H. Vamberi va uning “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” asari Kirish 1-bob. Herman Vamberining O‘rta Osiyoga sayohati


Download 67.02 Kb.
bet3/3
Sana23.11.2020
Hajmi67.02 Kb.
#150498
1   2   3
Bog'liq
Вамбери



Rashid afandining dastlabki ikki asarini mazmun va maqsad yo‘nalishiga ko‘ra, oddiy sayyohning xotiralari deb atash qiyin. Chunki asarda O‘rta Osiyoning uch xonligi to‘g‘risida strategik ma’lumotlar to‘plangan va xonliklar hayoti ingliz va ruslarning milliy-siyosiy manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Inglizlarning e’tibori xonliklar hayotiga jalb etilgan. Shu bois, xonliklarning tabiiy ne’matlari, ishlab chiqarish mahsulotlari, ziroat, chorvadorlik, suv xo‘jaligi, harbiy tayyorgarligi, strategik yo‘llari, odamlari, adabiyoti, fani va maorifi, xonliklarning o‘sha davrdagi siyosiy-iqtisodiy ahvoli haqida zarur ma’lumotlar berilgan. 

Ushbu asarning ruscha tarjimasiga qarab, muallifning ilmiy faoliyatiga va ishiga adolatli baho berish qiyin. Asarni nemischadan ruschaga tarjima qilgan A.Pavlovskiyning o‘zi tan olishicha, asardan rus manfaatiga zid bo‘lgan 27 qator satrni olib tashlagan emish. Ammo asarda o‘zbeklarni milliy kamsitish, ataylab rus harbiy salohiyatini maqtash holatlari ko‘zga tashlanadi. Holbuki, Vamberi rus siyosatiga qarshi bo‘lgan, uning asarida bunday fikrlarning uchrashi nojoiz. Rus tilidagi tarjima nemis tilidagi asl matnga qiyosiy solishtirilganda, Vamberining asariga xolis baho berish mumkin deb o‘ylaymiz. Biroq shunga qaramay, muallifning Islom dini va o‘zbeklarga salbiy qarashi yaqqol sezilib turadi. (Buni hozirgi rus olimlari ham ta’kidlashgan.) Uning islom diniga munosabati O‘rta Osiyodan chiqib ketgandan keyingi yillarda matbuotda bosilgan intervyu va turli olimlarga yozgan maktublarida ko‘rinadi. Ammo uning o‘z faoliyatiga mardonavor tanqidiy baho berganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Masalan, o‘zining “Chig‘atoy tili qo‘llanmasi” asarida “chig‘atoy tili” atamasi boshqalar va o‘zi tomonidan xato qo‘llanilgani, aslida “Turk tili” deb atalishi kerakligini tan olgan olim, Amir Temurning shaxsi va faoliyatiga Ovrupo va Sharq¬ning ayrim tarixchilari fikriga zid ravishda adolatli baho bergan. Shuningdek, Shayboniyxon shaxsini ham insof bilan baholagan. Bunday inson o‘zi uchun yarashmaydigan ibora va iboratlarni o‘zga xalqqa nisbatan qo‘pol ravishda ishlatishi ishonib bo‘lmaydigan narsa. Asarning birinchi qismidagi bosiqlik, ikkinchi qism tarjimasida boshqacharoq yo‘nalish olganga o‘xshaydi. Fikrimizning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi asarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri asl nusxadan tarjima qilgandagina bilinishini yana bir karra takrorlaymiz. Yana shuni qo‘shimcha qilmoqchimizki, millatimizning O‘rta Osiyo, Xuroson, Eron, Hindiston hududlarida aynan qachondan boshlab yashagani haqidagi tarixiy aniq ma’lumotlarga suya¬nilmagan holda fikr yuritilgan. Holbuki, Vamberi tahlilga olgan qadim davrlardagi Xuroson, Eronning ba’zi shahar va kentlari nomlari turkiy ekanligini o‘zi tan olgan. Bunday qusurlarning zamini XVIII va XX asrlarda turkologiya fanining zaif rivojlanganidagina emas, balki arxeologiya, lingvistika, tarix fanining zaifligida. Ilmiy tadqiqotlar uchun zarur manbalarning nihoyat kamligi va ularning mualliflariga qarab o‘rinli-o‘rinsiz shubhaga borish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotga yevropasentrizm nuqtai nazaridan qarash oqibatidir. Bunday qarashlarning yana bir ildizi eronparastlikka borib taqaladi. Uchinchi bir ildiz esa Eron va ko‘hna Turon xalqlari o‘rtasida soxta adovatni alanga oldirishga intilish orqali, ikki qadim xalqning o‘zaro ahil-totuv yashashiga imkoniyat bermaslik, adabiyot va tarix sohalaridan siyosiy o‘yin maqsadida foydalanish, har ikkisiga o‘ta tor millatchi, chala mullolar¬ning kirib qolishidan o‘zga narsa emas. Albatta, bunday qarashlar bir tomondan siyosiy manfaatlar uchun xizmat qilsa, ikkinchi, haqiqiy to¬mondan qaraganda, tarixiy nuqtai nazardan qusursiz manbalarning Vamberi davrigacha yetib kelagani va hurmatli sayyoh hamda sharqshunosning Sharq mualliflariga o‘ta shubha bilan qarashidandir. Biroq Vamberi Ismoil Somoniy, Amir Temur, Abdullaxon, Shayboniy va boshqalarning siyosiy siymosiga to‘g‘ri va adolatli baho berganini tan olish lozim. Agar Vamberining bu asari Yevropada tarqalmaganda, balki ular hali ham vatandoshlarimizning, milliy qahramonlarimizning faoliyatiga rus bosqinchilari va sho‘ro kommunistlari nuqtai nazaridan baho bergan bo‘lur edilar. Biroq Vamberi nihoyatda qisqa muddat O‘rta Osiyoda bo‘lishiga, juda ko‘p axborot va manba to‘plashga erishganiga qaramay, mahalliy xalqning madaniyati, urf-odati, dini, fe’l-atvori haqida adolatli (ob’ektiv) fikr yuritgan deya olmaymiz. Bunga o‘quvchilarning o‘zlari ham guvoh bo‘ladilar. Ammo tariximizda o‘tgan Amir Nasrulla kabi qonxo‘r va jinoyatchi xonlarning biqiq va sharafsiz hayot tarzi millatimizning umum nufuziga soya tashlay olmaydi. Ruslar aytganiday “oila qo‘tirsiz bo‘lmaydi”. 

Rashid afandi sayohat xotiralarida Turkistonning ma’naviy-ijtimoiy, siyosiy va harbiy hayotiga oddiy sayohatchi ko‘zi bilan emas, balki harbiy tekshiruvchi nazari bilan qaraydi. Agarda haqiqiy sharqshunos olim yoki faylasuf bo‘lganida masa¬laga biroz boshqacharoq, aytish mumkinki kengroq qarardi. Shu bois, xonliklarning harbiy salohiyati, davlat qurilishi, tabiiy boyliklari, ziroati, chorvadorligi, bog‘cha-sabzovot mahsu¬lot¬lari to‘g‘risida faqatgina chet elliklar uchun¬gina emas, balki hozirgi zamon o‘quvchilari uchun ham qiziqarli ma’lumotlar berar edi. 



Hermaniy Vamberining asarlarini, xususan, “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat”, “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”, “O‘rta Osiyo ocherklari”ini o‘qir ekanmiz, uning ijobiy fikrlarini qabul qili-shi¬miz, tanqidiy fikrlarini millat istiqboli nuqtai nazaridan o‘ylab ko‘rishimiz, xalqimizning boy ma’naviy merosini qadrlab, asrab-avaylashimiz kerakligini e’tiborimizdan qochirmasligimiz kerak. Shu bilan birga, tarixni qanday yozish kerak, degan savolga javob topamiz. Britaniya hukumati Rashid afandiga 49 yil mobaynida nafaqa to‘laganini bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Tarjimada ayrim kamchiliklar bo‘lishi tabiiy hol, bu bizning nuqsonimiz, zero nuqsonsiz zot faqat Yaratganning o‘zidir”.


1 “O’rta Osiyo bo’ylab sayohat” asari asosida

2 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B. 1.

3 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B. 63.

4 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.64.

5 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.78.

6 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.170.

7 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.226.

8 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.229.


9 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.231.

10 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.238.

11 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.223.

12 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.94.

13 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.112.

14 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.114

15 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.147.

16 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.148.

17 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.201.

18 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.221.

19 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.221.

20 bu haqda qarang: A.I. Maksheev. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatel`nogo dvijeniya v nego russkix. S. Peterburg. Voennaya Tipografiya v edanii Glavnogo shtaba, 199, str. 227.

21 A.I. Maksheev. Istoricheskiy obzor Turkestana i nastupatel`nogo dvijeniya v nego russkix. S. Peterburg. Voennaya Tipografiya v edanii Glavnogo shtaba, 199, str. 223

22 Bu haqda qarang: X.V. Paksoy. O’rta Osiyoning yangi dostonlari. «Sentral eyshan servey» jurnali 6-tom, 1-son, 1987, 91-bet.

23 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi» kitobdan parchalar, nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad, Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990, 158-bet.

24 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi», 183-bet.

25 «Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi», 219-bet.

26 Халфин Н. А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX века). М., 1974; Арапов Д. Ю. Бухарское ханство в русской востоковедческой историографии; Жуковский C.B. Сношения России с Бухарой и Хивой за последнее трехсотлетие. Пг., 1915.

27 Burnes A. Travels into Bokhara; Containing the Narrative of Voyage on the Indus from the Sea to Lahore... and an Account of a Journey from India to Cabool, Tartary and Persia. Vol. III. L., 1839; Blocqueville G. Quatorze mois ches les Turcomans,-Le Tour du Monde. P., 1866, № 28.

28 Qarang: Бартольд В. В. История изучения Востока в Европе и России. - Сочинения. T. IX. М., 1977; Маслова О. В. Обзор русских путешествий и экспедиций в Среднюю Азию.- Мате­риалы к истории изучения Средней Азии. Ч. 1-4. 1715-1886 гг. Таш., 1955-1971; Лунин Б. В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. Таш., 1965; Арапов Д. Ю. Бухарское ханство в русской востоковедческой историогра­фии. М., 1981; Dugat G. Histoire des orientalistes de l'Europe du XII-e au XIX-e siиcle prйcйdйe d'une esquisse historique des йtudes orientales. T. I-II. P., 1868-1870.

29 Росляков A.A. Аламаны. -Советская этнография. 1955, № 1.

30 История Узбекской ССР с древнейших времен до наших дней. Таш., 1974; История Каракалпакской АССР. T. 1. Нукус, 1975.

31 Вамбери А. Очерки Средней Азии (прибавления к "Путешествию по Средней Азии"). – М., 1868.

32 Даже такой крупный советский историк, как П. П. Иванов, приписывает А. Вамбери показание о 80 тыс. вместо 40 тыс. рабов, о которых сообщает путешественник. См.: Иванов П. П. Очерки по истории Средней Азии (XVI-cepeдина XIX в.). М., 1958, с. 164.

33 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.143, 145.

34 O’rta Osiyo bo’ylab sayohat, SPb.,1865. – B.150.

Download 67.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling