9-mavzu. Personalni rag’batlantirish
Personal mehnatiga haq to’lash
Download 378.19 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatg a to’lanadiga n ha q mehna t bahosidir.
- 9.17-rasm. Ish kuchi va taklifining mehnat narxiga ta’siri
3.Personal mehnatiga haq to’lash.
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish Mehnatga haq to’lashning mohiyati va iqtisodiy mazmuni iqtisodiy nazariyaning eng muhim masalalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 153- moddasiga muvofiq: “Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas va uning eng ko’p mikdori biron bir tarzda cheklanmaydi. Mehnat haqi shakli va tizimlari, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamalar, rag’batlantirish tarzidagi to’lovlar jamoa shartnomalarida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi”38. Bu halqaro mehnat me’yorlariga, xususan Xalqaro Mehnat Tashkilotining 1949 yil 1 iyuldagi 95-son “Mehnatga haq to’lashni muhokama etish to’g’risida”gi Konventsiyasiga mos keladi. Ushbu Konventsiyaga muvofiq “Mehnatga haqto’lash atamasi nomlanishi va haqto’lash usulidan qat’iy nazar, shartnoma yoki milliy qonunchilik bilan belgilangan, tadbirkor yollash to’g’risidagi yozma yoki og’zaki shartnomaga muvofiqbajarilgan yoki bajarilishi kerak bo’lgan mehnat yoxud ko’rsatilgan yoki ko’rsatilishi kerak bo’lgan xizmatga pul hisobida to’lanadigan har qanday rag’batlantirish yoki ish haqidir”. Iqtisodiy nazariyada mehnatga haq to’lash mohiyatini aniqlash yuzasidan ikkita asosiy konseptsiya mavjud. Mehnatga to’lanadigan haq mehnat bahosidir. Mehnatga to’lanadigan haq miqdori bozor omillari, birinchi navbatda talab va taklif ta’siri ostida shakllanadi. Ishchi kuchining bahosi esa quyidagicha shakllanadi. Ushbu konseptsiyaga binoan bozor iqtisodiyoti umumiy nazariyasi asosida mehnat bozorida tovar narxi ortishi bilan tovar taklifi ortib boradi, tovarga talab esa tovar narxi arzonlashishi bilan ortib boradi. Bu mehnatga haq to’lash ko’payishi bilan ishchi kuchi taklifi ortib boradi, mehnatga haqto’lash kamayishi bilan ishchi kuchiga talab ortadi (9.17- rasm). 38 O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo’yicha me’yoriy-xuquqiy hujjatlar to’plami. T.: O’zbekiston, 2006, Б. 136.
1 2 9.17-rasm. Ish kuchi va taklifining mehnat narxiga ta’siri Ushbu jadvalga muvofiqagar ish haqi miqdori “I1” darajasida bo’lsa mehnat bozorida nima ro’y berishini ko’rib chiqaylik. Bunda talab (1 nuqtasi) katta, taklif esa (2 nuqtasi) kichik bo’ladi. Ana shu holda talab taklifdan ancha ortib ketadi, ya’ni mehnat bozorida ishchi kuchi taqchilligi ro’y beradi. Bu ish beruvchilarni xodimlarni ishga jalb etish uchun ular mehnatiga haqto’lashni oshirishga majbur qiladi. Natijada mehnat bozorida mehnatga haqto’lash miqdori ortadi. Agar ish haqi “I2” darajasiga ko’tarilsa, bunda taklif (3 nuqtasi) talabdan (4 nuqtasi) sezilarli ravishda ortadi. Bu holda ish beruvchilar uchun mehnat bozorida mavjud bo’lganidan ancha kam xodimlar talab etiladi. Bu ishchi kuchining ortiqcha bo’lishiga olib keladi. Ana shunday holatda ish beruvchilar ish haqini kamaytirsalar ham o’zlari uchun zarur ishchi kuchiga ega bo’la oladilar. Ish izlayotganlar esa kam miqdordagi ish haqiga rozi bo’lishlari, yoki ushbu mehnat bozorini tark etishlari kerak bo’ladi. Oqibatda talab va taklif muvozanat (5 nuqtasi) holatiga yaqinlashadi. Ishchi kuchiga talab ish kuchiga taklifiga teng bo’lgan holatdagi ish haqi miqdori teng muvozanatli ish haqi yoki teng muvozanatli bozor ish haqi, deb ataladi. Teng muvozanatli ish haqi hamma tomonidan qabul qilinishi sababli ustuvor bo’ladi. Ishchi kuchi har xil turlarining bozor (ijtimoiy) bahosi shu tariqa belgilanadi. Amaliyotda bu kasbiy malaka guruhlari, xodimlar toifalari, ish staji, jinsi, tarmoqlar, mintaqalar bo’yicha o’rtacha statistik ish haqi hisoblanadi. Ammo teng muvozanatli ish haqi ishchi kuchiga talab yoki taklifning ta’siri natijasida o’zgarishi mumkin. Masalan, xususiylashtirish jarayonining dastlabki bosqichida yangi tadbirkorlik tuzilmalari soni keskin ortishi natijasida hisobchi buxgalter mutaxassisligiga ega xodimlarga talab keskin ortdi. Avvalgi talab va taklif darajasida bo’lgan 1 nuqtadagi teng muvozanatli holat yangi talabni qondira olmay qoldi. Ushbu talab hisobga olingan holda ta’lim muassasalari, qisqa muddatli qurslarda hisobchilarni qo’shimcha tayyorlash yo’lga qo’yilishi natijasida, bu ixtisoslik bo’yicha kadrlar tayyorlash keskin ortdi. 9.18-rasmdan ko’rinib turganidek, yangi talab 2 nuqtada yangi teng muvozanatli holatni ish haqi miqdori ortgan holda yuzaga keltirdi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bu holatda ish bilan bandlikning teng muvozanatli holati ham ortdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardosh bera olmasdan ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida keskin pasayish yuz bersa, tabiiyki bu korxonalarda ishchi kuchiga ham talab sezilarli darajada kamayadi. Mehnat bozorida bu ish haqi miqdorini teng muvozantli 1 nuqtasidan 2 nuqtasiga siljitadi (9.19- rasm). Xodimlar sonining hamda ish haqi miqdorining kamayishi bu yangi holatni aks ettiradi. Alohida bir korxona uchun mehnatga haq to’lashning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - davlat tomonidan belgilangan ish haqi eng kam mikdorini hisobga olish; — mehnatni tashkil etish masalalarida korxonaning mutlaq mustaqilligi; — mehnat unumdorligi o’sishi sur’atlarining ish haqi o’sishi sur’atlaridan yuqori bo’lishi; — ishlab chiqarishning pirovard natijalari va sarf etilgan mehnat miqdoriga muvofiq ish haqi to’lash; — yuksak sifatli mahsulot, mehnat, ish va xizmatlarni rag’batlantirish; — xodimlarning mehnatunumdorligini o’stirishdan manfaatdorligi, murakkab va oddiy, akdiy va jismoniy mehnatga haqto’lashda oqilona nisbatni ta’minlash; — alohida kasblar, toifalar, guruxlar mehnatiga haq to’lash nisbatini ta’minlash; — pul qadrsizlanishini hisobga olgan holda ish haqi miqdorini indeksatsiya qilish; — mahsulot tannarxida ish haqining eng maqbul ulushini ta’minlash; — tarmoqdagi turdosh korxonalarda o’rtacha ish haqi miqdorini hamda mintaqa (viloyatda) o’rtacha ish haqi miqdorini tahlil etish va korxonada bu o’rtacha ish haqlaridan yuqori bo’lgan ish haqi miqdorini ta’minlashni rejalashtirish; — xodimlarning alohida toifalari uchun mehnatga haq to’lashning eng maqbul (ishbay, vaqtbay) turini tanlash; — davlat hamda kompaniyaning o’zidagi mehnat kafolatlari yordamida xodimlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishni ta’minlash; — mehnatga haq to’lash va uning tarkibiy qismlari (maoshlar, tarif stavkalari, mukofotlar va hokazolar) ning dinamikasini tahlil qilish. Bozor iqtisodiyoti mehnatga haq to’lashga juda qat’iy talablar qo’yadi. Bir tomondan, korxonalar mehnatini tashkil etish va unga haqto’lash, ish haqi fondi miqdorini belgilash, xodimlarga tarif stavkalari va maosh belgilash, xodimlarni ish sifati va miqdori uchun mukofotlashda to’la mustaqildirlar. Ikkinchi tomondan esa, kompaniya va firmalar o’z mahsulotlari bozorda raqobatbardosh bo’lishi uchun mehnatga haq to’lash bo’yicha xarajatlarni kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkoniyatlarini muttasil izlashlari kerak. Ba’zi korxonalar bu muammoni oddiygina - ish haqi miqdorini hamda mahsulot narxini oshirish hisobiga hal qilmoqchi bo’ldilar. Oqibatda ular bozor iqtisodiyotining shafqatsiz qoidalariga amal qilishiga o’zlari guvoh bo’ldilar. Yuqoridagidek, o’ylamasdan ish tutish tayyor mahsulotlarning omborda taxlanib ketishi, aylanma mablag’lar tugashi, ish haqi to’lay olmaslik, oqibat natijada malakali ishchiva xizmatchilarni ishdan bo’shatib, sinishga (bankrotlikka) duchor bo’lishga olib keldi. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lash tamoyillariga qat’iy amal qilish korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining asosiy omillaridan biridir. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardan iboratdir: 1. Ish haqi mikdorini muttasil oshirib borishi. 2. Mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga muvofiqligi. 3. Mehnatkashlarning mehnatda yuksak pirovard natijalarga erishishdan manfaatdorliklari. 4. Mehnat unumdorligi sur’atlari o’sishining mehnatga haq to’lash sur’atlari o’sishidan yuqori bo’lishi. Yuqorida keltirilgan har bir tamoyil bir necha iqtisodiy qonunlar amal qilishi bilan bog’liq. Masalan, mehnat me’yorlarining mehnatga haq to’lash me’yorlariga muvofiq bo’lishida mehnat va qiymat bo’yicha taqsimlash qonunlari bir yo’la amal qiladi. Mehnatga haq to’lash talablari mehnatga haq to’lashni tashkil etish tamoyillarini hayotga to’laroq tadbiq etishga ko’maklashadi hamda iqtisodiyotning ahvoli, uning vazifalariga bog’liq ravishda bu tamoyillarga aniqlik kiritish, qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish maqsadlariga xizmat qiladi. Mehnatga haq to’lashga talablar odatda me’yoriy hujjatlarda aniq ko’rsatmalar, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng ko’p va eng kam chegaralarning o’rtacha ko’rsatkichlari sifatida aks ettiriladi. Mehnatga haqto’lashni tashkil etishda ularga rioya etish zarur. Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling