Haftalik test 6.
1. Qaysi javobdagi gapda ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nosi metafora usulida ko’chgan?
A)
Tabiat kimga zakovat, aql-idrok,
bilim bersa, u ezgu
ishlar qilishga qo’l uradi.
B) Buning ustiga osmon darz ketgandek momaqaldiroq qarsillaydi,
chaqmoq chaqadi.
C) Navro’z kuni Hamidabonu qo’sh karnay va qo’sh
surnaylar tovushidan uyg’ondi.
D) Navoiy saboqlari hamisha qalbingiz
tubida bo’lsin.
2. Qaysi javobdagi imloviy xatolik faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so’zda yuz bergan?
A) Sarpardaning chap tomonida − baland qilib to’shalgan oq kigizlar ustida − egniga qora uzun jun chakmon kiygan bir odam uzala tushib yotar edi.
B) Olimning yomonligi kemaning sinishiga o’hshaydi, chunki kema sinsa ham o’zi cho’kadi, ham o’zgalarni cho’ktiradi.
C) Shoir Vatan haqida: “U shunday bir rohatbaxsh go’shaki,
uning tapti ona mehri, bolalik zavqi singari totlidir”, − deb yozgan edi.
D) Shoir yer yuzining hamma nuqtasida ham hayot bir tarzda kechmayotganidan o’ksinadi, shu bois: “Qaylarda yoz, qayda kuz, qayda jondan kechgulik”, − deydi.
3. Rasvo bo’lgan nomus-or uchun,
Jangda o’lgan do’st uchun yig’lang.
Yov toptagan gul diyor uchun,
Taqiqlangan so’z uchun yig’lang.
Qolgan dardlar – charxning hazili.
Chili shoiri Pablo Nerudaga bag’ishlab yozilgan ushbu she’riy parcha muallifini aniqlang.
A) Erkin Vohidov B)
Abdulla Oripov
C) Anvar Obidjon D) Mirtemir
4. Qaynotasi oldiga borgan Ikrom esankirab qolmadi, balki ko’rsatilgan o’tinlarni bo’ldi.
Ushbu gapda alohida ajratib ko’rsatilgan “bo’lmoq” so’zi bilan ko’p ma’noli so’zlar juftligini hosil qiluvchi so’z qaysi javobda qatnashgan?
A) Ta’tilda o’qituvchi opamiz sayohatga olib boradigan bo’ldi.
B) Bola uchun yangi, ohangli bir olam paydo bo’ldi.
C)
Hammasiga shu sababchidir, chunki atrofimda aylanib aqlimni bo’ldi.
D) Mana endi, Sobirjon o’g’lim, ishlab, ro’zg’orga qarashadigan vaqtingiz bo’ldi.
5. Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim,
Xayrin bildim, biroq yuz o’rgulmadim.
Ulg’ayganda qarasam, qo’lim quruq,
Kechikib qo’l cho’zdim-u, ulgurmadim.