Haftalik test Qaysi javobdagi gapda ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nosi metafora usulida ko’chgan?
Download 31.48 Kb.
|
Haftalik test 6 (1)
Teleboshlovchi kim?
XX asrning 40-yillariga kelib dunyoda teleboshlovchilik kasbi paydo bo’ldi. Chunki shu yillarda endigina ixtiro qilingan televizor odamlarning uylariga kirib kela boshlagandi. U vaqtlarda telekanallar hozirgidek ko’p bo’lmagan. Faqat bitta kanal bo’lgan. Efir vaqti esa kuniga bir soatdan oshmagan. Shu vaqtda mahallada yagona bo’lgan “televizorli xonadon”ga butun qo’ni-qo’shnilar yig’ilib, maza qilib televizor ko’rishgan. Ekranda ko’rinish berib, so’nggi yangiliklarni aytayotgan teleboshlovchi esa odamlarning eng qadrdon kishisiga aylanib ketgan. Yillar o’tib, telekanallar ham, ko’rsatuvlar ham ko’paydi. Ko’rsatuvlar axborot, ko’ngilochar va shou kabi turlarga ajraldi. Natijada, yangiliklar va sport sharhlovchisi, ob-havo maʼlumotlari, shou va musiqiy ko’rsatuvlar boshlovchisi kabi yo’nalishlar paydo bo’ldi. Endi har bir ko’rsatuv uchun alohida- alohida teleboshlovchi kerak bo’lardi. Sababi “Axborot” ko’rsatuvining boshlovchisi uchun “Musiqiy tanaffus” ko’rsatuviga ham boshlovchilik qilish qiyin edi-da. Teleboshlovchi studiyada faoliyat yuritadi. Aytgandek, suxandon va teleboshlovchini bir-biridan farqlash kerak. Suxandon tayyor matnni o’qib beradi. Yaʼni o’zi ijod qilmaydi. Ular asosan informatsion ko’rsatuvlarda ishlaydi. Teleboshlovchi esa izlanadi, kerakli maʼlumotlarni yig’adi, mustaqil ravishda intervyular oladi, qayerda qanday gapirish kerakligi ustida bosh qotiradi, vaziyatga qarab improvizatsiya qila oladi. Bir so’z bilan aytganda, ular ijodkor bo’lishadi. Teleboshlovchi kamera qarshisida o’zini qanday tutishni, tomoshabinlarning eʼtiborini qanday jalb etishni, fikrini aniq va tushunarli tarzda yetkaza olishni bilishi lozim. Shuning uchun topqir, so’zamol, uddaburon teleboshlovchilar kutilmagan vaziyatlarda ham o’zlarini yo’qotib qo’ymaydi. Bu sifatlarga ega bo’lmagan teleboshlovchilar faoliyati davomida ko’plab qiyinchiliklarga duch keladi. Ular bitta xato gapi yoki harakati bilan millionlab tomoshabinlar oldida uyalib qolishi hech gap emas. Albatta, teleboshlovchi yolg’iz o’zi bo’lmaydi, kadr ortida uning butun jamoasi ishlaydi. Jamoada rejissyor, prodyuser, ssenarist, grimchi, operator, chiroqchi va yana ko’plab mutaxassislar yig’iladi. Ammo efir vaqtida tomoshabinlar faqat boshlovchini ko’radi xolos. Teleboshlovchilik – dunyodagi eng og’ir kasblardan biri. Bu kasb egalari deyarli dam olish kunlarisiz ishlashga majbur. Chunki odamlar dam olish kunlari ko’proq televizor ko’radi-da. Yana teleboshlovchilar tong sahardan studiyaga kelishga, baʼzan yarim tunda boshlovchilik qilishga majbur bo’lishadi. Tasvirga olish jarayonlari bir necha soatga cho’zilib ketganda esa tushlik qilishni ham unutib qo’yishadi. Qolaversa, ular doim tashqi ko’rinishlariga eʼtibor berishga, sport bilan muntazam shug’ullanishga majbur. Ha, uyquchi va dangasalarga bu kasb umuman mos kelmaydi. Xo’sh, endi ayting-chi, siz hali ham teleboshlovchi bo’lishni orzu qilyapsizmi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling