H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Mashinasozlik sanoati rivoji


Download 1.94 Mb.
bet33/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Mashinasozlik sanoati rivoji. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Respublikamizdagi mavjud boʻlgan bir necha oʻnlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993-yilda Oʻzbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi — “Oʻzmashsanoat”, 1996-yilda “Oʻzqishloqxoʻjalikmash – xolding”, 1998-yilda “Oʻzneftgazmash” korporatsiyasi, “Oʻzbektoʻqimachimash” birlashmasi tashkil etildi.
Islohotlar davrida “Oʻzmashsanoat” uyushmasi tasarrufidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi eksravator, podyomnik, zenit, compressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi “Andijonirmash” va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ular ekskavatorlar, koʻtarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agreganlari, toʻqimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlatgichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda. Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.
Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoatlarida oʻsish kuzatildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, zarafshondagi 2-gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va oʻtga chidamli metallar kombinati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna poʻlat shar va metal prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavodi barpo etildi.
2020-yil 4-dekabrda Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi. Ushbu zavod qurilishi 2017-yil fevralda boshlangan edi. Mazkur majmuada birinchi bosqichda import oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarish hisobidan 400 million dollarga yaqin mablagʻ tejaladi. Mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Sendvich panellar va tom yopish tunukalari tannarxida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotning ulushi 50 foizdan 90 foizgacha etadi. Shuningdek, bu koʻrsatkich ventilyatsiya va havo tozalash tizimlari boʻyicha 30 foizdan 50 foizgacha, maishiy elektrotexnika ishlab chiqarishda 35 foizdan 50 foizgacha oshadi. Oʻz-oʻzidan ayonki, buning natijasida mahsulotlarning narxi arzonlashadi. Shuningdek, zavod tomonidan yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi.
Mustaqillik yillarida elektroenergetika sanoati ancha rivojlandi. “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy GRESlari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi.
Germaniyaning “Simens” firmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloke ta’mirlandi. 2001-yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat Oʻzbekiston energetika tizimi 55 mlrd. kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu 1992-yilga nisbatan 10%ga koʻp boʻldi. Elektr energiya ishlab chiqarish mavjud elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish hisobiga oshirib borilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrdagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoyishiga muvofiq 2018-2021-yillarda issiqlik stansiyasida 6 ta energobloklarni modernizatsiya qilish belgilangan.
Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada quyosh elektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, mini gidroelektr stansiyalarini qurish muhim ahamiyatga ega. 2019-yil 21-mayda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qarorining 1-sonli ilovasida 2030-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarning ulushini 25% ga yetkazish koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻzbekiston energetika tizimi respublika xalq xoʻjaligi va aholisini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini toʻla-toʻkis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston elektr energiyasi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga ham uzatilmoqda.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling