H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-BOB. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. OʻZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI


Download 1.94 Mb.
bet28/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

6-BOB. IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. OʻZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI.


6.1. Oʻzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning huquqiy asoslarining yaratilishi.
Istiqlol yillarida jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tub islohotlar yuz berdi. Bu oʻzgarishlar iqtisodiy sohani ham qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish Oʻzbekiston oʻz oldiga qoʻygan strategik maqsadlar bilan boʻgʻliq edi. Ya’ni rejali iqtisodiyotdan voz kechib bozor iqtisodiyotiga oʻtish iqtisodiyotni boshqarishdagi usullarni isloh qilishni, xususiy tadbirkorlini rivojlantirishni, yangi korxonalarni ochishni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini himoya qilishni, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni talab qilar edi. Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarida ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti moʻljal qilib olindi. Shu yoʻnalishda iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Iqtisodiy islohotlarda quyidagilar strategik maqsad qilib olindi:
- ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning oʻsishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan va doimiy rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;
- koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish, tashabuskorlik va tadbirkorlikni ragʻbatlantiradigan xususiy mulkchilikka davlat tomonidan sharoit yaratish;
- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xoʻjalik ishlariga davlatning toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usullarini tugatish, iqtisodiy vositalar va ragʻbatlantirishlarni keng qoʻllash;
- moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy oʻzgarishlarni amalga oshirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
- jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilib boorish;
- kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularda mulkka egalik qilish, oʻzlarining mehnat sohalarini mustaqil belgilshga imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlar yoʻnalishlari belgilab olindi. Oʻtkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yechilishiga xizmat qiladigan tarmoqlarni birinchi navbatda rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlar mulkiy, moliya-kredit, agrar, ijtimoiy sohada, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq islohotlar yoʻnalishida amlaga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillardan biri islohotlarning huquqiy negizini yaratishdan iborat hisoblanadi. Shu boisdan islohotlarga huquqiy asos boʻladigan 100 ga yaqin qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarning mazmun-mohiyatiga koʻra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Oʻzbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yoʻnalishda “Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”, “Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi va mulkchilik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar. Mulkchilik toʻgʻrisida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida, yer toʻgʻrisida, ijara toʻgʻrisida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunlar shular jumlasidan hisoblanadi.
3. Xoʻjalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar. Bu yoʻnalishda fermer xojaligi, dehqon xoʻjaligi, shirkat xoʻjaligi toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga soluvchi bank va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sugʻurta, birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunlar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Xoʻjalik prosessual kodeks qabulq qilindi.
4. Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar yaratildi. Bularga Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonun, xalqaro pakt va bitimlarning ratifikatsiya qilinishini kiritish mumkin.
Iqtisodiyotning huquqiy asoslari Birinchi Prezident farmonlari, hukumar qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan takomillashtirib borildi.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling