Hajmli transport Endotsitoz va ekzotsitoz. Fagotsitoz, pinotsitoz va retseptor-vositali endotsitoz
Download 1.9 Mb.
|
Эндоцитоз, фагоцитоз ва пиноцитоз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fagositoz Fagositoz
Endositoz
Endositoz (“endo” – ichki, “cytosis” – tashuvchi mexanizm) – bu zarralarni plazmatik membranadan hosil boʻlgan vezikulalar (pufakchalar)ga oʻralgan holda hujayra ichiga koʻchiradigan turli xil aktiv transport turlari uchun qoʻllanadigan umumiy atama. Endositozning turli xil koʻrinishlari mavjud, ammo ularning barchasi bir xil muhim jarayonlarni amalga oshiradi. Birinchidan, hujayraning plazmatik membranasi nishon zarracha yoki zarrachalar atrofida “choʻntakcha” hosil qilib, ichkariga bukilib boradi. Keyin choʻntak maxsus oqsillar yordamida yopilib, zarrachani hujayra ichidagi yangi hosil boʻlgan vezikulada yoki vakuolada qoldirib ketadi. Endositozni yana fagositoz, pinositoz va retseptor-vositali endositoz kabi turlarga boʻlishimiz mumkin. Fagositoz Fagositoz (soʻzma-soʻz tarjimasi “hujayrani yeyish”) bu endositozning bir turi boʻlib, ushbu jarayonda bir hujayraga boshqa bir hujayra yoki uning qoldiqlari kabi katta boʻlaklar tashiladi. Biz fagositoz jarayoniga misolni allaqachon keltirib oʻtdik, maqolaning kirish qismidagi makrofagning patogenni yutib yuborishi aynan endositoz turi boʻlgan fagositozga misol boʻladi. Fagositoz jarayoni tasvirlangan chizma Amyobalar deb ataluvchi bir hujayrali eukariotlar ham oʻz oʻljalarini ovlash va isteʼmol qilish uchun fagositozdan foydalanadi yoki hech boʻlmaganda shunga harakat qiladi. Quyidagi rasmlar ketma-ketligida ozgina katta boʻlgan achitqi hujayrani fagositozlashga urinayotgan amyoba koʻrsatilgan. Hujayra nishon zarrachani muvaffaqiyatli egallab olgach, zarrachani oʻz ichiga olgan choʻntakcha membranadan uzilib chiqadi va ozuqa vakuolasi deb nomlangan membrana bilan bogʻlangan boʻlinma hosil boʻladi. Ozuqa vakuolasi keyinchalik “hujayraning qayta ishlovchi markazi” boʻlgan organella – lizosoma bilan birlashadi. Lizosomalar qamrab olingan zarrachani keyinchalik hujayra tomonidan foydalaniladigan mayda boʻlaklarga (yaʼni aminokislotalar va qand moddalarga) parchalovchi fermentlarga ega. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling