Hajmli transport Endotsitoz va ekzotsitoz. Fagotsitoz, pinotsitoz va retseptor-vositali endotsitoz
Download 1.9 Mb.
|
Эндоцитоз, фагоцитоз ва пиноцитоз
Hajmli transport Endotsitoz va ekzotsitoz. Fagotsitoz, pinotsitoz va retseptor-vositali endotsitoz. Kirish Oldingi boʻlimlarda biz qand moddalar va aminokislotalar kabi ionlar hamda kichik molekulalar kanallar va tashuvchilar orqali hujayraga qanday kirishi va chiqishi haqida suhbatlashgandik. Kanallar va tashuvchi oqsillar muayyan bir kichik molekulalarning membranani kesib oʻtishiga imkon beradi, lekin ularning oʻta kichikligi (hamda oʻta tanlovchanligi) hujayraning butun bir bakteriyani qabul qilishiga toʻsiq boʻladi. Makrofag patogen yoki hujayra chiqindisining bir qismini qanday qilib “yeydi?” Buning uchun hujayralarga sigʻimli tashish mexanizmlari kerak, bunda katta zarralar (yoki koʻp miqdordagi mayda zarralar) hujayra membranasi boʻylab harakatlanadi. Ushbu mexanizmlar membrananing kichik sharsimon qavatlarida tashiladigan moddalarni oʻrab olishni oʻz ichiga oladi, ular keyinchalik membrana bilan birlashib, moddalarni boshqa tomonga siljitishi mumkin. Masalan, makrofag atrofidagi membrana “qoʻllarini” patogen – “kechki ovqat”ga uzatib, uni oziq-ovqat vakuolasi deb ataladigan membranaga (u yerda keyinchalik hazm qilinadi) oʻrab oladi. Makrofaglar sigʻimli transport turiga haqiqiy misol boʻla oladi. Tanadagi koʻplab hujayralar butun mikroorganizmlarni yutib yuborolmaydi. Ammo koʻp hujayralarda maʼlum bir turdagi sigʻimli transport vositalarining mexanizmlari mavjud. Ushbu mexanizmlar hujayralarga atrof-muhitdan ozuqa moddalarini olish, hujayradan tashqari suyuqlik ichidan maʼlum zarralarni ajratish yoki signalizatsiya molekulalarining qoʻshni hujayralar bilan aloqada boʻlishiga imkon beradi. Tashuvchi oqsillar orqali ionlar va kichkina molekulalarni harakatlantiruvchi aktiv transportga oʻxshab, sigʻimli transport ham energiya sarflanuvchi (aslida juda koʻp energiya talab qiladigan) jarayon hisoblanadi. Bu yerda biz turli xil sigʻimli transport turlarini koʻrib chiqamiz: fagositoz, pinositoz, retseptor-vositali endositoz va ekzositoz. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling