H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Bozor infratuzilmasining shakllantirilishi, xususiylashtirish
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi
- 2019-yilda
6.2. Bozor infratuzilmasining shakllantirilishi, xususiylashtirish.
Bozor iqtisodiyotining barqaror ishlab ketishi bozorning koʻp boʻgʻinli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega boʻlmasdan bozor mexanizmlari toʻliq ishlay olmaydi. Oʻtish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida koʻplab amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Bozor infratuzilmasi – bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasidir. Islohotlar davrida ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi – transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yoʻl va mahsulotlarni saqlashga xizmat qiluvchi tuzilmalar yaratildi. Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi — tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, savdo uylari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam — mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi boʻldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning oʻrniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Oʻzbekistonda 1991-yilning avgustidan “Oʻzbekiston respublika universal agrosanoat birjasi”, “Oʻzulgurjibirjasavdo” — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlat – aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart), “Toshkent Respublika tovar – xom ashyo birjasi” (1994-yil 8-aprel) va boshqa birjalar faoliyat koʻrsatib boshladi. 1992-yilning iyulida Respublika Oliy kengashi tomonidan ― “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi, 2001-yil 29-avgustda bu qonun yangi taxrirda qabul qilindi. 1992-yil 12-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” qaror qabul qilgan, keyingi yillarda Vazirlar Mahkamasi birjalar faoliyatini rivojlantirish toʻgʻrisida qarorlar chiqarildi. Masalan 2020-yil 18-martda “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Bu esa oʻz navbatida birja faoliyatini respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot talablari bilan moslashtirib tartibga solish imkoniyatini yaratdi. Bozor munosamatlarining rivojlanishida axborot infartuzulmasi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun axborotlarni toʻplash, ularni qayta ishlash, korxona va tashkilotlarga yetkazib beruvchi firmalar tashkil topdi. Xoʻjalik yurutuvchi subyektlarga xizmat qiluvchi infratuzilma – banklar tizimi, kreditlash idoralari, sugʻurta kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamgʻarmalari yaratildi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli boʻlgan turli zararlardan himoya qiluvchi sugʻurta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi “Oʻzbekinvest” (1994-yil 13-aprel), “Oʻzagrosugʻurta” (1997-yil 25-fevral), “Kafolat” (1997-yil 14-mart) kabi uchta yirik sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi. Koʻplab xususiy sugʻurta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qoʻshma sugʻurta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002-yilda sugʻurta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, 2020-yilda 32 ta boʻldi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yoʻnalish boʻyicha sugʻurta xizmati koʻrsatmoqdalar. “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi (2002-yil 5-aprel), Prezident farmoni bilan 2002-yil 1-fevralidan boshlab sugʻurta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad soligʻidan ozod qilinishi mamlakatimizda sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida aholini ish bilan ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi. Chunki eski korxonalarning texnika texnologiyasi eskirganligi sababli yopilishi, yangi ochilayotgan korxonalarning hammasi ham bozor munosabatlariga moslasha olmagasligi ishsizlar sonining koʻpayishiga olib keladi. Davlat esa aholini bandligini ta’minlash choralarini koʻrishi talab etiladi. Shu maqsadda 1993-yildan Oʻzbekistonda Mehnat birjalari tashkil qilindi. Respublika “Mehnat birjasi” va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini oʻz ichiga oluvchi kata tarmoq barpo etildi. Bu mehnat birjalari ishsizlarni roʻyxatga olish, ularni kasbini oʻzgartirish, ish bilan ta’minlash vazifalarini bajardi. Xususiy sektorning rivojlanishi aholi bandligini ta’minlashda kata rol oʻynadi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan boʻlsa, 1998-yilda bu koʻrsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta koʻp yangi ish oʻrni yaratildi. 2000-yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2004-yilda 425 mingdan oshdi. 2003-yil 1-yanvarda iqtisodiyotda band boʻlganlarning 76,6% nodavlat sektoriga toʻgʻri keldi. “2019-yilda Oʻzbekistonning ish bilan band boʻlgan aholisining oʻrtacha yillik soni 13,5 million kishini tashkil etib, ish bilan ta’minlanganlar soni har yili oʻrtacha 300 ming kishiga koʻpaygan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi 71,2%ni tashkil qilishi, shuningdek, ish oʻrinlarining toʻrtdan uch qismi yuridik shaxsni tashkil etmasdan faoliyatni amalga oshiruvchi, roʻyxatdan oʻtgan kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga yaratilgan”22. Oʻzbekistonda 2021-yil 1-yanvar holatiga mehnat resurslari 19,1 mln. kishi, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,2 mln. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 mln. kishi (43,3%), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,6 mln. kishi (42,8%), ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,6 mln. kishi (10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi23. Aholi soni oʻsishiga nisbatan ish oʻrinlarining yaratilishi kamligi va daromad yuqori boʻlgan mamlakatlarga ishchi kuchining intilishi tashqi mehnat migratsiyasining ham rivojlanishiga sabab boʻldi. Natijada har yili millionlab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarda mehnat qila boshladi. Xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan migratlarga ish topishda, xorijiy mamlakatlarda moslashishga va ularga huquqiy yordam berish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida muhim iqtisotiy islohot yoʻnalishlaridan biri narxlarni erkinlashtirish boʻldi. Iqtisotiy islohatlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Narxlar erkinlashtirilishi ijtimoiy larzalarsiz oʻtishi uchun erkinlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirildi, davlat turli kompetsatsiya jamgʻarmalari tuzdi, koʻp bolali oilalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, nafaqalar, pensiyar, stipendiyalar mundazam oshirib borildi. Raqobatni rivojlantirish, monopoliyaga qarshi kurashish choralarini koʻrdi. 1994-yil 1-iyuldan milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiy islohotlardagi muhim qadam boʻldi. Chunki milliy valyutaning boʻlishi Mustaqillikni mustahkamlaydi. Milliy valyuta soʻm muomalaga kiritilgandan keyin hukumat milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini koʻrdi. 2003-yil 15-oktyabrdan boshlab soʻm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga koʻtarildi. 2021-yilda yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 2 000 soʻm va 20 000 soʻm boʻlgan banknotlar 14-iyundan, 5 ming soʻm va 10 ming soʻm boʻlgan banknotlar 26-avgustdan, 50 ming soʻm va 100 ming soʻm boʻlgan banknotlar 22-dekabridan muomalaga chiqarildi. 2013-, 2017-, 2019-yillar namunasidagi banknotalar toʻlov qobiliyatini yoʻqotmasligi belgilab qoʻyildi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar tufayli bozor iqtisodiyoti asoslari yaratildi, bozor infratuzilmasi va koʻp ukladli iqtisodiyot shakllandi, xususiy mulkchilik rivojlandi, fuqarolar iqtisodiy faolligi oshdi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling