sen gunohkorni kechirmasang kimni kechirasan, osiyni mag‘firat qilmasang
kimni mag‘firat qilasan, Ey Alloh men osiyni o‘zing kechir deb yolvorishi
kerak, keyin u aytilgan istig‘fori, istig‘for bo‘ladi.
Muso alayhisalomni huzurlariga bir odam kelib, Ey Muso, bir gunoh qilgan
edim, qirq yil tog‘ga chiqib uzlatda ibodat qildim, Alloh gunohimni kechirdi
ekanmi, deb so‘radi. Muso alayhisam Ey Alloh bandangni gunohini kechir,
o‘zing mag‘firat qil dedi. Muso alayhisalomga vahiy nozil bo‘ldi. Ey Muso
men u kishini gunohini kechirmaganman kechirmayman ham, Muso
alayhisalom Ey Parvardigor qanaqasiga kechirmaysan, ahir sen G‘ofurur
Rohimsan. Bitta gunohiga qirq yil ibodat qilibdi, nega uni gunohi
kechirilmaydi deb so ‘radi. Alloh taolo aytdiki, u o ‘sha gunohini har
eslaganida qalbida rohatlanib, mazza qilib qo‘yadi. Shuning uchun uni
gunohi kechirilmaydi, dedi. Inson qalbida qilgan gunohini yaxshi degan
hotirjamlik bor bo‘lsa, u gunohga istig‘for, tavba o‘tmaydi. Tavbasida afsus
bo‘lishi shart. Istig‘for aytganda, gunohimni kechir deganda “Ya Alloh
mahfiy va oshkorasini, qasdu noqasdini, bilganimu bilmaganimni, kattayu
kichigini o‘zing kechir, hammasidan afsusdaman” deyish kerak va gunohdan
saqlanish lozim.
Odam o‘ylashi mumkunki, bizning yaxshi yurishimiz, ibodat, istig‘forni
Alloh taolo shuncha talab qilmoqda, Allohga kerakli joyi bor ekanmi degan
savolga hadisni davomida aytiladiki: “ Ey bandalarim! Sizlar menga zarra
yetkazishga qodir emassizlarki, zarra yetkazsanglar. Menga foyda
yetkazishga qodir emassizlarki foyda yetkazsanglar. Nma qilsanglar
o‘zilarga bo‘ladi”. Oyatda keladi “Ey Muhammad alayhisalom odamlarning
kufrga shoshayotgani seni mahzun qilmasin”, “Ey Muhammad alayhisalom
Do'stlaringiz bilan baham: |