Haftalik test Qaysi javobdagi gapda ajratib ko’rsatilgan so’zning ma’nosi metafora usulida ko’chgan?


Qo’sh unlilar ikki jarangsiz undoshlar o’rtasida kelgan so’zlar qatorini aniqlang


Download 31.48 Kb.
bet3/9
Sana20.12.2022
Hajmi31.48 Kb.
#1034767
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Haftalik test 6 (1)

9. Qo’sh unlilar ikki jarangsiz undoshlar o’rtasida kelgan so’zlar qatorini aniqlang.
1. manfaat 2. badiiy 3. murojaat 4. vakuum 5. taalluqli
6. inshoot 7. mutaassib
A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5
C) 1, 6, 7 D) 3, 5, 7
10. Qaysi javobda so’zlar to’g’ri yozilgan?
A) uyushiq, uydurma, suyiltirilgan
B) uyishiq, uydirma, suyiltirilgan
C) uyushuq, uydurma, suyultirilgan
D) uyushiq, uydirma, suyultirilgan
11. Yod etmаs еmish kishini g‘urbаtdа* kishi,
Shоd etmаs еmish ko‘ngulni mеhnаtdа* kishi.
Ko‘nglum bu g‘аriblikdа shоd o‘lmаdi, оh,
G‘urbаtdа sеvinmаs еmish, аlbаttа, kishi.
*G‘urbat – g‘ariblik, vatandan uzoqda bo‘lish.
*Mehnat – azob, mashaqqat
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub ushbu ruboiy mazmuniga oid to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu ruboiyda o’zga yurtga yurgan kishi o’z uyidagi barcha tashvishlarini unutib, ko’ngli xotirjam bo’lishi aytilgan
B) Ushbu ruboiyda shoir o’zga yurtga safarga chiqishni go’yo yor oshiqni tark etishiga o’xshatadi va yor uni tark etsa, oshiq azob va mashaqqatlarga duch kelishi bayon qilingan.
C) Ushbu ruboiyda ijodkor musofirga qiyin ekanligini, ya’ni xursand yura olmasligini, baribir, o’z vatani qadrli va aziz ekanligini ta’kidlamoqda
D) Ushbu ruboiyda yaхshilikning shаrоfаti, yomоnlikning kаsоfаti, vаfоgа vаfоning, jаfоgа jаfоning qаytаjаgi
hаqidа so‘z boradi, bu ruboiy ijodkorning falsafiy asarlari qatoriga kiradi.
12. Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga ya’ni so’zini qo’yish o’rinli bo’ladi?
A) Odamlar his-tuyg‘ularini o‘zgalarga so‘z orqaligina emas, … yuz ifodalari bilan ham yetkaza oladilar
B) Badiiy uslubda voqealar tasviriy vositalar, ta’sirchan so‘zlarni qo‘llash orqali yoritib beriladi, … bu uslubning ta’sirchanligi yuqori bo‘ladi.
C) Ayrim hududlarda chekish taqiqlanadi, … tamaki qoldiqlari yerga tashlab yuborilishi oqibatida ham yong‘in kelib chiqishi mumkin
D) Hammasi men aytgandek bo‘ldi, … kubok qo‘shni mahallaga nasib qildi.




Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling