Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati


Muhammad ibn Iso at-Termiziy


Download 37.5 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1176097
1   2   3
Bog'liq
Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org

Muhammad ibn Iso at-TermiziyMashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Muhammad ibn Iso at-Termiziy bo’lib, u 824 yilda Termiz yaqinidagi Bug’ qishlog’i (hozirgi Surxondaryo viloyatining SHerobod tumani)da tug’ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo’q. Ba’zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo’lgan deb qayd etadilar.Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o’rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan.Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo’lib, uning yordamida hadis ilmidan to’laqonli ravishda xabardor bo’ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan.Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850 yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo’lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Iroq hamda Xurosonda hadis, fikh, qiroat, bayon, tarix va boshqa ilmlarni o’rganadi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo’lib, uning yordamida hadis ilmidan to’laqonli ravishda xabardor bo’ladi. Manbalarda e’tirof etilishicha, Imom Muhammad ibn Iso at-Termiziy ustozining vafoti tufayli ko’p yig’laganidan ko’zi ko’r bo’lib qolgan.Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o’tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do’st sifatida ham hurmat qilgan.Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi.Muhammad ibn Iso at-Termiziy uzoq safarda manbalardan o’qigan yoki muhaddislardan eshitgan hadislarni to’plab, kitoblar ta’lif qilishga kirishadi. U 863 yilda o’z vataniga qaytadi va o’zi ham shogirdlarga ta’lim beradi, ayni vaqtda kitoblar ham yozadi.Alloma tomonidan o’ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg’ambarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og’ishlar haqida”) kabi asarlari o’rin olgan bo’lib, ular juda mashhurdir.Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
http://fayllar.org
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling