H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Oʻzbekiston Ekologik harakati


Download 1.94 Mb.
bet26/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Oʻzbekiston Ekologik harakati. Oʻzbekiston ekologik harakati – 2008-yil avgustda tashkil topgan. 2008-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan, oʻz ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat boʻldi. Oʻzbekiston ekologik harakati oʻz faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashash, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga soʻzsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga qaratgan. Oʻzbekiston Ekologik harakati 2019-yil yanvarda Oʻzbekiston Ekologik partiyasiga aylandi. Bu partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini roʻyobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi boʻlishiga erishishga koʻmaklashishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning oʻtgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu, ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga boʻladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi.
2004-yil 30-aprelda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunda ilk marotaba siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish turlari belgilab qoʻyildi.
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi va davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan huquqiy asoslardan biri sifatida “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunini koʻrsatish mumkin.
Ushbu Qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish, ularning funksiyalari samaradorligini oshirish, aholining manfaatlarini bevosita fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga koʻtarish va hal qilish, partiyaning yoʻnalish va dasturini parlament va mahalliy Kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini shakllantirishdan iborat.
Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanishi siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining rivojlanishi va faolligining ortishi bilan bogʻliq. Bu jarayonni ikkita bosqichga boʻlish mumkin. Dastlabki bosqich – 1991-2000-yillar. Mazkur bosqich mustaqil Oʻzbekiston siyosiy tizimi poydevorini barpo etish sohasida puxta va jiddiy ish olib borilgan davr boʻldi. Ma’lumki, istiqlolgacha yurtimizda haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiya hamda koʻppartiyaviy­lik boʻlmay, yakka mafkura, yagona partiya hukmronligi oʻrnatilgan edi. Faqat mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emasligi qat’iyan konsti­tutsiyaviy asosda belgilanib, haqiqiy ma’nodagi siyosiy partiyalar faoliyat koʻrsatishi uchun zarur huquqiy asos yaratildi.
Bu bosqichda amalga oshirilgan islohotlarning huquqiy negi­zini tashkil qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar sifatida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi (1991), “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi (1993), “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi (1994), “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (1994), Oʻzbekiston Respub­likasining Fuqarolik kodeksi (1995-1996), “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi (1996), “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (1999) qonunlarni keltirib oʻtish mumkin.
Ikkinchi bosqich (2001yildan – hozirgi vaqtgacha). Bu bosqichdagi ustuvor yoʻnalishlarning barchasini oʻziga qamrab olgan eng muhim vazifa mamlakatimiz siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarini yanada erkinlashtirishdan iborat boʻldi. Bu bosqichda mustaqil rivojlanish yillarida toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, rivojlangan mamlakatlarning davlat qurilishi va boshqaruvi boʻyicha bosib oʻtgan yoʻlini chuqur tadqiq etish asosida ijobiy tajribani oʻtgan yillar mobaynida toʻplangan milliy tajribamiz bilan uygʻunlashtirish asosida jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasini, shuningdek, mamlakatimizni 2005-yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish boʻyicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000-yil 2-iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida va 2005-yil 10-martdagi “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorida fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida islohotlarning ustuvor yoʻna­lishlarini amalga oshirish vazifalari tasdiqlandi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling