Ushbu she’riy parchadagi bo’g’inlar haqida xato hukm berilgan javobni aniqlang.
A) parchada tarkibi faqat ochiq bo’g’indan va faqat yopiq bo’g’indan tashkil topgan so’zlar qatnashgan.
B) she’riy parchaning har bir misrasida faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan yopiq bo’g’inlar qatnashgan.
C) she’riy parchada uchinchi va to’rtinchi misralardagi ochiq bo’g’inlar soni teng miqdorda qatnashgan.
D) gapda bir bo’g’inli so’zlar ikki o’rinda qatnashgan.
6. Bo’ladigan savdoning tezroq bo’lgani yaxshi.
Ushbu gapda alohida ajratib ko’rsatilgan so’z bilan shakldosh bo’la oladigan so’zlar qaysi gaplarda qatnashgan?
1. Yo’l mazkur hududlar o’rtasidagi savdo va madaniyat almashinuvi jarayonlarida muhim rol o’ynagan.
2. Og’ir judoliklar, savdolar ichida yashagan inson uchun hayot oddiy bir narsa bo’lib qolar ekan.
3. Boshimga solmasin savdolarini, Alloh meni panohingda asragin har on.
4. Xalqaro savdo yo’li – Buyuk ipak yo’li Temur va Temuriylar davrida juda serqatnov bo’lgan.
A) 1, 3 B) 2, 3
C) 1, 4 D) 2, 4
7. Qahramon tekinxo’r pashshalarga ham, maqtanchoq ulkan odam va uning sheriklariga ham, makkor qirolga ham, avvalo, yaxshi muomala qiladi. Ulkan odamlarning biror narsasiga sherik bo’lmoqchi emas. Qirolga sidqidildan xizmat qilmoqchi, u aytgan topshiriqlarni ham «bajonidil» bajaradi. Biroq ulkan odamlar, qirol va uning askarlari unga yomonlikni, hatto o’limni ravo ko’rishadi. Natijada esa, o’zlari qazigan chohga o’zlari tushishadi.
Yuqorida keltirilgan voqealar qaysi asarda yuz berganligini aniqlang.
A) “Uch og’a-ini botirlar” ertagi
B) “Botir tikuvchi” ertagi
C) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni
D) “Zulmat ichra nur” qissasi
8. Qaysi javobdagi so’zlar ajratib yoziladi?
A) Saylov//oldi, Kavkaz//orti, dev//qomat
B) Bir//pas, bir//qancha, bir//oz
C) Qay//tarafda, o’sha//lahza, hech//kimsa
D) Har//zamonda, oz//moz, ko’chama//ko’cha
Do'stlaringiz bilan baham: |