BAQIY QABRISTONIDA ABU SAID HUDRIY ROZIYALLOHU ANHUNING QABRI.
HADIS SHARXI: Imom Navaviy hadisga hukm berganda hasan hadis
deganlar. Hasan hadis ikki xil bo‘ladi: hasan lizatihi-o‘zi hasan bo‘ladi, hasan
lig‘oyrihi- o‘zi hasan emas, lekin boshqa rivoyat, o‘xshash hadislarning
quvvati bilan hasan darajasiga ko‘tarilib oladi. Aytadilarki Imom ibn Moja,
Doraqutniy va ularni ikkalasidan boshqa muhaddislar bu hadisni mutassil
sanad bilan rivoyat qilgan. Mutassil degani yani Rasululloh s.a.v. gacha
bo‘lgan roviylar silsilasi bir-biriga bog ‘liq, o‘rtada uzilish yo‘q. Ammo Imom
Molik “Muatto”da bu hadisni mursal shakilda rivoyat qilgan, yani sahoba
tushib qolsa mursal bo ‘ladi. Imom Molik Amir ibn Yaxyodan, u otasi
Yaxyodan, u Nabiy s.a.v. dan rivoyat qilibdi, lekin Yaxyo Nabiy s.a.vni ko
‘rmagan ekan. U Abu Saiddan rivoyat qilsa bo‘lar edi, lekin o‘rtada Abu Said
50
tushib qolgan. Hanafiy mazhabida mursal hadis shartlari bilan qabul
qilinadi. Mursal hadisni tobein rivoyat qilayotgan bo‘ladi, sahobani u
tushurib qoldirgan, agar tobein faqih, olim bo‘lsa mursali dalil bo ‘ladi,
sababi u bilmasdan gapirmagan bo‘ladi. Imom Shofeiy Said ibn Musayyabni
mursal hadislarini qabul qilamiz, boshqalarnikini o‘rganaman degan. Said
ibn Musayyab sahobani tushirib qolib hadis aytsa meni huzurimda qabul,
chunki u odamga shu ishonchni bersa arziydi deganlar. Hanafiylar esa Said
ibn Musayyabga o‘xshagan boshqa tobeinlar ham bor deyishgan. Imom
Navaviy bu hadisni mursal shakilda asli borligi-ga ishora qilganlar.
Hadis islom fiqhining asosiy qoidalaridan hisoblanadi. Fiqhning 5ta asosiy
qoidasi bor, ularni 1-amallar niyyatlarga bog‘liq; 2-yaqin shak bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |