Hadislar – ma’naviyat bulog’I


Download 92.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi92.5 Kb.
#189761
Bog'liq
Hadislar


Hadislar – ma’naviyat bulog’I

Imom al-Buxariy va at-Termiziy nadislari asosida

Al–Buxoriy

Al–Buxoriy, Muhammad Ismoil Abu Abdallah al–Jufiy (810 - 870) – mashhur sunniy an`anaviy muxhaddisidir. U Buxoroda, Erondan kelgan oilada tug`ilgan, Samarqand yaqinidagi Xartankaqishlog`ida vafot etgan. 10 yoshidan hadislarni o`rganishni boshlab, al–Buxoriy antiqa iste`dodni va ajoyib xotirasini namoyon etgan. Ko`p yillar davomida u sayohat qilib, hadislar ilmini xalifalikning turli viloyatlarida (Xijoz, Misr, Iroq, Xuroson) o`rgangan. Manalar dalolat berishicha, u mingdan ortiq shayxlardan hadislarni tinglagan. Al–Buxoriy o`z oldiga Muhammadning aytgan fikrlari va sodiretgan harakatalri to`g`risidagi barcha haqqoniy (sahih) hadislarni yig`ishni maqsad qilib qo`ygan. O`sha davrning muhaddislariga xos bo`lgan tanqidiy qarashlardan foydalanib, al–Buxoriy, aytishlaricha, u paytda tilga olingan 600 ming hadislarni, ustozlaridan va hikoyachilaridan o`zi yozib olgan yana 200 ming hadislarni tekshirib chiqqan. Bu benihoya ko`p sonli hadislardan al–Buxoriy «haqqoniyhadislar» sifatida faqat 7400 ga yaqin hadislarni tanlab olgan. Ulardan u o`zining mashhur asari «Al–Jami as–sahih» termasini, odatda qisqacha «as-Sahih» deb nomlanadigan kitobni tuzgan.

Al-Buxoriyning «as–Sahih» asari zamondoshlari tomonidanoq fiqh bo`yicha yuksak qo`llanma sifatida e`tirof etilgan va X asrga kelib, ba`zi xususiyatlari tanqidqilinganiga qaramay, Muslimning «as-Sahih» asari bilan birgalikda sunniy oqimi ta`limotining termalari ichida birinchi o`rinni egalladi. Sunniylarning ko`pchiligi uchun al–Buxoriyning «as-Sahih» kitobi Qur`ondan keyin ikkinchi darajaga erishdi.

Al–Buxoriy shunigdek hadislarni aytuvchilarning tarjimai hollari yig`ilgan e`tiborli «at–Tarix al–kabir» termasining muallifi sifatida ma`lum bo`lgan, buasar bir necha tahrirda yaratilgan edi. Uning boshqa asarlaridan Qur`onning kam o`rganilgan talqini – «Tafsir al-Qur`on» asarini aytib o`tish doiz.

Sharqning buyuk muhaddisi imom al-Buxoriy Samarqandda vafot etdi. Bu urta asrlar mutafakkirlarining yorqin namoyandasi Qur`onning u yoki bu oyatlarini izohlaydigan 400 mingdan ortiq talqinlarini yozdi, teologiyaga katta hissa kiritdi. Hozirgi davrdabutun musulmon olami shu hadislarni amalda qo`llab yashamoqda, lekin o`z vatanida imom al-Buxoriyning nomi unutilgan edi. Uning nomi faqatgina 1958 yilda, mashhur livanlik yozuvchi SSSR ga kelib, dunyoda taniqli muhaddisning go`rini ziyorat qilmoqchi ekanligini aytganida yuzaga chiqdi. Uning iltimosi u paytdagi davlat yetakchilarini hayratga soldi. O`zbekiston Kompartiyasi markaziy qo`mitasiga, uyerdan esa Fanlar Akademiyasiga so`rovnomalar yuborildi. Al-Buxoriyning go`rini kunu-tun izlab, oxiri u Samarqandga yaqin joyda, kichik bir qishloq yonida topildi.

Hozir imom al-Buxoriy go`rining majmuasi zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan ajoyib inshootga aylandi, lekin quruvchilar undagi butun sharqona me`morchilik uslublarini saqlab qolganlar. U Samarqandshahridan 30 kilometr masofada joylashgan, lekin u yerga borish oson, chunki yo`l ko`rsatuvchi belgilar ko`p, yo`l ham yaxshi ahvolda. Ulkan hududni egallaydigan maqbara majmuasida (tashqi tomonidan favvoralar, qo`shimcha inshootlar, bog`lar joylashgan) katta masjid, muhaddisning go`ri bor (u Eronda sotib olingan qimmatbaho tosh – oniks bilan bezatilgan), turistlar va ziyoratchilar uchunmehmonxona, diniy buyumlar va adabiyotlarni sotib olish mumkin bo`lgan do`konlar bor.

Ummul mo’minin Oisha roziyallohu anhodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki dinimizda asli yo’q bo’lgan narsani paydo qilsa, u, albatta, rad etilur».

Imom Muslimning rivoyatida:

«Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u, albatta, rad etilur».

Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Hadisning ahamiyati haqida

Bu hadis Islom dinining asl qoidalaridan biridir. «Amallar niyatlar bilandir» hadisi amallarning ichki – botiniy tarafi uchun mezon hisoblanib, agar Alloh tolo roziligi maqsad qilinmagan bo’lsa, hech bir amal uchun ajr-savob yo’q ekanligini anglatadi. Bu hadis amallarning zohiriy tarafi uchun mezon hisoblanadi va har qanday amal, agar Alloh va Rasulining amri bo’lmagan bo’lsa, qilgan kishining o’ziga qaytarilajagini hamda kimki dinda Alloh va Rasuli izn bermagan narsalarni paydo qiladigan bo’lsa, Islom dini undan pok ekanligini anglatadi.

Imom Navaviy aytadilar: «Ushbu hadisni yoddan bilish va munkar ishlarni qaytarishda uni dalil qilib keltirish kerak».

Ibn Hajar Haytamiy aytadilar: «Bu hadis eng sermazmun qoidalardandir. Biror dalildan shar’iy hukmni chiqarib olishdan avval o’sha dalilni shu qoida asosida tekshirib ko’rish lozim».

Hadisdan olinadigan saboqlar

1. Islom dini faqat bo’ysunish va ergashishdir, unda yangicha narsalarni paydo qilish mumkin emas.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana shu qisqagina hadis bilan Islomni «g’uluv»ga ketuvchilardan, ya’ni dinda chuqur ketib, odamlarga Islomni murakkab qilib ko’rsatib qo’yuvchilardan hamda botilga ergashuvchilardan, ya’ni Islomga bid’at ta’limotlarni olib kiruvchilardan himoyalab qo’ydilar. SHuning uchun bu hadis Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga berilgan oz so’zlar bilan ko’p ma’nolarni ifodalay olish mo’’jizasiga bir namuna sanaladi.

Qur’oni Karimda ham haqiqiy yutuq va najot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’rsatmalariga hech narsani qo’shmasdan hamda chuqurlashmasdan ergashishda ekanligiga ishora qiluvchi oyatlar talaygina bo’lib, ushbu hadis shu oyatlarning xulosasidir. «Ayting: «Agar Allohni yaxshi ko’rsangiz, menga ergashinglar. SHunda Alloh ham sizlarni yaxshi ko’radi va gunohlaringizni mag’firat qiladi. Alloh G’afur va Rahim Zotdir». (Oli Imron surasi, 31-oyat); «Albatta, mana shu Mening to’g’ri yo’limdir. Bas, shu yo’lgagina ergashinglar! Boshqa yo’llarga ergashmangizki, u sizlarni Uning yo’lidan uzib qo’yadi» (An’om surasi, 153-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’p xutbalarida quyidagi so’zlarni aytganlari rivoyat qilinadi: «So’zlarning eng yaxshisi Allohning kitobidir, yo’llarning eng yaxshisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam yo’llaridir, ishlarning eng yomoni keyin paydo qilingan narsalardir. Zero, har bir keyin paydo qilingan narsa bid’atdir, har qanday bid’at esa zalolatdir». (Muslim rivoyatlari).

Imom Bayhaqiy rivoyatlaridagi hadisda esa xuddi shu so’zlardan keyin qo’shimcha: «Har qanday zalolat esa do’zaxdadir» lafzi ham vorid bo’lgan.

2. Rad etiladigan amallar.

Mazkur hadis shore (Alloh va Rasul) tarafidan buyurilmagan har qanday amal rad etilishiga ochiq hujjatdir. Uning mazmunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

Barcha amallar shariat ahkomlari bilan chegaralab qo’yilgandir.

Barcha amallarga mukallaf bandalardan sodir bo’layotgan ishlar sifatida Alloh taoloning kitobida hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida vorid bo’lgan buyruqlar va qaytariqlar asosida hukm beriladi.

Amallar shar’iy ahkomlar doirasidan chiqib ketishi va ular bilan cheklanmasligi mumkinmas. Biz har qanday amal borasida shariat bergan hukmni tan olmog’imiz lozim. Amallarni shariat ustidan hokim qilish esa ochiq zalolatdir.

Qachonki odamlar o’zlariga yoqib qolgan amal bilan shariat ustidan hukm chiqarmoqchi bo’lsalar, har bir musulmon bunday amalni botil deb bilmog’i va uni keskin rad etmog’i lozim.

Rad etilishi lozim bo’lgan amallar ikki turli bo’lishi mumkin:

Birinchi. Bu turdagi amallar ibodatlarda bo’ladi. Qaysi bir ibodat Alloh va Rasuli hukmidan chetga chiqadigan bo’lsa, u, albatta, egasiga qaytarilajak mardud amaldir.

Alloh Makka mushriklari haqida aytadi: «YOki ularning dindan Alloh taolo izn bermagan narsalarni ham shariatga kirgazib beruvchi sheriklari bormi?..» (SHo’ro surasi, 21-oyat).

Ikkinchi. Rad etilishi lozim bo’lgan amallarning ikkinchi turi muomalalardadir.

SHariatga butkul zid bo’lgan har qanday shartnoma va kelishuv botil hisoblanadi va o’z egasiga qaytariladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida sodir bo’lgan quyidagi voqea bunga dalildir. «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: «Mening o’g’lim falonchining xizmatini qilar edi. O’sha kishining ayoli bilan zino qilib qo’yibdi. O’g’limni undan yuzta qo’y va bir qul evaziga jazodan qutqarib oldim»,– deb fatvo so’radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «YUzta qo’ying bilan qul o’zingga qaytariladi. O’g’lingga esa yuz darra urilib, bir yilga surgun qilinadi»,– dedilar». (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

3. Maqbul amallar.

Dinda keyinchalik paydo qilingan amallar orasida shariat ahkomlariga zid kelmaydigan, balki shar’iy dalil va qoidalar ularni quvvatlaydiganlari ham bor. Bunday amallar maqbul va maqtovga sazovor amallar hisoblanadi. Sahobai kiromlar ham shu kabi amallarni joiz sanaganlar. Bu esa ular tarafidan ijmo deb e’tirof etiladi. So’zimizga eng yorqin misol Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu davrlarida Qur’oni Karimning yaxlit kitob shaklida jamlanishi va Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrlarida shu kitobdan nusxalar ko’chirilib, turli o’lkalarga qorilar bilan tarqatilishidir. Bundan tashqari, nahv (sintaksis), faroiz (meros ilmi) va tafsir kabi diniy fanlarning alohida kitob qilib jamlanishi, hadis isnodlari va matnlari haqida bahs yurituvchi ilmlar va shu kabi Islom shariatining asosiy manbalari hisoblanuvchi boshqa nazariy bilimlarning yaratilishi ham tahsinga sazovor yangiliklardandir. Jamiyat rivoji va ummat islohi uchun zarur bo’lgan barcha dunyoviy ilmlar ham ana shu qoida doirasiga kiradi.

4. YOmon bid’at va yaxshi bid’at.

YUqorida aytib o’tganlarimizdan so’ng quyidagi xulosaga kelamiz:

Dinda keyinchalik paydo qilingan amallarning Alloh shariatiga xilof bo’lganlari yomon bid’at va ochiq zalolatdir.

Keyin paydo bo’lgan amallarning shariat doirasidan chiqmagan, unga muvofiq kelganlari maqbul va maqtovga sazovordir. Ularning ba’zilari mandub yo mustahab bo’lishi, ba’zilari esa hatto farzi kifoya bo’lishi ham mumkin. SHuning uchun imom SHofeiy aytadilar: «Qur’oni Karimga, sahih sunnatga, sahobai kiromlar ijmosiga yoki ulardan vorid bo’lgan sahih asarga zid ravishda paydo qilingan har qanday yangilik bid’at va zalolatdir. Ammo mazkur manbalarga zid kelmaydigan biron xayr-yaxshilik paydo qilinsa, u, albatta, maqtovga sazovor «bid’at» – yangilikdir».

YOmon bid’atlar ichida faqatgina makruh bo’lganlari ham bor. Ammo faqat zarar va fasod keltiradigan hamda Islomning asl maqsadlari va ahkomlariga zid bo’lgan bid’atlar harom qilingandir. Ta’kidlab o’tish lozimki, bunday bid’atlar kishini ochiq zalolatga, qing’irlikka va hatto kufrga ham etaklaydi. CHunonchi, ilohiy vahiyni va Alloh shariatini inkor etuvchi, shariat soyasida hayot kechirishni qoloqlik va zaiflik deb biluvchi, inson o’ylab chiqargan qonunlarni hokim qilishni talab etuvchi hay’atlar va jamoalarga a’zo bo’lish ham odamni kufrga olib kirib ketishi mumkin.

SHuningdek, so’fiylikni da’vo qilib, shar’iy ibodatlarga e’tiborsiz bo’lgan, Alloh taoloning halol va harom uchun qo’ygan hudud-chegaralariga rioya qilmaslikka jur’at etadigan, «Alloh taolo butun borliq bilan birlashib ketgan» hamda «Alloh taolo xohlagan maxluqning vujudiga kirib olishi mumkin» degan kufrona tushunchalarga e’tiqod qiladigan jamoalarga qo’shilishning hukmi ham shunday.

Hozirda ko’pchilik orasida tarqalgan bid’atlardan yana biri qandaydir buloq, daraxt, mozor kabi narsalarni ulug’lash, tabarruk sanash va ularni foyda yoki ziyon keltirishga qodir deb e’tiqod qilishdir.

Mushriklar bir sidr daraxtini ulug’lashar va unga qurol-aslahalarini osib qo’yishar edi. SHuning uchun ular bu daraxtni Zoti anvot (qurollar osiladigan daraxt) deb atashardi. Hunayn jangidan avval Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlar bilan birga o’sha sidr daraxti oldidan o’tib qoldilar. SHunda sahobalar:

YO Rasululloh, anavilarda Zoti anvot bo’lgani kabi, bizga ham Zoti anvot qilib bering! – deyishdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

— Allohu akbar!.. Bu Muso alayhissalomga qavmi aytgan gapning o’zginasi-ku! Ular: «Anavilarning ilohlari bo’lgani singari, bizlarga ham bir iloh qilib bering!» deyishgan edi ,– dedilar. So’ngra, qo’shib qo’ydilar: – Sizlar johillik qilayotgan qavmsizlar, hali sizlardan avval o’tgan qavmlar yo’liga izma-iz ergashasizlar…

5. Imom Muslim rivoyatlarida kelgan: «Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u, albatta, rad qilinur» lafzining ma’nosi.

Ba’zi kishilar o’zlari bid’at o’ylab chiqarmasalar-da, boshqalar chiqargan bid’atlarni qilib yuradilar. Bundaylarga Imom Buxoriyning «Kimki dinimizda asli yo’q bo’lgan narsani paydo qilsa…» rivoyatini keltirsangiz, sarkashlik bilan: «Buni men paydo qilganim yo’q, shuning uchun qilaveraman», — deya javob berishi mumkin. SHunda unga Imom Muslimning «Kimki biz unga buyurmagan amalni qilsa, u rad qilinur» rivoyatini keltirsangiz, bid’atchi uchun uzr-bahonalarga o’rin qolmaydi.

6. Hadisning mazmunidan quyidagi narsa ma’lum bo’ladi:

Kim Islom shariatiga muvofiq bo’lmagan biron bid’atga asos solsa, boshqalarning gunohi uning zimmasiga yuklanadi, amali o’ziga qaytariladi va Alloh Taoloning azobi va’da qilingan kishilar qatoriga kiradi.

7. Hadis mazmunidan quyidagi fiqhiy qoida ham kelib chiqadi:

Biron amaldan qaytarish shu amal bajarilgan taqdirda, uning fosid sanalishini va e’tiborga olinmasligini bildiradi.

8. Islom dini komil va benuqson dindir.

Avval bil, keyin qil.

Avval o'rgan, keyin o'rgat.

Avom tabib — ofati jon.

Avrasang, oqil bo'lar,

Bovrasang, botir bo'lar.

Aql ko'pga yetkazar,

Hunar — ko'kka.

Barakat — mag'izda,

Hunarli qo'l — og'izda.


Baxt belgisi — bilim.
Behunaming hunari — yalqovlik.
Bilagi zo'r birni yiqar,

Bilimi zo'r — mingni.


Bilak bilan bitmagan

Bilim bilan bitar.


Bilgan bilganin ishlar,

Bilmagan barmog'in tishlar.


Bilgan bitirar,

Bilmagan yitirar.


Bilgan o'zar,

Bilmagan to'zar.


Bilgan o'qir,

Bilmagan to'qir.


Bildirish uchun bihsh kerak.
Bilim — aql chirog'i.
Bilim baxt keltirar.
Bilim — davlatdan qimmat.
Bilim — kuchda,

Kuch — bilimda.


BilimJi — olim.

Bilimsiz — zohm.


Bilimliga dunyo yorug',

Bilimsizga — qorong'u.


Bilimlining bilimi yuqar,

Bilimsizning nimasi yuqar.


Bilishim,

Bilishimga tushar bir ishim.


Bilimsiz kishiga ish yo'q,

Ilmsiz kishiga osh yo'q.


Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.
Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.
Bilmagan ayb emas,

Bilishga tirishmagan ayb.


Bilmagan ishga urinma,

Urinib tuzoqqa ilinma.


Bilmagandan bilgan yaxshi,

To'g'ri ishni qilgan yaxshi.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.


Bilmaganning bilagi tolmas.
Bilmas tabib jon olar.
Bilmasang, bilgandan so'ra.
Bir yigitga yetmish hunar oz.
Bir yigitga qirq hunar oz.
Bol tutgan barmog'ini yalar,

Hunari bor — ermagini.


Go'zallik — ilm-u ma'rifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Didli yigit — ilmli yigit.
Dorboz dordan o'lar,

Morboz — mordan.


Joni borning g'ami bor,

Kasbi-kori nomi bor.


Zehn qo'ysa, ong qo'nar,

Hunar ortsa, ish unar.


Zehn qo'ysang bilimga,

Ilm tomar dilingga.


Ilm — aql bulog'i,

Aql — yashash chirog'i.


Ilm baxt keltirar,

Bilim taxt keltirar.


Ilm — yorug'lik,

Jaholat — zuimat.


Ilm izlagan yetar,

Izlamagan — yitar.


Ilm istasang, takror qil.
Ilm ko'p, umr oz,

Keragini o'qi.


Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yo'q.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,

Bilganga — do'st,

bilmaganga — yov.
Ilm o'lchovi — aql,

Zehn o'lchovi — naql.


Ilm qog'oz qatida emas, miya qatida.
Ilmi borni yosh dema,

Ilmi yo'qni bosh dema.


Ilmi yo'qning ko'zi yumuq.
Ilmli odam — ilikli suyak.
Ilmli olar, Ilmsiz oldirar.
Ilmli uy — charog'on,

Ilmsiz uy — zimiston.


Ilmlining so'zi — o'q.
Ilmni mehnatsiz egallab bo'lmas.
limning avvali achchiq,

So'ngi — totli.


Ilmsiz bir yashar,

Ilmli ming yashar.


Ilmsiz bosh qashir,

Xushomadgo'y gap tashir.


Ilmsiz imomdan tuxum qilmaydigan tovuq yaxshi.
Ilmsiz kishi o'limga yaqin.
Ilmsiz olim — to'qimsiz eshak.
Ilmsizga ishonch yo'q,

Hunarsizga quvonch yo'q.


Ilm-u hikmat suvni yondirar.
Ilm-u hunar yelga emas, elga.
Imoni yo'qning burdi yo'q.
Yigit husni — hunar.
Kasb—kasb, tubi—nasib.
Kasbning yomoni yo'q.
Kitob — aql qayrog'i.
Kitob ko'rmagan kalla —

Giyoh unmagan dala.


Kitobsiz aql — qanotsiz qush.
Ko'rib bilish yaqinni,

O'qib bilish uzoqni.


Meros moli to'zadi,

Merosli hunar o'zadi.


Miltiq ko'targan bilan ovchi bo'lmas,

Dag'dag'a solgan bilan — dovchi.


Mulla bilganin o'qir,

Bo'zchi bilganin to'qir.


Mulla bilganin o'qir,

Tovuq ko'rganin cho'qir.


Mulla bo'lsang, takror qil,

Dehqon bo'lsang, shudgor qil.


Ogohlikni ko'rdan o'rgan,

Donolikni — ilmdan.


Oz-oz o'rganib usta bo'lur.
Ozdan yig'ilib daryo bo'lar,

So'rab-so'rab dono bo'lar.


Oltin olma, bilim ol,

Bilim olsang, bilib ol.


Ota kasbi — davlat kasbi.
Ota hunari — bolaga meros.
Otolmagan yoy tanlar.
Otolmagan ovchi yoyidan ko'rar.
Piligi yo'q chiroq yonmas,

Biligi yo'q yigit yaramas.


Piling kuchli bo'lguncha,

Biliming kuchli bo'lsin.


Poxoldan somon chiqmas,

Qo'poldan olim chiqmas.


Sa'va ishi — sayramoq,

Ho'kiz ishi — xirmon yanchmoq.


Tasbeh ag'darganning bari mulla emas,

Tayoq tutganning bail cho'pon emas.


Tekin boylik axtarguncha,

O'zingga bop hunar top.


Teshik idish suvda bilinar,

Bilimi oz kishi — sinovda.


Tikansiz gul bo'lmas,

Mashaqqatsiz — hunar.


Tikkan chevar emas,

Bichgan — chevar.


Til bilgan yo'lda qolmas.
Usta, ishni qilar puxta.
Usta ko'rmagan shogird

Har maqomga yo'ig'alar.


Ustadan shogird o'zar.
Ustani shogird sindirar,

Pistani — po'choq.


Ustoz ko'rgan xat tank.
Ustozsiz shogird — jonsiz kesak.
Uchishga qanot kerak,

O'qishga — toqat.


Uchqundan qo'rqqan temirchi bo'lmas.
Uquvsiz ishboshi bo'lsa,

Baqir-chaqirdan chiqmas.


Chalasavod — chirik rabot.
Chechanning — tili,

Chevarning — qo'li.


Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin.
Shayxning hunari bo'lmasa, xonaqoh tang.
Shogird ustadan o'tmasa, ish yitar.
Shogirdiga tosh bergan tosh olar,

Bosh bergan bosh olar.


Shogirding oqil bo'lsa, boshingda toj,

Shogirding erka bo'lsa, boshga tayoq.


Shogirdning befarosati

Ustozni muttaham qilar.


Er yigit deb kim aytar,

Yovda yalov yiqmasa.


Chechanhgin kim maqtar,

Dovda uni chiqmasa.


Er ko'rki — bilik,

Suyak ko'rki — ilik.


Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
Yuz hunarni chala bilgandan

Bir hunarni to'la bil.


Yuzga kirsang, yuz yil o'qi.
Yuzga kirsang ham, hunar o'rgan.
Yuziga qarama, bilimiga qara.
Yamoqchining ishini suvoqchi bilmas.
Yaxshi bilsang ishingni,

Yaxshilar silar boshingni.


O'lmagan — qo'shiqchi,

Erinmagan — eshikchi.


O'nga olgin, birga sot,

Oting chiqsin savdogar.


O'rganish — bir hunar,

O'rgatish — ikki hunar.


O'rdak bo'lmay, g'oz bo'l,

Bilim olib, soz bo'l.


O'qigan — guliston,

O'qimagan — go'riston.


O'qigan — yorug',

O'qimagan — choriq.


O'qigan — olim,

O'qimagan — o'ziga zolim.


O'qigan o'qdan oshar,

Nodon turtkidan shoshar.


O'qigan o'qigan emas,

Uqqan — o'qigan.


O'qigan o'g'il otadan ulug'.
O'qiganing o'zingga.
O'qiganning oshi — pishirig'lik.
O'qiganning oshig'i — olchi.
O'qiganning tili — ikki.
O'qimagan shu damda,

Turtinar har qadamda.


O'qimagan — yalang oyoq,

Baayni bir quruq tayoq.


O'qimay mulla bo'lgan,

Cho'qimay qarg'a bo'lar.


O'qish boshqa, uqish boshqa.
O'qish — jafoli, keti — vafoli.
O'qish yaxshi,

Uqish undan ham yaxshi.


O'quvi bor ulg'ayar,

Uquvi yo'q sarg'ayar.


Qadam qo'y asta-asta,

Qadam yetguncha ilm ista.


Qaig'aning hunari bo'lsa, tezak yemasdi.
Qattiq baqirgan bilan qo'shiqchi bo'lmas.
Qiz bilagini shimarar,

Turli ipakhimarar.


Qizning ko'rki — noz,

Yigitning ko'rki — hunar.


Qirsiz yer bo'lmas,

Hunarsiz — er.


Quyma aql bo'lmasa,

Turtma aql hech bo'lar.


Qunt bilan o'rgan hunar,

Hunardan rizqing unar.


Qo'yingni qassobga so'ydir,

O'likni murdasho'ga yuvdir.


Qo'yni qassob so'ysin,

Oshni oshpaz pishirsin.


Qo'li hunarsiz — non gadoyi.
Har ish o'z ustasidan qo'rqar.
Har ishning bir ustasi bor,

Har ustaning bir ustozi bor.


Har kasbning o'z gashti bor.
Har kimning ishi emas uloq ulamoq,

Madrasaga borib tuproq yalamoq.


Har kimning kasbi — o'ziga.
Har hunarning o'z siri bor,

Har ishning o'z yeri bor.


Hunar oshatar,

Mehnat yashnatar.


Hunar — bir, pardoz — qirq.
Hunar bo'lsa qo'lingda,

Non topilar yo'lingda.


Hunar — zar, hunarsiz — xar.
Hunar oshxo'rga osh berar,

Nonxo'rga — non.


Hunar — oqar buloq,

Ilm — yonar chiroq.


Hunar tagida hunar bor.
Hunar — tuganmas xazina.
Hunar to'yg'izar,

Ot mindirib, to'n kiygizar.


Hunar, hunardan unar.
Hunari borning oltin bilagi bor.
Hunari yo'q kishidan

Bigizi bor yamoqchi yaxshi.


Hunari yo'q kishining,

Mazasi yo'q ishining.


Hunari yo'q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
Hunarli yigit — mevali daraxt.
Hunarli kishi och qolmas.
Hunarli moy oshar,

Hunarsiz loy oshar.


Hunarli er xor bo'lmas,

Do'st-dushmanga zor bo'lmas.


Hunarli o'lmas,

Hunarsiz kun ko'rmas.


Hunarlining hunari

Murodiga yetkazar.

Hunarsizning yurari

Qaro yerga yetkazar.


Hunarmandning noni — butun.
Hunarni o'rgan,

O'rganda, chiran.


Hunarni o'rganib qo'ysang,

Sendan osh-non tilamaydi.


Hunarsiz tezdan, hunarli xez yaxshi.
Hunarsizning qirqimi uzun,

Hunarlining — bichimi.



Kitob qidirish

Qidirish:
Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling