H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Sud hokimiyati islohotlari


Download 1.94 Mb.
bet20/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

5.4.Sud hokimiyati islohotlari. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106-moddasiga koʻra, sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (yangi tahrirda) sud islohotlarining huquqiy asosi hisoblanadi. Mustaqiqillik yillarida Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga boʻlish mumkin. 1) 1991–2016-yillar; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki davrda Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
- Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi;
- Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi;
- fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
- fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
- viloyatlar va Toshkent shahrining xoʻjalik sudlari;
- harbiy sudlar.
Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad Oʻzbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini toʻlaqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sudlar sud qarorini ijro etish kabi oʻzlariga tegishli boʻlmagan vazifalardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda oʻlim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga oʻtkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi marotaba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – oʻn yil, keyingisida muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi. Bu sudyalarning yoshi, malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat koʻrsatishini kafolatlaydi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling