Ertak orqali oʻquvchilarni nutq madaniyatini oshirish. Nozima Yuldasheva Solijonovna


Download 11.47 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi11.47 Kb.
#1145712
Bog'liq
Nozima Yuldasheva (1)


Ertak orqali oʻquvchilarni nutq madaniyatini oshirish.
Nozima Yuldasheva Solijonovna
Namangan viloyati Yangi Namangan tumani
35-umumiy o'rta ta'lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.
Annotasiya: Ushbu maqola nutq madaniyati va turlari haqida. Ertaklarni oʻquvchilarni nutqini oshirishdagi oʻrni yoritib beriladi.
Kalit soʻzlar: nutq, nutq madaniyati, ertaklar,ogʻzaki va yozma nutqlar, oʻqish metodikasi va xalq ogʻzaki ijodi.
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nutq vositasida idrok etadi.
Nutqning tashqi va ichki, og’zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog’lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So’zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o’zi uchun bo’lgan nutq ong? O’zini bilish, tafakkur jarayonlarida g’oyat muhim ro’l o’ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o’qish) funksional jihatdan ichki nutq (yoziladigan narsani ichida tahrirlash, tovush chiqarmasdan o’qish) bilan chambarchas bog’liqdir.O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, ertaklarni oʻrni katta. Boshlangʻich sinflarda ertaklar orqali nutqini oshirish hozirgi inovatsion zamonda muhim hisoblanadi.
Dono xalqimiz “Ertaklar-yaxshiliklar yetaklar”, deb bejiz aytishmagan. Ertaklar bolalarning ongi va qalbiga ezgu fazilatlarni jo qilishda, ularning ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalarning xotirasi, diqqat-e’tibori, tafakkuri rivojlanadi. Ertaklarni tinglash til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni hikoya va ertaklar eshitish, she’r yodlatish, shuningdek so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qildirish va turli xil mashqlar bajarish orqali bartaraf etish mumkin.Ertak mazmuni asosida bolalarda ezgu xislatlarni tarbiyalash, insoniy fazilatlarni targ‘ib etish, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak.
Jumladan, hayvonlar haqidagi “Tulkining taqsimoti” ertagida ayyorlik va tilyog‘lamalik tulki obrazi orqali ifodalangan. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi ota nasihati bilan boshlanadi. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar namoyon bo‘ladi.Oʻqituvchi tomonidan ertak o‘qib bo‘lingach, bolalarni umumiy xulosa chiqarishga undash lozim. “Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda nima qilgan bo‘lar eding?”, kabi savollar berib, erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini oshirishga yordam beradi.
Har bir ertakning o‘z g‘oyasi bor. “Sehrli sholg‘om” ertagi bolalarni fikrlashga, voqealarni ketma-ket aytishga undab, “Kuch birlikda” degan g‘oyani anglab yetishini ta’minlasa, “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumradning mehnatsevarligi ulug‘lanadi. Qimmat esa dangasa, ishyoqmas sifatida gavdalanadi. Bolalar ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o‘rgatiladi.Xalq og’zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o’qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o’tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko’pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo’shilib ketadi.
Ertakning o’tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g’oyaviy yo’nalishi, unda ezgulik kuchining − yaxshilikning doimo g’alaba qilishi bolalarni o’ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so’z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarliligidir. Ertakda qatnashuvchilar ko’pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo’lgan yovuz, baxil, ochko’z obrazlar bo’ladi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o’quvchilar unda to’g’rilik, halollik g’alaba qilganidan, kambag’al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro’yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo’lishini istaydilar. Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag’allarga yordam ko’rsatish, o’z mehnati bilan hayot kechirish bo’lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g’oyasi ilgari surilgan bo’lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to’g’riligi hiylagarning makri ustidan g’olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g’oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to’g’riso’zlilikning g’alabasi bilan yakunlanadi.Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o’qishgagina emas, balki uni aytib berishga o’rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og’zaki nutqni o’stiradi, bolalar nutqini yangi so’z va iboralar bilan boyitadi.
Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g’oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo’li bilan bog’lanishli nutqni o’stirish, nutqning ta’sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo’y bola» (1-sinf) ertagida bola o’z rostgo’yligi bilan podshoga ma’qul bo’lganligi hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to’g’ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O’quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o’zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin.Ertakni o’qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o’quvchilardan shaylanib, ro’parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so’zlarining ma’nosi so’raladi. Javoblar to’ldiriladi, umumlashtiriladi.
Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo’llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag’alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o’rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
1. Ertak bilan tanishtirish:
a) o’quvchilarni ertakni idrok etishga tayyorlash;

b) o’qituvchining ertakni ifodali o’qishi, yod aytib berishi va hok.
2. Ertakni o’quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o’tkazish;
3. Ertakni qismlarga bo’lib o’qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma’nodosh so’zlarni topish, lug’at ishi (ayrim so’zlar ma’nosini tushuntirish);
4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o’qish);
Xulosa qilib aytganda, ertaklarni mahorat bilan bolalarga o‘qib berish, oʻquvchilar bilan his-hayajonli muloqotni o‘rnatishga, nutqini oshirish da, sezdirmay tarbiyaviy ta’sir qilishga, atrof-muhit haqidagi bilimi va ma’lumot zaxiralarini samarali to‘ldirishga imkon yaratadi. Maktablarda ertaklarni oʻquvchilarga yetkazishda yangi pedagogik texnologiya asosida bolalarning so‘z boyligini oshirishga, ularning nutqini o‘stirish, tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishga qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar roʻyxati.
1. Temurova S., Toshpo’latova G. Sinf rahbari faoliyati. - T.: “O’qituvchi”, 1985-y, 160 bet.
2. Abdurahmonova E. O’yin vositasida o’quvchilarning bilimini mustahkamlash. (Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida). T.: «O'qituvchi», 1995-y., 236 b.
3. https://hozir.org/karima-qosimova-safo-matchonov-xolida-gulomova-sharofatyoldos.html%3Fpage%3D3&ved=2ahUKEwjEwtuEhvDzAhWotIsKHXOWD7IQFnoECC0QAQ&usg=AOvVaw2nP9rlCgU_Fw66UC-NC58P
4. https://uz.unansea.com/nutq-madaniyati-qoidalari-va-asoslari/
Download 11.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling