H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- XII-ma’ruza KOLLOID SISTEMALARNING ELEKTR XOSSALARI
Tayanch iboralar
Sirt taranglik. Dinamik muvozanat. Sirt-aktiv moddalar. Sirt-noaktiv moddalar. Sirt chegara. Liotrop qator. Xromatografik analiz. Savol va topshiriqlar 1. Eritmalarda bo’ladigan adsorbilanishning xarakteri haqida nimalarni bilasiz? 2. Musbat va manfiy adsorbilanish tushunchalariga ta’rif bering. 3. Gibbs tenglamasi nimani ifodalaydi? 4. Sirt-aktiv va sirt-noaktiv moddalar nima? 5. B.A.Shishkovskiy tenglamasi nimani ifodalaydi? 6. Frumkinning liotrop qatori nimadan iborat? Adabiyotlar 1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 78-89 betlar. 2. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 72-84. 3. Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с. 139-143. 74
XII-ma’ruza KOLLOID SISTEMALARNING ELEKTR XOSSALARI Reja 1. Kolloid sistemalarda elektrokinetik hodisalar. 2. Qo’sh elektron qavat va uning tuzilishi. 3. Mitsella va uning tuzilishi. 4. Elektrokinetik potensial. 5. Kolloid eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi. 1807 yilda Moskva universitetining professori Reyss birinchi bo’lib elektr maydonida kolloid zarrachalarning harakatda bo’lganligini tajriba yo’li bilan aniqladi. Reyss bir parcha loyga ikki nayni o’rnatib, bu naylarga tozalab yuvilgan qum soldi va ikkala nayga bir xil balandlikda suv quydi (I-rasm). I-rasm. Reyss tajribasining sxemasi. So’ngra bu suvga elektrodlarni tushirdi. Tok yuborilgandan bir oz vaqt o’tgach, musbat elektrod tushirilgan naydagi suv loyqalandi: loy zarrachalari sekin-asta ko’tarilib, suvda suspenziya hosil qila boshladi. Manfiy elektrod tushirilgan nayda esa suv ko’tarila boshladi. Kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta’sirida harakat qilish hodisasi elektroforez deyiladi. Demak, kolloid zarrachalar ma’lum zaryadga ega va shu sababli sistemaga elektr toki berilganda zarrachalar biror elektrodga tomon harakat qiladi; manfiy zarracha musbat elektrodga, musbat zarracha – manfiy elektrodga tomon boradi. Shu yo’l bilan elektroforez usulida kolloid zarrachalarning zaryadlarini aniqlash mumkin bo’ldi. 75
Reyss tajribasida biz ikki hodisani kuzatamiz. Birinchisida loy
texnikaning turli sohalarida keng qo’llaniladi. Masalan, ular toza kaolin hosil qilishda, bo’yashda katta ahamiyatga ega. Elektro-kinetik hodisalar kolloid kimyoning o’zida ham katta rol o’ynaydi. Kolloid sistemaning dzeta-potensial kattaligi ayni sistemaning agregativ barqarorligi uchun xarakteristika bo’la oladi. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling