O’quvchilarni kasbga yo’naltirish


Download 12.56 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi12.56 Kb.
#1630250
  1   2   3   4
Bog'liq
kasbga yullash


“ o’quvchilarni kasbga yo’naltirish”
Bolaning qanday kasbni tanlashi juda muhim hayotiy masala bo’lib, uni hal qilishda oila hamda maktab jamoasining hamkorlikdagi olib boradigan kasb hunarga yo’naltirish ishlari ma’lum bir natijalarga asoslangan hamda rejali bo’lishi darkor.

Reja: 1. Farzandning kasbiy yo’nalishida ota onaning roli. 2. O’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirishda sinf rahbarining roli. 3. Matematika darslarida o’quvchilarni kasb - hunarga yo’naltirish usullari 4. “Kim bo’lsam ekan” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars ishlanmasi.


Inson yashamoqdan tolmasin uchun,
Qalbiga bir olam tilak berilgan.
Tilak faqat dilda qolmasin uchun,
Odamga zabardast bilak berilgan.
Kasblar haqida maqollar:
1.Hunar zo’r, hunarsiz xor.
2. Bir yigitga 70 hunar oz.
3. Ota kasbi – davlat kasbi
4. Tekin boylik axtarguncha, o’zingga bob hunar top.
5. Tikansiz gul bo’lmas, mashaqqatsiz hunar.
6. Usta ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg`alar.
7. Qunt bilan o’rgangin hunar, hunardan risqing unar.
8. Hunari yo’q kishining mazasi yo’q ishining.
9. Hunarlining qo’li gul.
10. Kasblarning yomoni yo’q istaganingni tanlab ol.
11. Ish ustasidan qo’rqar.
Matematikani o’rganish o’quvchilarda sanash, hisoblash, o’lchash, taqqoslash, tahlil qilish, isbotlash, mantiqiy fikrlash, fazoviy tasavvur qilish kabi juda ko’p ko’nikma va malakalar tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish qiyin.
Shuningdek, uzunlik, yuza, hajm, og`irlik va vaqt birliklarini bilish ham hayotiy zaruratdir.
Geometriyadan to’g`ri chiziq, kesma, aylana, doira, uchburchak, ko’pburchak, shar, stilindr tushunchalari bilan bog`liq mavzularni olsak, bu tushunchalar juda ko’p kasblarda, kundalik turmushda, boshqa fanlarni o’rganishda tez-tez qo’llaniladi.
Kundalik turmushda uchraydigan masalalardan namunalar keltiramiz.
1. Do’konda uch kunda 110 metr gazlama sotildi. Ikkinchi kuni birinchi kundagidan 45 metr ko’p, uchinchi kuni esa, dastlabki ikki kunda qancha sotilgan bo’lsa, shuncha gazlama sotildi. Do’konda birinchi kuni necha metr gazlama sotilgan?
Yechish: 1-kun – x
2-kun – 45 metr ko’p
3-kun x + 45 bo’lsa
x + 45 + x + 45 = 110
2x = 110 – 90
2x = 20
x = 10
Javob: 1-kun 10 metr gazlama sotilgan.

Download 12.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling