- Demak, ustoz va shogirdlar o’rtasida o’zaro hamkorlik bor.
- Aslida haqiqiy san’atkor kamtarin bo’ladi. Goh shogirdiga beradi, goh shogirdidan oladi. Birovning qo’shig’ini ijro qilishning o’zi bo’lmaydi.
Omon Matjonning tug’ilgan kuniga bitta she’rini qo’shiq qilib tayyorlab bordim. Ortiq aka qo’shiqlarini tugatgach, menga yuzlandi. Shunda Omon akaning bir she’rini qo’shiq qilganimni aytdim. Shunda “Oy chiqdi lekin qamar yo’q”, deb boshlanuvchi qo’shiqni aytib berdim. Ortiq Otajonov “Majidxon, shu qo’shiqni men ham aytgim kelib qoldi”, dedi samimiy ohangda.
Aslida hech bir san’atkor bir yo’nalishda ijod qilmaydi. Barcha ijrolar o’ziga xos chiqadi. Bahoni esa tomoshabin beradi.
- Har bir qo’shiqning yaralish tarixi bor. Ustoz san’atkorlar ijodiga ham qiziqib ko’rganmisiz? Ularning qo’shiqlari qanday yaralgan?
- Hoji Abdulaziz Abdurasulovning “Gulzorim” qo’shig’i juda mashhur. Qanchalik rost bilmayman, ammo dutor chaladigan og’alarimiz qo’shiqning yaratilishi haqida gapirib beruvdi.
Ikki kishi mardikor bozoriga borishgan. Bir kishi ularni Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uyiga olib borgan. Xonalardan biriga kirishsa, devorda dutor osig’liq turgan. Dasturxon yozish, ustalarni ovqatlantirishga kirib ketgan san’at ustasi chiqib qarasa, dutorning ovozi kelyapti. Uy egasini ko’rgan kishi darhol chalishni to’xtatibdi. Shunda ustoz “Qo’ymang, yana bir chalingchi”, deb so’rabdi. Sherigi yaxshi chalgani uchun unga dutorni tutibdi. Hofiz ohangni eshitib, “mana shu joyi menga sizdan sovg’a” deb, bir kunlik kelishilgan pulni bergan ekan. Bir necha oydan keyin “Gulzorim” degan plastinka chiqqan va og’alarimizning xuddi shu ohangi undan joy olgan ekan.
To’ylarda ko’p yuramiz bizda ham mana shunday iste’dodlar ko’p. Ularni bir joyga yig’ish, bir-biriga tanitish kerak. O’zim ham niyat qilib yuribman. Masalan, qishlog’imizda Sharof Maxsum, Ne’matjon aka degan hofizlar bo’lgan. Toshkentdan kelgan mashhur san’atkorlar ularning ovozlariga qoyil qolgan. Ammo qishloqdan boshqa hududda ularni hech kim tanimaydi. Shuning uchun, Samarqandda ham maqom maktabini tashkil etib, unga chekka hududlardagi iste’dodlarni yig’ishni maqsad qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |