H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Mahalliy davlat hokimiyati organlari


Download 1.94 Mb.
bet21/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

5.5.Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga viloyat, tuman, shaharlardagi hokimiyatlar kiradi. Mahalliy davlat hokimiyat organlarini shakllantirishda ijroiya hokimiyat organlari va vakillik organlarining faoliyatini uyg’unlahtirishga harakat qilindi. 1992-yil 4-yanvarda “Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi. Bunda vakillik organi – xalq tomonidan saylanadigan viloyat, tuman, shahar Xalq deputatlari Kengashlari va prezident tomonidan tayinlanadigan viloyat hokimi va Toshkent shhar hokimi, viloyat hokimi tomonidan tayinlanadigan tuman hokimi, tuman hokimi tomonidan tayinlanadigan shahar hokimi faoliyati muvofiqlashtirildi.
1992-yilda Toshkent shahri,12 ta viloyat, 120 ta shahar, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi. Mahalliy hokimiyatlar shakllantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb nomlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi belgilangan. “Xalq deputatlari sovetlari” deb nomlangan avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Konstitutsiyaga koʻra, Xalq deputatlari Kengashlari deb oʻzgartirildi. Ya’ni mahalliy hokimiyatlarda vakillik organi boʻlgan viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilungincha mahalliy vakillik organlarining uch boʻgʻinli tizimi mavjud boʻlib, ular:
1) viloyat hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori boʻgʻin hisoblanardi;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – oʻrta boʻgʻin;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi boʻgʻin.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki boʻgʻinli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi boʻgʻin olib tashlandi. Ular oʻrniga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari – mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlari tuziladigan boʻldi. Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga boʻlindi.
Mahalliy vakillik organlariga – Xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular oʻz faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. “Oʻzbekiston Respublikasi saylov kodeksi”ning 90-moddasiga koʻra: Mahalliy Kengashlar deputatligiga 21 yoshga toʻlgan, hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar saylanish huquqiga ega. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan koʻp boʻlmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan koʻp boʻlmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga koʻra hokimlarning vakolat muddati – besh yil. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga boʻysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlikda ish olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 100-moddasiga koʻra mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
- hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlarni belgilash, budjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
- normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish15.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling