H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
O‘zbekiston o‘tish iqtisodiyotida xususiylashtirishning o‘ziga xos
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
O‘zbekiston o‘tish iqtisodiyotida xususiylashtirishning o‘ziga xos
jihatlari Boshqa hamma sobiq sotsialistik mamlakatlar kabi O‘zbekistonda ham xususiylashtirish salmoqli o‘rin egallaydi, u yoki bu darajada ana shu mamlakatlarga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, rejali iqtisoddan bozor iqtisodiyotiga o‘tish vaqtida amalga oshiriladigan mazkur jarayonning tarixda o‘xshashi bo‘lmagan. Aynan shu holat uning asosiy o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi. Ikkinchidan, xususiylashtirish ko‘pincha nisbatan rivojlangan bozor infratuzilmasi tashkil topishidan oldin kechadi, bu uning samaradorligini kamaytiradi, o‘zgartirish chiqimlarini ko‘paytiradi. Uchinchidan, bir tomondan rejali iqtisodiyot mamlakatlarida davlat mulkining solishtirma vazni yuqori ekanligi bilan, ikkinchi tomondan - jamiyat iqtisodiyoti tuzilishining o‘zgarish jarayonini jadallashtirishga intilish bilan izohlanuvchi xususiylashtirishning ko‘lami, ommaviy xususiyati. To‘rtinchidan, shu munosabat bilan xususiylashtirish jarayonining yuksak sur’atlari, bu ayniqsa, O‘zbekistonda shu sohadagi o‘zgarishlar jarayoniga qaytarilmas xususiyat bag‘ishlashga intilish bilan izohlanadi. Beshinchidan, xususiylashtirishning ilk bosqichlarida buning uchun xususiy shaxslarda jamlangan mablag‘lar bo‘lmganligi bilan izohlanuvchi xususiylashtirishning tengsiz ko‘rinishlari (beg‘araz topshirish, qiymatini to‘liq to‘lamaslik va hokazolar) solishtirma vaznining yuqoriligi. Oltinchidan, jumladan, O‘zbekistonda ikki sabab: davlat (umumxalq) mulkini xususiylashtirish vaqtida ma’lum darajada «adolat» ni ta’minlash; tegishli chekli investitsiya fondlarida resurslarning ma’lum darajada jamlanishini ta’minlash bilan bog‘liq xususiylashtirishning alohida (vaucherlar) bosqichi mavjud bo‘lganligi. O‘zbekistondagi xususiylashtirishning bir qator salbiy jihatlari tajriba bo‘lmaganligi, uni o‘tkazishning tezkor varianti tanlanganligi hamda rejali tizim sharoitida O‘zbekistonda tarkib topgan ijtimoiy tuzumning xususiyatlari bilan izohlanadi. O‘zbekistonda xususiylashtrish aksariyat hollarda xususiylashtirilayotgan korxonalarning istiqboli haqidagi tegishli tasavvurlarsiz amalga oshirildi. Kelajak faoliyatning xususiyati, ma’lum investitsiyalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish va hokazolar haqidagi dastlabki 311 shart - sharoitlar kelishib olinmas edi. Natijada, xususiylashtirilgan ob’ektlarda ko‘pincha ishlab chiqarish to‘xtab qolar, ularni savdo tarmoqlari, ofislar sifatida qayta jihozlashar, chayqovchilik maqsadlarida foydalanishar edi. O‘zbekistondagi xususiylashtirishning nomenklatura - kriminal xususiyati qayd etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, xususiylashtirishning aniq jarayonlari va tegishli huquqiy asoslari bo‘lmaganligi bois xususiylashtirish boshqaruv vazifalari bilan bog‘liq, ya’ni partiya – davlat arboblari (nomenklaturasi) bilan bog‘liq guruhlar tomonidan tashkil etilardi. Xususiylashtirishning dastlabki bosqichlardagi naqd pulsiz, tengsizlik xususiyati shunga xizmat qildi. Tezda yengil va «qonuniy» ravishda boyish imkoniyati poraxo‘rlikni kuchaytiradi, mafiya bilan aloqalarni, reketirlar guruhlarini keltirib chikaradi. Xususiylashtirish jarayonini o‘tkazishning shaxsiy sektorni rivojlantirishning izchil emasligi kabi jihatini ham qayd etib o‘tish zarur. Jumladan, qayta tashkil topayotgan kooperativlarga aslida faoliyat yuritish imkonini bermaydigan katta soliqlar solinadi. Tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari zarur moddiy va ma’naviy madad olish o‘rniga, «siqib chiqarish» siyosatining ta’sirini xis etadilar. Xususiy korxonalarga katta soliqlar solinadi. O‘z-o‘zidan bu xildagi izchil emaslik -o‘tish iqtisodiyoti qarama - qarshiliklarining, shu sohadagi yangilik va eskilik o‘rtasidagi kurashning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ko‘rinishlarigina xolos. Xususiylashtirish ikki xil usulda: mayda korxonalarni kim oshdi savdolarida (tanlovlarda) sotish; yirik korxonalarni-aksiyador shirkat jamiyatlariga aylantirish yo‘li bilan amalga oshirildi. Keyingi usul bilan xususiylashtirishning uch varianti taklif qilinar edi. Birinchi variant bo‘yicha mehnat jamoasi imtiyozli aksiyalarning (nizom kapitalining) 25 foizini tekinga olar, yana oddiy aksiyalarning 10 foizini imtiyozli shartlar bilan sotib olishi mumkin edi. Ikkinchi variant bo‘yicha mehnat jamoasi oddiy aksiyalarni - nizom kapitalining 51 foiziga qadar olardi. Uchinchi variant bo‘yicha bir yil ichida korxonaning faoliyat yuritishini izga solish majburiyatini olgan xodimlar guruhi uchun oddiy aksiyalarning 20 foizi zaxirada saqlanar va yana aksiyalarning 20 foizini mehnat jamoasi sotib olishi mumkin edi. Shvetsiyalik iqtisodchi A.Oslundning fikriga qaraganda, xususiylashtirishning har uch variantida o‘sha davr o‘zgarishlarining ijtimoiy ziddiyatlari yorqin aks etgan, jumladan, birinchi variant -hukumat nuqtai nazarini; ikkinchi variant -mehnat jamoalari talablarini; uchinchi variant -direktorlar korpusi bilan murosani aks 312 ettirar edi. Aksariyat hollarda aksiyadorlar ikkinchi variant bo‘yicha ish yuritadilar. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling