H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Avtomobilsozlik sanoati rivoji
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
Avtomobilsozlik sanoati rivoji. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etishga kirishildi. 1992-yil 24-avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning “DAEWOOMotors” korporatsiyasi va Oʻzbekistonning “Avtoqishxoʻjmash” davlat konserni oʻrtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida “OʻzDAEWOO avto” qoʻshma korxonasini qurish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Uning ta’sischilari “DAEWOO Motors” korparatsiyasi va “Oʻzavtosanoat” uyushmasi boʻldi. Har ikki tarafning qoʻshma korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan qilib belgilandi. “OʻzDAEWOO avto” qoʻshma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi. 1996-yil mart oyida “Damas”, iyun oyida “Tico”, iyul oyida “Neksiya” rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi.
1996-2006-yillarda lak – boʻyoqlar, avtomobil oʻrindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush parchalagichlari, yoqilgʻi baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 75 ta yangi qoʻshma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. “OʻzDAEWOOavto” zavodiga 2000-yil yanvarda “ISO - 9001” sertifikati berildi. 2001-yilda “Matiz”, 2003-yilda “Lasetti” avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004-yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. 2007-yil oktyabr oyida “OʻzDAEWOO avto” negizida “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlikda “GM Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2008-yildan “UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati deb nomlana boshladi. Hozirgi paytda “UzAuto Motors” AJ tomonidan «Chevrolet» brendi ostida – Spark, Nexia, Cobalt, Lacetti (Gentra), Damas, Labo, Malibu, Tracker, Equinox, Trailblazer, Traverse va Tahoe kabi avtomobil modellari xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Xorazm viloyatining Pitnak shahrida kompaniya filiali tashkil qilingan, unda “Damas” va “Labo” avtomobillari ishlab chiqariladi. Butlovchi qismlar yetkazib beruvchi korxonalar soni 100 dan ortiq, shu jumladan asosiylari — “GM Powertrain Uzbekistan”, “Uz SeMyung”, “Uz Koram”, “Uz Koje”, “Avtokomponent”, “Uz Dong Yang”, “Uz Hanwoo”, “Uz Dong Won Ko”, “Uz Dong Ju Paint”, “Uz Tong Hong Ko”, “Uz Chasis”, “Uz Sangwoo”, “OʻzAuto Austem”, “Uz Minda”, “Jizzax Akkumulyator Zavodi”, “Uzeraealternator”, “Uzerae Climate Control”, “Uzeraeacable”, “Uz Hanwoo Engineering”, “Kwangin Autosystems”, “Avtooyna” va boshqalar. 1995-yilda Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1999-yil mart oyida “Oʻzavtosanoat” uyushmasi bilan Turkiyaning “Kochxolding” kompaniyasi birgalikda “SamKochavto” qoʻshma korxonasini ishga tushirdi. 2006-yilgacha bu korxonada “Uzotoyol” nomi bilan avtobuslar va yuk avtomobillari ishlab chiqarildi. 2006-yilda Turkiyaning “Kochxolding” kompaniyasi hissasini “Oʻzavtosanoat” sotib oldi. 2007-yilda zavodda Yaponiyaning Isuzu Motors kompaniyasi shassisi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish boshlandi. Ayni paytda Samarqand avtomobil zavodida bir necha turdagi zamonaviy avtobus, yuk va maxsus atvomobillar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda “Oʻzavtosanoat” AK tizimiga kiruvchi “UzAuto Motors” AJ (2008-yil), “SamAvto” (Samarqand avtomobil zavodi 1999-yil), “MAN Avto Uzbekistan” (2009), “GM Powertrain Uzbekistan” QK asosiy ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston avtomobil sanoatida mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish samarali yoʻlga qoʻyilishi natijasida “Oʻzavtosanoat” AK tarkibida 75 dan ortiq korxonalar ishlab turibdi. 2020-yil mart oyida “Oʻzavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” konserni kelishuvi asosida “Jizzax Avtomobil Zavodi” MChJ kompaniyasi bazasida yengil tijorat avtomobillarining yigʻuvini yoʻlga qoʻygan, 2021-yildan esa Jizzax viloyatida Lada Vesta SW, XRAY va Largus avtomobillari yigʻila boshladi. Avtomobil sanoati Oʻzbekiston iqtisodiyotida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Har yili 280 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. Oʻzbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar oʻrtasida 26-oʻrinni egallagan va shuning uchun possovet makonida bu koʻrsatkich boʻyicha Rossiya avtosanoatidan soʻng ikkinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi oʻrinda. Oʻzbekiston 1998-yildan buyon Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining a’zosi hisoblanadi (OICA). Hozirgi vaqtda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish boʻyicha mahalliy oʻzbek korxonalari soni 300dan oshiqni tashkil etadi (jumladan, 26 tarmoq, 280ta xususiy korxona). Avtomobil klasteri asosan vodiyda joylashgan. Samarqand viloyati yuk avtomobillari, avtobuslar, Jizzax viloyati esa yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Multiplikativ effektni hisobga olganda, tarmoq korxonalarida 200 000dan oshiq odam ishlaydi va mehnat qiladi29. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling