H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Engil sanoatning rivojlanishi


Download 1.94 Mb.
bet35/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Engil sanoatning rivojlanishi. 1991-yil maydan Toshkent, Fargʻona, Buxoro toʻqimachilik kombinatlari, Andijon va Nukus ip – gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va oʻrta korxonalarni birlashtirgan “Oʻzbekengilsanoat” davlat uyushmasi tashkil etildi. Bu uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan: “Buxoroteks” aksiyadorlik jamiyati 1994-yilda oʻz mablagʻlari hisobidan Shveysariyaning “Riter” firmasidan 2592 ta yigiruv gʻaltagi quvvatiga ega boʻlgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997-yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xom-ashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qoʻllab – quvvatlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida “Mahalliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qoʻllab – quvvatlash tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq boʻyicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd soʻm, shu jumladan, 644,4 mln AQSh dollari hajmida chet el sarmoyalari oʻzlashtirildi. Natijada 1996 – 2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida “Kobul – Uzbek Ko” qoʻshma korxonasiga birlashgan Toʻytepa va Toshkent shahrining Koʻkcha mavzesida 2 ta yirik qoʻshma korxona, “Kobul – Fargʻona Ko” qoʻshma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya toʻqimachilik kom­paniyalari ishtirokida Nukus shahrida “Kateks” toʻqimachilik majmuasi, Namangan viloyatida “Asnamtekstil”, “Tap – fen”, “Kosonsoy-Tekmen”, “Atlas – Men”, Qashqadaryo viloyatida “Qashteks”, “Oqsaroy – toʻqimachi” qoʻshma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998-yilda Andijonda “Anteks”, Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida “Pfaff-Zinger” qoʻshma korxonalari qurildi. 1999-yilda Xoʻjaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan “Tyan-Din-Du” Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan “Qorakoʻlteks” Oʻzbekiston – Amerika qoʻshma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda Respublika toʻqimachilik sanoatida 17 ta qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatdi. Tarmoq boʻyicha 32 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta toʻqimachilik korxonalari, jumladan “Beruniy teks”, “Baliqchiteks”, “Bursel – Toshkent” kabi yirik qoʻshma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002-yil boshlarida “Oʻzbekengilsanoat” davlat uyushmasiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln. kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻldi.
Hozirda mamlakatimiz toʻqimachilik sanoatida 2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ularda 365 ming nafar aholi ishlaydi. Sohaning eksport salohiyati 2017-2019-yillarda 2 baravar oshgan. 2019-yili bu boradagi koʻrsatkich 1,6 mlrd. dollarni tashkil etgan. 2021-yilda toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar eksporti 2 243,6 mln. dollarga yetgan30.
Agar 1991-yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 %ni tashkil etgan boʻlsa, 2005-yilda bu raqam 30 %ga yetdi. 2020-yilga kelib paxta tolasini qayta ishlash 100%ga yetdi. Endi Oʻzbekiston xorijiy davaltlarga paxtani tola holatida sotmayapdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qogʻoz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan “Namangan qogʻozi”, Yangiyoʻlda qurilgan “Oʻzbek qogʻozi” qoʻshma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi “Respublika qogʻoz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga “Sanoatqalinqogʻozsavdo”, “Oʻzbek qogʻozi” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyoʻl sellyuloza – qogʻoz fabrikasi, “Namanganqogʻoz” qoʻshma korxonasi va boshqalar kiradi. “Oʻzbek qogʻozi” korxonasi yiliga 11 ming tonna qogʻoz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln. dona umumiy va 65 millionta oʻquv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyoʻl sellyuloza – qogʻoz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta sellyulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qogʻozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi.
Soʻngi yillarda ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik jihatdan yangilash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish YIMdagi ulushini sezilarli darajada oʻsishiga olb keldi. Sanoatning YIMdagi ulushi 2016-yildagi 19,5%dan 2021-yilda 28,0%ga etdi. Xususan, 2021-yilda sanoatning real oʻsish suratlari oʻtgan yillarga nisbatan eng baland – 9,5%ni tashkil etgan, iqtisodiy faol aholining 23,5 %ni ish bilan ta’minlagan.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda transport tizimi – temiryoʻli, avtomobil yoʻli, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling