H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Download 1.94 Mb.
bet38/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

6.6.Soliq tizimi. Bozor iqtisodiyotida davlat byudjetining asosiy manbalaridan biri soliqlar hisoblanadi. Shuning uchun Oʻzbekiston mustaqillik yillarida zamonaviy shakldagi soliq tizimini shakllantirdi. Oʻzbekiston soliq organlari 1991-yilda qabul qilinib, 2008-yilda va 2019-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi qonun va “Oʻzbekiston Respublikasining soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarildi, savdoda ilgari toʻlab kelingan uchta toʻlov oʻrniga esa yagona soliq toʻlovi joriy etildi. 2008-yildan keyingi davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash maqsadida mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovini 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu koʻrsatkichni 5 foizga tushurildi. Kichik biznes va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalarining kamaytirilishi hamda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun ragʻbatlantiruvchi omil boʻldi. 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar bajarildi, soliq monitoring joriy qilindi
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan oʻzgartirildi, xoʻjalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yartildi. Bozor infratuzilmasi yaratildi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan oʻtib oldi. 1995-yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab barqaror oʻsish taʻminlanmoqda. Mamlakatda oʻtkazilgan tub islohotlar natijasida iqtisodiy oʻsishni taminlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida koʻp ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga boʻlgan munosabati tubdan oʻzgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi oʻziga bogʻliq ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora koʻpayib bormoqda. Shunday qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub oʻzgarishlar, yangi korxonalrning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling