9-mavzu. Personalni rag’batlantirish
Download 378.19 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiziqish ( motiv )
- Ehtiyo j
- I jtimoiy ehtiyoj
9-MAVZU. PERSONALNI RAG’BATLANTIRISH REJA Personalning mehnatga qiziqishini oshirish Personalni moddiy rag’batlantirish Personal mehnatiga haq to’lash. Mehnatga haq to’lashni tashkil etish . Korxona maqsadiga erishish - ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikni ta’minlash personal o’z xizmat vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko’rsatib bajarishiga bog’liq. Buning uchun xodimlar o’z ishlariga chinakamiga qiziqishlari kerak. Qiziqish (motiv) - bu insonni muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Qiziqish insonga uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima qilish va buni qanday qilish kerakligini belgilaydi. Qiziqish jarayonini to’rt bosqichga bo’lish mumkin: 1. Ehtiyojning paydo bo’lishi. 2. Ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash. 3. Ehtiyojni qondirish uchun faoliyatga kirishish. 4. Ehtiyojning qondirilishi, moddiy yoki ma’naviy rag’batlantirishga ega bo’lish. Ehtiyoj - insonning hayot kechirishi, shaxs va ijtimoiy guruhni rivojlantirish uchun ob’ektiv zarur narsalar. Biologik va ijtimoiy ehtiyoj bir-biridan farq qiladi. Biologik ehtiyoj - suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur boshqa narsalar - uy-joy, kiyim-kechak, ro’zg’or buyumlari, shuningdek, avlodni davom ettirishga ehtiyoj. Ijtimoiy ehtiyoj - millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o’z shaxsini, erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o’z qobiliyatini namoyon etish, boshqalartomonidan o’sish qobiliyatlari e’tirof etilishiga ehtiyojdir. Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga qiziqtirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir. Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub’ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, balki korxona inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko’pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob’ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson birtomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiq ob’ektidir (9.1- rasm). Shaxs - individga jamiyat a’zosi sifatida tavsif beruvchi ijtimoiy muhim xususiyatlarning barqaror tizimidir. Qiziqtirishning boshqaruvdagi hamda shaxsiy-psixologik mazmuni o’zaro bog’liqligi personalni boshqarishda texnika tizimlarini boshqarishdan farqli o’laroq, boshqaruv ob’ekti va sub’ekti maqsadlarining muvofiqlashtirilishi bilan belgilanadi. Bunday muvofiqlashtirish turlicha tarzda amalga oshirilishi mumkin. Lekin bu jarayonda albatta ikki tomon - ob’ekt ham, sub’ekt ham ishtirok etadi. Buning natijasida esa boshqaruv ob’ektining muayyan mehnat faoliyati, pirovard natijada bu faoliyatning muayyan natijasi bo’ladi. Qiziqtirish jarayoni negizida qiziqishning moddiy, ijtimoiy- psixologik, ma’naviy, ijodiy va boshqa omillari yotadi. 9.2-rasmda menejerlar o’rtasida o’tkazilgan so’rovda yaxshi mehnat qilishga nima qiziqtirishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Qiziqtirish nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin: - mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyasi; - jarayon bo’yicha qiziqtirish nazariyasi. Daromard yuqori bo’lsa Erishgan muvaffaqiyatni rivojlantirish imkoniyati bo’lsa O’z g’oyalarini amalga oshirish 4 2 8 25 2 Ko’proq mustaqillik berilsa Mehnat ta’tili uzunroq bo’lsa bo’lsa Qiziqarli mehnat faoliyati Egiluvchan ish grafigi Mehnat yaxshi e’tirof etilsa Yaxshi muhit bo’lsa 2 2 2 1 1 So’roqda ishtirok etgan 100 menejerdan har biri ushbu sharoitlarda yaxshiroq ishlashga intilishni bildirgan bir necha javob variantlari berilgan 1 2 2 1 11 Ko’proq ta’sir ko’rsatish imkoniyati bo’lsa Ish vaqti kamroq bo’lsa Ishonchliroq ish joyi bo’lsa Qarilik yaxshiroq ta’minlansa
Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling