H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY OʻZGARISHLAR


Download 1.94 Mb.
bet39/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

7-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY OʻZGARISHLAR


7.1. Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat.
Sobiq sovet Ittifoqidagi samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida Oʻzbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini ogʻirlashtirib, uni koʻplab muammolar iskanjasiga solib qoʻydi. Bu muammolar 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida Oʻzbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab boʻldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi.
Oʻzbekistonda aholi tabiiy oʻsishi yuqori boʻlib, sobiq Ittifoqda Tojikistondan keyin ikkinchi oʻrinda turar edi. Biroq, aholining bunday oʻsishi vaziyatida uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini koʻpaytirish hamda uy-joylar, maktablar, shifoxonalar, maishiy xizmat obyektlari qurish kabi aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush saroitining ogʻirlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajaga etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vadoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sogʻliqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bogʻchalar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining koʻpchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Bu davrda aholining oʻrtacha yillik oʻsish su’rati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga oʻsgan. Bu esa Oʻzbekistonda aholining oʻsish sur’atlari Ittifoq sur’atlaridan uch barobar yuqori boʻlganligini bildiradi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar Oʻzbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sogʻliqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda ogʻir ahvolda boʻlib, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan. Bu esa oʻsha davrda insonning har tomonlama uygʻun kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, koʻpincha yashash uchun kerak boʻlgan eng oddiy narsalar ham etishmaganini koʻrsatadi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling