9-mavzu. Personalni rag’batlantirish
Download 378.19 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.8-rasm. Qiziqtirish uslublari I qtisodi y uslublar
Intizomli Maqsadli uslub uslublar 9.8-rasm. Qiziqtirish uslublari Iqtisodiy uslublar qiziqtirishning eng ko’p tarqalgan uslubi hisoblanadi. Bu uslublarning bevosita (ish haqi, mukofot, qo’shimcha to’lovlar) va bilvosita (imtiyozlar: ovqatlantirish, pul to’lanadigan mehnat ta’tillari, hayot va salomatlikni sug’urta qilish, pensiya ta’minoti va hokazolar) turlari mavjuddir. Iqtisodiy uslublar asosida samarali mehnat uchun moddiy rag’batlantirish yotadi. Ko’pgina korxonalarda xodimning ish haqini joriy davrdagi ish natijalariga bog’lashga harakat qilishadi. Bu masalada bozor tamoyillari: turmush kechirish qiymati, ishchi kuchi taklifi, raqobatchilar to’layotgan ish haqi darajasi, ish haqining davlat tomonidan muvofiqlashtirib borilishi va hokazolar hisobga olinishi kerak. Hozirgi vaqtda personalga ma’muriyat tomonidan qo’shimcha imtiyozlar berish tajribasi keng yoyilmoqda. Ular quyidagilardan iboratdir: — xodim maqomi nufuzini belgilovchi; — xodim ijtimoiy himoyalanganligini ko’rsatuvchi; — bevosita bajarilgan ish va ishlab chiqarish vazifasi uchun belgilangan imtiyozlar. Mukofotlash tariqasida u yoki bu imtiyozni tanlash ma’muriyat vakolati hisoblanadi. Moddiy rag’batlantirish hamisha ham qiziqgirishning eng ta’sirchan vositasi bo’lib qolaveradi. Biroq personal farovonligi ko’tarilgan sari birgina uning o’zi etarli bo’lmaydi. Yana shuni ham hisobga olish kerakki, qiziqtirishning iqtisodiy uslublari kompaniya yoki firma tomonidan sezilarli darajada xarajatlarni talab etadi. Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling