- Yaqinda Madaniyat vaziri maqom kuylari bog’chalardagi bolalarga eshittirilishini aytdi...
- Maqomning tarbiyaviy ahamiyati katta. Unga kiritilgan so’zlar oddiy emas. Ularning so’zlari Navoiy, Jomiy, Nodirabegim, Muqimiy, Furqat kabi shoirlarning she’rlaridan olingan. Oddiy she’rlarni maqomga solib bo’lmaydi. Aruz vaznidagi g’azallargina maqomga tushadi. Navoiy hazratlari kuy ham chalgan. Shuning uchun uning har bir g’azali o’zining kuyi bilan yaratilgan. O’qiganingiz sari ohang ham kelaveradi. Mashrab g’azallarida ham ohangdorlikni uchratish mumkin.
Menimcha, maqomga mehrni yoshlikdan uyg’otish kerak. Shundagina, maqom san’atimiz yanada rivojlanadi, yuksaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |