. BMT va uning tashkil topish sabablari to’g’risida yozma bayon tayyorlang.
2. SHHT va BRIKS hamda ularning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rnini siyosiy-geografik jihatdan baholang. (Qisqacha izoh bering)
3. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki va uning vazifalarini jadvalda asoslab bering.
1-topshiriq:
BMT — Yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashishi asosida tuzilgan xalqaro tashkilot.
Hozirda BMTga 193 davlat a'zo. Tarkibiga ko‘ra 6 ta asosiy organ, qo‘mita va komissiyalardan iborat:
1. Bosh Assambleya.
2. Xavfsizlik Kengashi.
3. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash.
4. Vasiylik kengashi.
5. Xalqaro sud.
6. BMT kotibiyati.
Rasmiy tillari: ingliz, ispan, rus, arab, fransuz va xitoy.
BMT Bosh kotibi — Antoniu Guterrish (portugaliyalik, 2017-yildan).
2-topshiriq:
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI — 2001-yil 15-iyunda tashkil topgan xalqaro tashkilot.
A'zo davlatlar: Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston Qozog‘iston, Pokiston, Hindiston;
Kuzatuvchi davlatlar: Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston, Belorussiya.
Muzokaralar bo‘yicha sherik davlatlar: Armaniston, Kambodja, Ozarbayjon, Nepal, Shri-Lanka, Turkiya.
Davlat boshliqlari sammitlariga taklifnoma olganlar: MDH, ASEAN, BMT, YeOES, AQSH, Turkmaniston.
Kuzatuvchi davlatlar sifatida ishtirok etishga xohish bildirgan davlatlar: Bangladesh, Suriya, Misr, Isroil, Maldiv orollari, Ukraina, Iroq, Vetnam, Bahrayn, Qatar.
BRIKS — BU QANDAY TASHKILOT?
BRIKS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasidan iborat, tez rivojlanayotgan mamlakatlardan iborat guruh.
BRIC nomi ilk bor tahlilchi Djim O’Neyl tomonidan taklif etildi. 2011-yil 18-fevralda JAR ni tashkilotga qo‘shilishi bilan guruh BRICS deb nomlana boshlandi.
Bu guruh davlatlari dunyo quruqligining 25 foizini egallaydi, 40 % aholisi 15,435 trln.dollarga teng YaIM ga ega. Lekin, Goldman Sachs xulosasiga ko‘ra, bu to‘rt davlat birorta siyosiy ittifoq tuzmasa kerak - deb aytiladi.
Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy 40% ga yaqin (260 mln t) bug‘doy, 50% cho‘chqa go‘shti (50 mln tonnada ortiq), 30% dan ortiq qush go‘shti, 30% mol go‘shti ishlab chiqaradi (Jahon ishlab chiqarishga nisbatan).
Jahondagi haydaladigan yerlarning 32% ga yaqini BRIKS davlatlariga tegishli.
Bu tashkilot mamlakatlari e'tiborli darajada integratsion imkoniyatlarga ega.
3-topshiriq:
№
|
NATO ga a'zo mamlakatlar
|
A'zo bo‘lgan yili
|
Vazifalari
|
1
|
AQSH
|
|
|
2
|
Kanada
|
|
|
3
|
Buyuk Britaniya
|
|
|
4
|
Germaniya
|
|
|
5
|
Fransiya
|
|
|
6
|
Turkiya
|
|
|
7
|
Lyuksemburg
|
|
|
8
|
Italiya
|
|
|
9
|
Daniya
|
|
|
10
|
Polsha
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |