9-mavzu. Personalni rag’batlantirish
-rasm. Ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqish modeli
Download 378.19 Kb.
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I chk i rag’batlantirishni
- Tashq i rag’batlantiris h
- Mohiyat bo’yich a qiziqtirish nazariyalarig a
- A . Maslo u nazariyas i
- 9.4-rasm. A. Maslou boyicha ehtiyoj darajalari piramidasi
9.3-rasm. Ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqish modeli
Qiziqtirish nazariyasida rag’batlantirish - inson o’zi uchun qimmatli hisoblagan hamma narsa muhim hisoblanadi. Insonlarda qimmatlilik tushunchasi turlicha, shuning uchun rag’batlantirishni baholash ham ularda bir-birlarinikidan farklanadi. Rag’batlantirishning ikki turi mavjud: Ichki rag’batlantirishni ishning o’zi beradi. Bunga mehnat jarayonidan qoniqish hosil qilish hissi, ko’zlangan natija yoki maqsadga erishish, mehnatning ijtimoiy ahamiyatini anglash va shu asosda o’z- o’zidan g’ururlanish kiradi. Ish jarayonida xodim o’z ehtiyojini o’zi kabilar, ya’ni boshqa kishilar bilan munosabatda bo’lish orqali qondiradi. Tashqi rag’batlantirish korxona, tashkilot tomonidan beriladi. Ish haqi, martabaning yuqorilashuvi, hamkasblar, rahbarlar tomonidan bildiriladigan maqtovlar va e’tiroflar, qo’shimcha to’lovlar, qo’shimcha ta’tillar, xizmat avtomobili, mukofotlar - shular sirasiga kiradi. Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalariga quyidagilarni keltirish mumkin. S. Bernard nazariyasi. Ushbu nazariyaga muvofiq: 1. Korxona mehnat jamoasi a’zolari bo’lgan shaxslar o’zaro bir- birlariga bog’liqholda faoliyat ko’rsatadigan tizimni tashkil etadi. 2. Korxona o’z mehnat jamoasi a’zolariga rag’batlantirish orqali ta’sir ko’rsatadi, ana shu rag’batlantirish hisobiga xodimlar korxona maqsadlariga erishish uchun o’zlaridan talab qilinadigan mehnat ulushini qo’shadilar. 3. Xodimlarni rag’batlantirish ularning korxonaga qo’shayotgan hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq bo’lsagina ularning mehnat samaradorligi yuqori bo’ladi. A. Maslou nazariyasi qiziqtirishning eng mashhur nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariyaga binoan insonlar hamisha qandaydir narsaga ehtiyoj sezadilar. Ehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi, besh darajali bo’ladi (9.4- rasm). Bu ehtiyoj darajalari ustuvorligi bo’yicha bosqichma-bosqich
9.4-rasm. A. Maslou boyicha ehtiyoj darajalari piramidasi Ehtiyojlar qondirilmagan bo’lsa insonni faoliyatga undaydi. Qondirilgan ehtiyojlar insonlarda qiziqishni so’ndiradi. Birorta ehtiyoj qondirilgan bo’lsa, uning o’rnini boshqa ehtiyoj egallaydi. Odatda inson birdaniga bir necha narsaga ehtiyoj sezadi. Piramidaning pastki qismidagi ehtiyoj birinchi navbatda qondirilishi talab etiladi. Quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilgandan so’ng yuqori darajadagi ehtiyojlar insonga kuchliroq ta’sir ko’rsata boshlaydi. YUqori darajadagi ehtiyojlarni quyi darajadagi ehtiyojlarga qaraganda ko’proq vositalar orqali qondirish mumkin. Download 378.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling