Hadisi Sharif umuminsoniy qadriyatlar
Download 16.33 Kb.
|
Hadisi Sharif umuminsoniy qadriyatlar
Hadisi Sharif umuminsoniy qadriyatlar Urganch Davlat Universiteti Tarix fakulteti 221-guruh talabasi Sultanbayeva Mohichehra Insonning chin ma'nodagi insonligi- uning imoni, diyonati, mehr-oqibati, pokligi va halolligi, kamtarligi va boshqalar bilan o'lchanadi. Bu umumiy tarzda insoniylik tushunchasi bilan ifodalanadi. Insoniylik esa faqat imonli insonlardagina bo'ladi.Bu o'rinda hamma kishilar uchun umumiy tarzda tegishli bo'lgan masalalar ustida baholi qudrat fikr yuritamiz.Har birimiz imon tushunchasining mohiyatini to'g'ri anglab, tushunib olsak, imonni izohlovchisi bo'lgan diyonat, vijdonlilik, insof, mehr-oqibat, sahovat, adolatlilik, poklik va halollik, kamtarlik va boshqa ma'naviylik fazilatlarining ham mohiyatini bilib olamiz. Faqat imonli kishilargina poklik va halollik, diyonat, ezgulik, mehr-oqibat, sahovat, muruvvat yo'lida bo'ladilar. Shuning uchun imon tushunchasini, uning mohiyatini keng qamrovli asosda bayon qilishni maqsadga muvofiq deb bildik. Imon arabcha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi ishonch demakdir. U inson ruhiy olamining botiniy tomonini tashkil etadi.Imon shaxsning o'z e'tiqodiga tayangan holda boshqalarning niyati, qilmish-qidirmishiga, o'zining ishlariga, hatolariga munosabat bildirishdir. Imon hayotda to'g'ri yo'l topishning mezoni hisoblanadi. Imonli kishilar Allohdan qo'rqish, bandadan uyalish nima ekanligini chuqur idrok etganlar. Allohni bir, Payg'ambarimizni (sallallohu alayhi vasallam) uning elchisi deb bilish-imonning bosh belgisi hisoblanadi. Imonli bo'lgan kishilar butun hayotlarida, ishlarida, faoliyatlarida, uyda, ko'chada birovga, o'z oilasiga munosabatlarida hamisha to'g'ri va halol yo'l tutishga intiladilar. Muomala va munosabatlarida g'araz bo'lmaydi., ta'madan va xaromdan hazar qiladilar. Har ishlarida faqat bu dunyoni emas, oxiratni ham o'ylab ish tutadilar. Barcha amallari va hatti-harakatlarini shunga bo'ysundirishga harakat qiladilar. Ma'naviy-ahloqiy fazilat sifatida esa imon faqat odamzotgagina xos ruhiy hodisa jumlasiga kiradi. Inson, odamzotdan tashqari hech bir mahluqotda imonning o'rni-tagi ham yo'q. Binobarin, odamzod jamiki boshqa jonzotlardan biron bir narsaga ishonib, uni muqaddas deb bilishi, ya'ni imon keltirishi bilan ajralib turadi. Iymon kishi ma'naviyatining, ahloqining o'q ildizi, poydevori, negizidir. Imondan mahrum kimsaning aqli nechog'li o'tkir, irodasi naqadar cho'ng bo'lmasin va shular tufayli o'zligidan qanchalik mag'rurlanmasin, u chinakam insonlar qatoriga hech qachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, imonsiz odam na Allohdan qo'rqadi va na bandalaridan uyaladi. U o'z nafsining itoatkor quli bo'lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Alloh hammamizni shundan asrasin. Buning uchun imon yo'lini tutishimiz lozim.Imonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chiqishi, odamning olamdagi o'rni qanday, inson umrining ma'nosi nimada, zoti bashar nimaga da'vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodir singari muammolar tashkil etib keladi.Qur'oni karimda imonli odamlarning belgilari quyidagicha tavsiflanadi. Ular mo'min, royish, yuvosh, itoatkor, quruq so'zlik (mahmadonalik)dan qochuvchi, poklikka intiluvchi, shartnomalariga rioya etuvchi, itoatga amal qiluvchilardir. Hadislarda Vatanni sevish, hayoli bo'lish, kamsuxanlik ham imonlilikning ko'rinishi sifatida tasvirlangan. Vatanni sevish milliy, ijtimoiy-siyosiy hodisadir. Odamiylik g'oyasi xalqimizning butun turmush tarziga, urf-odatlari hamda an'analariga, uning mislsiz boy og'zaki va yozma ijodiga, mumtoz adabiyotimiz va san'atimizga singib ketgan bo'lib, hozircha chuqur o'rganilib umumlashtirilgani yo'q.Dunyoviy imon odamlarni to'g'ri yo'ldan borishga qaratilgan ma'naviy qadriyatlar tizimidir. Imonli bo'lishning mohiyatini hayo, andisha, shirin so'zlilik, halollik va adolatlilik, or-nomuslilik, vijdonlilik, vafodorlik, mehnatsevarlik, sahovatlilik, mehr-muhabbatlilik, hayr-ehsonlilik kabi ahloqiy qadriyatlardan iborat ekanini ko'ramiz. Demak, imon komil insonnnig yetuk ma'naviy fazilatlari majmuidir.Imonsizlik esa vijdonsizlik, e'tiqodsizlik, tuban yo'llarga yurish, ahloq, odob, insonparvarlik qoida va talablariga rioya qilmaslikdir. "Otang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l", "O'zingga ravo ko'rmaganni boshqaga ham ravo ko'rma", "Yomon o'z g'amida, yaxshi - el g'amida" singari hikmatlarda ajdodlarimiz ardoqlagan insoniylik qadriyatlarining bir zarrasigina aks etgan, xolos.Diniy va dunyoviy imonning mohiyatida tafovut bo'lsa ham, ul arning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy imonda hamma narsani yaratguvchi zot Allohga, dunyoviy imonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urg'u beriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo'lib tarbiya topishiga qaratilgan.Imonli odam boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlar qalbiga nur, ziyo ulashadi, ularni faqat yaxshi, ezgu amallarga o'rgatadi. Imon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqega egaki, usiz chin ma'nodagi inson ham, ahloq ham, demakki jamiyat ham bo'lmaydi.Imonli bo'lishga intilish qiyin hamda mashaqqatlidir. Imonli odam barcha qiyinchilik va mahrumliklarga ongli ravishda bardosh bergan holda halol-poklik, insof-diyonatlilik, saxiylik, ezgulikni ulug'lash va yovuzlikka qarshi kurash, vatanparvarlik, xalqparvarlik kabi fazilatlarni o'zida gavdalantirishga harakat qiladi va shunga erishadi. U ma'naviy boylik va go'zallikni moddiy to'kin-sochinlikka aslo qurbon qilmaydi. Odamlar uchun yashash, ularning dilini o'rinsiz og'ritmaslik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik imonli insonning hayot dasturidir. Yuqorida aytganimizdek, dunyoviy imonda ko'proq inson ahloqidagi odamiylikka urg'u beriladi. Kundalik hayotda imon so'zi keng qo'llaniladi. Bunda dunyoviy imon ma'nosi ko'zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o'ta ahloqsizlik hatti-harakatiga nisbatan "imonsiz" degan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Allohga ishonch-e'tiqodi yo'q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma'nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy imon mazmuni ham aks etgan. Bu shunday og'ir diniy va dunyoviy haqoratki, o'tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo'lgan oriyatli kishilir haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Imoni yo'q kishilar esa mahalla-ko'yda, yaqin kishilari orasida la'natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh berolmasa ko'chib ketishgacha borilgan.Demak, imon inson hayoti va faoliyatiga asos bo'ladigan diniy va dunyoviy ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar tizimidir. Imonni faqatgina tarixiy qadriyatgina emas, balki hozirgi kunimizda ham inson kamolotiga bevosita daxldor bo'lgan ma'naviyat deb qarashimiz lozim.O'zbeksiton mustaqilligini mustahkamlashga hissa qo'shayotgan fuqarolarning imoni mustaqillik ishiga fidoyilik, millatparvarlik, vatanparvarlik, baynalminalchilik, porloq kelajakka ishonch, davlatimiz ramzlariga sadoqat, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini o'zida tarbiyalash, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari yangi ahloqiy qadriyatlarni o'zida namoyon etishidan iborat. Demak, insoniylikning muhim shartlari - diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollilikni imon tushunchasi o'z ichiga oladi. Chunki, faqat imon sohibi bo'lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo'ladi. Imonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo'lmagani uchun ham ba'zi odamlarga nisbatan imonsiz so'zini ishlatamiz.Endi shaxs ma'naviy fazilati imonlilikning ba'zi tushunchalarini izohlashga o'tamiz. Ularning mazmuni, mohiyati v amaliy ahamiyatini chuqur anglab olmoqlik va o'zimizning kundalik hatti-harakatimizda amal qilmoqlik bizni har damda yuksak insoniylikka, komillikka tomon eltadi, demakki imonimiz mustahkamlana boradi. Imonning boshi - taqvo. Taqvo - har noto'g'ri ishga qo'l urishda - Allohdan qo'rqish, yomon ishlardan saqlanish. Allohdan qo'rquvchi banda oilada, jamiyatda halol yashaydi, haromga qo'l urmaydi, oxiratda javob berishini o'ylab, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, to'g'ri bo'ladi, poraxo'rlik qilmaydi, qasamxo'r bo'lmaydi, birovni aldamaydi, yolg'on gapirmaydi, kishilarga, vatanga hiyonat qilmaydi va boshqalar. Ilohi hammamizga ham taqvodor bo'lish nasib etsin. Bu o'zimizga bog'liq. Sharm-hayo ham imonlilik belgisi sanaladi. Sharm - har bir odamning nojo'ya, yomon hatti-harakatlardan o'zini tiya olish, uyalish hissi. Hadisi shariflarda aytilishicha, odam eng avvalo, o'zidan uyalishi kerak. Nojo'ya, yomon qilmishi, hatti-harakati uchun o'zidan uyalgan odam o'zgaga ham nojo'ya hatti-harakatni ravo ko'rmaydi. O'zidan uyalmagan odamda sharm bo'lmaydi. Demak, sharm odam o'z nojo'ya hatti-harakati uchun o'z vijdoni, diyonati oldida javob berish hissi, desak bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdikadirova, N. S., Nurillaeva, D. S., Ganijanovna, M., Azamova, S. R. J., Bobomuradov, B. K., & Kutlimuratov, I. K. (2021). Football in Uzbekistan: Law, Leisure and Sociology. PSYCHOLOGY AND EDUCATION,, 58(1), 1995-2002. 2. Тангриев, А. Т., & Дачев, О. В. (2019). Национальный спорт в вузе. Наука, техника и образование, (11 (64)), 69-71. 3. Игамбердиев, О. Р. (2021). Футбол тугаракларида шугулланувчи 4-5 синф укувчиларини жисмоний тайёргарлигини ошириш. Фан-спортга, 54-56. 4. Дачев, О. В., & Ирисбоев, М. Т. (2021). Уровень подготовки специалистов по футболу в узбекистане. Проблемы педагогики, (1 (52)), 85-87. 5. Нурматов, М. Х. (2021). Эффективность и надежность тактической деятелности квалифицированных футболистов. Фан-спортга, 16-17. Download 16.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling