H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Xususiylashtirish jarayonlari


Download 1.94 Mb.
bet30/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Xususiylashtirish jarayonlari. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk shakllaridan iborat boʻlishi, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qoʻyilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.24
Xususiylashtirish mulkni “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi (1991-yil 19-noyabr) va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi (1993-yil 7-may) qonunlari va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirishda ham davlat bosh islohotchi tamoiliga amal qilindi. Xususiylashtirishni tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun 1992-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi (davlat mulk qoʻmitasi) tuzildi. 1994-yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etildi.
Oʻzbekistonda chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirildi. Xususiylashtirish chogʻida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalar imtiyozli shartlar bilan sotildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorlarga tekinga berildi. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi davlat xoʻjaliklarining mol-mulki, fermalar, bogʻlar, uzumzorlar imtiyozli sharlar bilan xususiylashtirildi. Xususiylashtirish savdo, xizmat koʻrsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy-joy fondini, qishloq xoʻjalik mahsulotlari tayyorlovchi xoʻjaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi. 1993-1994-yillarda davlat ixtiyorida boʻlgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95%dan ortiqrogʻi fuqarolarga sotildi yoki imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyoliylar kvartiralarni imtiyozli bepul olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. 2002-yilga qadar Davlat uy-joy fondining 98%ga yaqini xususiylashtirildi. 1992-1994-yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat koʻrsatish, avtomabil transporti, qurilish, qishloq xoʻjalik korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirildi. 1994-yildayoq xususiy tadbirkorlik subyektlarining soni 300 mingga yetdi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi xususiy sektorda ishlab chiqarildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band boʻldi.
Davlat xususiylashtirish bilan birga kichik biznes va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash yoʻlidan bordi. Chunki kichik biznes va tadbirkorlik – jamiyatda iqtisodiy va siyosiy vaziyatni moʻtadillashtirishga yordam beradigan oʻrta tadbirkorlar tabaqasini paydo boʻlishiga xizmat qiladi, bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlari bilan toʻldiradi, aholini ish bilan ta’minllab daromad manbaiga aylanadi. Shuning uchun kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga islohotlarning strategik yoʻlnalishlaridan biri sifatida qaraldi.
1995-yil 5-yanvarda e’lon qilingan “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantish toʻgʻrisida”gi farmoniga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablagʻlarning 50%i kichik biznesni rivojlantirishga yoʻnaltirildi.
“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Qonun (1995-yil 21-dekabr) qabul qilinishi xususiy tadbirkorlikni davlat va mahalliy darajada ragʻbatlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab berdi. Bunda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun huquqiy asoslari, infratuzilmalarni shakllantirish, soliqlardagi imtiyozlar berilishi va mahalliy dasturlar tuzilishi belgilab qoʻyilgan edi.
Kichik biznesga koʻmaklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (Biznes – fond, 1995-yil iyul), “Madad” sugʻurta agentligi (1995-yil 26-iyun), Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil martda) ularning hududiy boʻlimlari tashkil etildi. Oʻrta va kichik biznesning rivojlanishiga Dehqon va fermer xoʻjaliklari assotsiatsiyasi, “Hunarmand” assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham koʻmaklashmoqda. Yillar davomida kichik biznesni rivojlantirish uchun mahalliy va xorijiy investitsiyalar jalb etib kelindi.
1998-yil 9-aprelda “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni e’lon qilindi. 2001-yil 22-avgustda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish togʻrisida” qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Kichik va oʻrta biznes subyektlariga Respublika tovar – xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, “Oʻzulgurjisavdo” orqali moddiy-texnika resusrlari sotildi. Tadbirkorlarning huquq va erkinliklari himoya qilindi. 2011-yil mamlakatimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb nomlandi. Kichik va oʻrta biznesning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi natijasida ularning soni yildan –yilga ortib bordi.
Iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun mablagʻlar zarur edi, shuning uchun chet el investitsiyalarini jalb qilishga alohida eʻtibor berildi. 1998-yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi, “Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish toʻgʻrisidag”gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar chet ellik tadbirkorlarning respublikamiz hududida tashkil etilgan mulklari daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy asos yaratib berdi. Xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun ularga soliq va bojxona toʻlovlarida imtiyozlar berildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va mamlakatga yangi texnologiyalrning kirib kelishini ragʻbatlantirish maqsadida xorijiy ivestitsiyalarni jalb qilina boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, 1995-yilda tashkil etilgan Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik tadbirkorlarga xorijiy hamkorlarni izlab toppish, qoʻshma korxonalar berpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga koʻmaklasha boshladi. Xorijiy investitsiyalarni xavf-xatarlardan sugʻurtalash boʻyicha “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
Xorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliya kredit resurslari shaklida amalga oshirildi.
Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va ragʻbatlantirish tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmogʻi yildan yilga oʻsib bormoqda. Oʻzbekistonga eng koʻp sarmoya kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Xitoy, Rossiya, Germaniya, Janubiy Korey ava boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin. Masalan, 2021-yilda 50 dan ziyod davlatdan 11,1 mlrd. dollar miqdorida sarmoya kiritilgan boʻlsa. “Asosiy investor davlatlar beshligiga esa quyidagilar kiradi: 1. Xitoy — 2,2 mlrd dollar; 2. Rossiya — 2,1 mlrd dollar; 3. Turkiya — 1,18 mlrd dollar; 4. Germaniya — 800,7 mln dollar; 5. Janubiy Koreya — 137,4 mln dollar”25.
Xorijiy investitsiyalar dastlab davlatga qarashli yoki davlat ishtirokidagi ogʻir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida xorijiy investitsiyalar kichik va oʻrta biznesga, xususiy sektorga keng jalb qilindi. “Roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020-yil 1-fevral holatiga 11,0 mingtani tashkil etib, ulardan 10,6 mingtasi yoki 96,1 %i faoliyat koʻrsatmoqda. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan olganda 3,0 mingtaga yoki 37,0 % ga oshganligini koʻrish mumkin”26. 2022-yilning 1-may holatiga koʻra esa respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 877 tani tashkil etgan27. Ya’ni 2 yildan koʻproq vaqt ichida 2877 taga koʻpaygan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotga kiritilgan mahalliy va xorijiy investitsiyalar energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga koʻmaklashdi, ijtimoiy infrastrukturalar yaxshilandi.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling