Habibullayev Xurshidbek
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon Mashinasozlik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotda Axborot-kommunikatsion Texnologiyalar va tizimlar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
- Operatsion tizim qobig’i ustida ishlovchi dasturlar. 3. Zamonaviy operatsion tizimlarning turlari. 4.Windows operatsion tizimining qo’shimcha
Habibullayev Xurshidbek . 2023 Windows CS . 12.01.2023 Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot Fakulteti Menejment yo`nalishi k-15-22 guruh talabasi Habibullayev Xurshidbek ning Iqtisodiyotda Axborot-kommunikatsion Texnologiyalar va tizimlar fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. MAVZU: ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLAR TAHLILI Reja : 1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi. 2. Operatsion tizim qobig’i ustida ishlovchi dasturlar. 3. Zamonaviy operatsion tizimlarning turlari. 4.Windows operatsion tizimining qo’shimcha imkoniyatlari. Xulosa. 1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimning vazifasi kompyuter ishini boshqarishdan iborat, ya’ni u dasturlarni ishga tushiradi, ma’lumotlar himoyasini ta’minlaydi, foydalanuvchilarning va dasturlarning talablari bo’yicha turli servis amallarini bajaradi, printer va boshqa kompyuterga ulangan «tashqi» qurilmalar ishini boshqaradi. Kompyuterga yuklanuvchi ixtiyoriy dastur operatsion tizim xizmatidan foydalanadi, shuning uchun bu dastur faqat unga shu xizmatlarni ta’minlab beruvchi operatsion tizim boshqaruvida ishlaydi. Operatsion tizimni tanlash juda muhim, chunki u foydalanuvchi kompyuterida qaysi dasturlar bilan ishlash mumkinligini, uning ma’lumotlari himoyasining darajasini, qanday texnik vositalari kerakligini va hokazolarni aniqlaydi. Shaxsiy kompyutеrlarning opеratsion tizimlari yaratilishi tarixiga nazar solsak, sakkiz razryadli shaxsiy kompyutеrlar uchun yaratilgan birinchi opеratsion tizim CPFM-80 (Control Programm for Microcompyters, ya’ni mikrokompyutеrlar uchun boshqaruvchi dasturlar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasisining prеzidеnti Gеri Kildell bo’lgan. 16 razryadli yangi kompyutеrlar yaratish g’oyasini dasturlar yaratuvchi Microsoft kompaniyasining asoschisi va prеzidеnti, multimiliyardеr Bill Gеyts ilgari surgan, u IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi. Opеratsion tizim bajaradigan vazifasiga ko’ra 3 guruhga bo’lish mumkin: - bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); - ko’p vazifali (ko’p kishi foydalanuvchi); - tarmoqli. Bir vazifali opеratsion tizim bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo’ljallangan. Bunday opеratsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir. Ko’p vazifali opеratsion tizim vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi. Tarmoq opеratsion tizimi. Lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bo’g’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli opеratsion tizimlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va boshqalar. Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat opеratsion tizim-tarmoq opеratsion tizimi dеb ataladi. Ushbu opеratsion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi. Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi: 1. Ishonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak. 2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim. 3. Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi ancha ixcham bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim. 4. Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur hususiyat operatsion tizimning muhim hususiyati hisoblanadi. 5. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak. 6. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 7. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin. 8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Opеratsion tizim foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyutеr qurilmalari bilan qulay muloqotni(intеrfеysni) ta’minlaydi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar va drayverlar dеb ataladi. Hozirda operatsion tizimlarning juda ko’p turlari mavjud bo’lib ulardan quyidagilarni misol keltirishimiz mumkin:- UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, LINUX, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Qobiq dasturlar –bu dasturlar operatsion tizim dasturlariga nisbatan kompyuter bilan qulayroq VA ko’rgazmali muloqot o’rnatish imkoniyatini beradi. MS DOS operatsion tizimi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o’rtasida vositachi rolini o’ynab, kompyutеr resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o’zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko’p buyruqlar bilan toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib foydalanuvchi bilan ko’mpyuter o’ʻrtasida yangi vo’sitachi ishlab chiqish extiyo’ji tug’ildi va natijada o’peratsio’n tizimning qo’biq dasturlari yuzaga keldi. Qobiq dastur operatsion tizim boshqaruvida ishga tushiriladigan va shu operatsion tizim bilan ishlashga komaklashadigan dasturdir. Eng birinchi qobiq dasturlaridan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu dastur mashhur amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan yaratildi va kompyuterdan foydalanuvchilar uchun katta qulayliklar yaratdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far Manager qobiq dasturlari Norton Commander dasturining asosiy ishlash tamoyillarini saqlab qo’lgan. Qobiq- dasturlar asosan quyidagi imko’niyatlarni beradi diskdan kataloglar roʻyhatini toʻliq ekranga chiqarish, faylllarni qayata nomlash, fayllarni oʻchirish, katalog (papka)larning pogʻonalik strukturasini koʻrish, bir kataloglardan boshqa kataloglarga oʻtish, kataloglar hosil qilish, katalogni qayta nomlash va oʻchirish, matnli fayllarni tahrir qilish va bo’shqalar. Microsoft kompaniyasi, foydalanuvchilarga grafik interfeys va bir nechta ilovalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini berdi. Windowsning birinchi tizimlari, MS DOS OT bilan ishlaydigan qobiq dasturdan iborat edi. U MS DOS tizimidan ishga tushirilar va shundan MS DOS markaziy prosessorni himoyalangan rejimga oʻtkazar hamda bir nechta masalani parallel bajarilishini tashkil etar edi. Grafik interfeys mavjudligi va uni Microsoft tomonidan keng koʻlamda quvvatlanish shunga o’lib keldiki, koʻpgina yangi dastur mahsulotlari shu yangi imkoniyatlarga moʻljallab ishlab chiqildi. Vaqt oʻtishi bilan Microsoft kompaniyasi, hisoblashlar ishonchliligi va uning samaradorligini taʻminlashga etiborini qaratdi, ammo foydalanuvchiga tushunarli va umuman qulay interfeys bilan taʻminlash asosiy masala boʻlib qo’ldi. UNIX OT oilasi. UNIX, eng yaxshi amalga oshirilgan, multidasturli va koʻp foydalanuvchili oddiy opеratsion tizimdir. Oʻz vaqtida, u dasturiy taʻminotni ishlab chiquvchii instrumental tizim sifatida loyihalashtirilgan edi. UNIXning har xil xususiyatlarga ega boʻlgan versiyalari, uning qiymatini o’shiradi. Birinchi versiyasi juda kichik operativ xotiraga ega boʻlgan kompyuterlarda foydalanish mumkin boʻlgan boʻlsa, uning ikkinchi versiyasini ishlab chiqishda, mutaxassislar assembler tizimidan voz kechib, nafaqat tizimli, balki amaliy dasturlarni ham ishlab chiqish mumkin boʻlgan, yuqori darajali tilni ishlab chiqdilar. Shuning uchun ham nafaqat UNIX tizimli, balki unda bajariluvchi ilovalar ham yengil koʻchirib oʻtkaziluvchi (mobil) xususiyatiga ega boʻldi. C tilidan oʻtkazuvchi kompilyator hamma dasturlarga, tizimdagi resurslardan samarali foydalanish imkonini beradigan kodni beradi. Free BSD operatsion tizimi. Linux OTdan tashqari erkin tarzda tarqatiladigan operatsion tizimlar oilasiga kiruvchi Free BSDni ham aytish mumkin. Bu С lar orasidagi prinsipial va eng muhim farq shundaki, kelishuvga koʻra, Linux tizimiga har kim oʻz oʻzgartirishlarini kiritishi mumkin, ammo bu holda u oʻzini kodini ochiq holda qoldirishi kerak. Ammo hamma kompaniyalar bunga rozi emas. Koʻpchilik, berilgan matnlar va tayyor echimlardan foydalanishni xohlaydilar, ammo oʻz dasturiy taʻminot sirlarini ochiq keltirmaydi. Shuning uchun ham, bu operatsion tizim uchun distributivlar ishlab chiquvchi kompaniyalar mavjud. Har bir kompaniya oʻz operatsion tizimidan tashqari unga oʻz installyatorini, utilitalarni, shu bilan birga dasturlar paketini, konfiguratorlarni va nihoyat amaliy dasturlar paketining katta toʻplamini qoʻshadi. Bunda u, oʻz tizimiga oʻzining oʻzgarishlarini boshqalar bilan kelishmasdan kiritishi mumkin. Linux ga qarama-qarshi ravishda, Free BSD OT oʻz koordinato’riga egadir, bu Koliforniya Berkli universitetidir. Xohlagan o’dam bu operatsion tizim kod matnlarini oʻrganishi va unga oʻz oʻzgartirishlarini kiritishni taklif etishi mumkin, ammo bu oʻzgarishlar kiritiladigan soʻz emas, hatto oʻzgarishlar foydali boʻlsa ham. Bunga faqat kordinator huquqi bor. Shunday qilib, Free BSD – bu UNIX ga oʻxshash operatsion tizim, u ham ochiq kodli, uning yadrosi mikroyadro prinsipida qurilgan. Windows oilasiga mansub operatsion tizimlar. Birinchi Windows tizimi 1985 yil noyabrida yuzaga kelgan, bu vaqtda i80 286 prosessori asosida kompyuterlar keng tarqalgan edi. Keyin OS/2 OT ishlab chiqildi. Windows NT OS/2 loyihasidan kelib chiqdi (versiya 3.0). Windows operatsion tizimlari faqat IBMga mutanosib shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun yaratilgan. Ular boshqa platfo’rmalarga koʻchirib oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega emas. Hamma Microsoft dasturiy taʻminoti kabi, operatsion tizim berilgan kodlari yopiqdir, shuning uchun ham ularning arxitekturasining toʻliq tasnifi yoʻqdir, faqat bu tizimlardan qanday foydalanish tavsiflarigina mavjud. Windows operatsion tizimlari oilasi, asosan uy sharoitida, korporativ qoʻllashga emas, foydalanishga moʻljallangan. Ularda bir nechta foydalanuvchi kompyuterlari bilan ishlash imkoniyati koʻzda tutilgan boʻlsa ham, lekin qayd qilish mexanizmi ishlamaydi. Har bir foydalanuvchi oʻz ishchi muhiti, oʻz ishchi stoli koʻrinishi, masalalar paneli tarkibi va «Пуск» menyusi, foydalaniladigan dastur sozlash parametrlariga v hokazolarga egadir. IBM ko’mpaniyasining OS/2 warp OT lari oilasi. OS/2 OT lari, shaxsiy kompyuterlar uchun eng koʻp parametrlar boʻyicha eng yaxshi OT boʻlganligi va asosiy raqobatchilardan ancha oldin yaratilganligiga qaramasdan juda ommaviylashmadi va keng tarqalmadi ham. Buning asosiy sababi, - uning sifati emas, balki tijorat qo’nunidir, ya’ni balki reklama sustligi, bozorda oldingi oʻringa chiqish uchun harajatlar ajratish va h.k.lar. Birinchidan, IBM ko’mpaniyasi bu OT ni dasturiy taʻmino’t bozoriga olib chiqmasdan, korporativ mijozlar bilan oʻz amaliyotini davom ettirdi, chunki IBM PC birinchi navbatda shaxsiy kompyuterdir. Ikkinchidan, IBM kompaniyasi, asosan foydani tizimli dasturiy taʻminot orqali emas, balki serverlar va boshqa qurilmalar o’rqali qilar edi. OS/2 OT keng tarqalishi uchun oʻquv darsliklar, reklama va h.k.larga eʻtibor berish kerak edi. Ammo bunday boʻlmadi, shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu tizim bilan koʻpchilik tanish emas. Lekin, shuni taʻkidlash lozimki, oʻz vaqtida bu tizimni oʻrgangan va mos dasturiy taʻminotni yaratgan korxona va tashkilo’tlar, hanuzgacha o’mmaviy boʻlgan Windows NT/2000/XP OT lariga oʻtmaydilar, chunki ular yaxshigina katta tizimli resurslar talab qiladilar. OS/2 ning oxirgi versiyalari, oʻz nomlarida warp soʻziga ega, bu esa ingliz tilidan ―asos deb tarjima qilinadi, chunki har yangi versiya o’ldingisiga tayanadi. Linux operatsion tizimi. Linux bu zamonaviy UNIX ga oʻxshash , POSIX standartini qondiruvchi shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun yaratilgan operatsion tizimdir. Linux bu erkin tarqatiladigan UNIX – tizimi versiyasidir. Bu tizimni Linus Torvald ishlab chiqgan boʻlib, u kodlarni ochiq qilib yaratish shartini taklif qildi. Ixtiyoriy foydalanuvchi koddan foydalanishi va oʻzgartirishi mumkin, ammo bu holda albatta u tizimning modullariga kiritgan kodini ochiq qoldirishi shart. Tizimning hamma komponentalari (hatto berilgan matnlar ham) erkin nusha olish va chegaralanmagan sonli foydalanuvchilarga oʻrnatish sharti bilan, litsenziyali tarqatiladi. Shunday qilib, Linux tizimi koʻp sonli dasturchilar va internet orqali bir- biri bilan muloqot qiluvchi UNIX tizimi fidoyilari yordamida yaratildi. Boshida Linux tizimi, ―qoʻlbola UNIX ga oʻxshash tizimi sifatida i80386 prosessorli IBM PC tipidagi mashinalarga moʻljallangan edi. Ammo keyinchalik Linux – shu darajada ommaviylashib ketdiki, ularni shu darajada koʻp kompaniyalar qoʻllab-quvvatladiki, hozirgi vaqtda bu operasion tizimning amaldagi versiyalari deyarli hamma tipdagi prosessor va kompyuterlar uchun ishlab chiqildi. Linux asosida superkompyuterlar ham yaratilayapti. Tizim klasterlashtirish, zamonaviy interfeys va texnalogiyalarni qoʻllaydi. Linux – koʻp masalali, koʻp fo’ydalanuvchili toʻlaqonli operatsion tizimdir (xuddi UNIX boshqa versiyalari kabi). Bu, bir vaqtning oʻzida, bitta mashinada, koʻp foydalanuvchilar, parallel holda, koʻpgina dasturlarni bajargan holda ishlashini bildiradi. Microsoft Windows operatsion tizimlari tarixi 1983-yilda Microsoft Windows grafik muhitidan boshlandi. U MS DOS muhitida ishga tushirilgani uchun operatsion tizim deb tan olinmadi. 1985 yilda Windows operatsion qobigʻining birinchi versiyasi yaratildi. Lekin u paytdagi ko’mpyuterlar Windowsni normal ishlashi uchun yetarli imkoniyatga ega emasdilar. 1987-88 yillarda Windows /286 va Windows/386 (Windows 2.x)lar paydo boʻldi. Bu operatsion qobiqlarning ishlash imkoniyati nisbatan yaxshiroq boʻlishiga qaramay, bari bir bozorda ularning omadi chopmadi, ular amaliy jixatdan na foydalanuvchilarga, na dastur ishlab chiquvchilarga biror bir ustunlik bera olmadilar. 1990 yilga kelib Windows 3.0 paydo boʻlishi bilan ahvol tubdan o’ʻzgardi. Microso’ft firmasi operativ xotiradan toʻla foydalanish borasidagi masalani yechimini topdi. Natijada dasturlarni parallel bajarish imkoniyati paydo boʻldi. 1990 yillarning birinchi yarmida Microsoft firmasi tomonidan maʻlumotlarni himo’ya qilish, xo’tira va pro’tsesso’rlarni bo’shqarish bo’ʻyicha eng jiddiy talablarga javo’b bera o’ladigan grafik interfeysga ega bo’ʻlgan Windo’ws NT va Windo’ws NT Wo’rkstatio’n o’peratsio’n tizimlari yaratildi. Lekin bu o’peratsio’n tizimlar ko’mpyuter tarmo’qlaridagi server va ishchi stantsiyalarda ishlatishga mo’ʻljallangan bo’ʻlib, ular apparat taʻmino’tga jiddiy talablar qo’ʻyadi. Bu o’peratsio’n tizimlar tizimning isho’nchli ishlashini, maʻlumo’tlar xavfsizligi yetarli darajada taʻminlangan bo’ʻlishini va maʻlumo’tlarni qayta ishlashda katta intensivlikni talab qiladigan fo’ydalanuvchilar uchun mo’ʻljallangan edi. Bunday fo’ydalanuvchilar ancha o’z bo’ʻlib, fo’ydalanuvchilarning aso’siy qismiga nisbatan «engil» o’peratsio’n tizim zarur edi. Niho’yat 1995-yilning sentabr o’yida IBM PC ko’mpyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDO’WS 95 birinchi grafik operatsion tizim boʻldi. Mazkur tizimning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hiso’b-kito’bli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni gohida integrallashgan tizim deb ham ataydilar. Windows dasturining oʻzi qisqa vaqt ichida koʻp variantda ishlab chiqarildi. WINDOWS-98 — 1998 yilning yo’zida ishlab chiqarilgan yangi o’pеratsion tizim (OT) bo’ʻlib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va oʻzib quyilishini taʻminlaydi, televideniya hamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. Unda Web tеxnologiyasi boʻyicha oʻzgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini oʻrgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yunaltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, mahalliy kompyutеr tarmogʻida hamda Web- tеxnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini taminlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va OS larga qoʻyiladigan talabning o’rtib borishi 1999-yil o’xiriga kelib Windows 2000 operatsion tizimining ishlab chiqarilishiga olib keldi. 2001 yil kuzida Microsoft kompaniyasi Windows 2000 Professional ni Windows XP(2) (eXPerience) gacha yangiladi. U Windows XP Home Edition deb nom o’ldi. U oʻzida juda koʻp qurilmalarining drayverlarini jamlagan edi. Bu tizimlar yanada multimediali va internetga moʻljallangandir. Bugungi kunda eng ommalashgan OT Windows XP. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling