Hajmli transport Endotsitoz va ekzotsitoz. Fagotsitoz, pinotsitoz va retseptor-vositali endotsitoz
Download 1.9 Mb.
|
Эндоцитоз, фагоцитоз ва пиноцитоз
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retseptor vositali endositoz Retseptor vositali endositoz
Pinositoz
Pinositoz (soʻzma-soʻz aytganda, “hujayraning ichishi”) – hujayra tashqarisidagi suyuqlikdan hujayraning oz miqdorda oladigan endositoz jarayonining bir turi. Pinositoz koʻplab hujayra turlarida uchraydi va doimiy ravishda amalga oshadi, bu orqali hujayra oʻzi uchun kerakli boʻlgan ozuqa moddalar va molekulalarga ega suyuqlikni qayta-qayta tatib koʻradi. Pinositozlangan modda fagositoz natijasida hosil boʻladigan katta ozuqa vakuolasiga nisbatan kichikroq vezikulalarda saqlanadi. Pinositoz (chapda) va retseptor vositali endositoz (oʻngda) jarayonlari koʻrsatilgan chizmalar Retseptor vositali endositoz Retseptor vositali endositoz – hujayra yuzasidagi retseptor oqsillardan maʼlum bir nishon molekulani ushlash uchun foydalanadigan endositozning bir turi. Transmembrana oqsillari boʻlgan retseptorlar plazmatik membrananing qoplamali kovakchalar deb ataluvchi joylarida toʻp-toʻp uchraydi. Ushbu nom kovakchaning sitoplazma tomonida joylashgan qoplovchi oqsillar deb nomlangan oqsillar qatlamidan kelib chiqqan. Yuqoridagi diagrammada koʻrsatilgan klatrin eng yaxshi oʻrganilgan qoplovchi oqsil hisoblanadi. Retseptor oʻzining maʼlum bir nishon molekulasiga bogʻlanganida endositoz jarayoni qoʻzgʻaladi. Retseptorlar va ularga biriktirilgan molekulalar vezikulada hujayraga kiradi. Qoplovchi oqsillar bu jarayonda vezikulaga yumaloq shaklni berib, membranadan chiqib ketishiga yordam beradi. Retseptor vositali endositoz hujayralarga hujayra tashqarisidagi suyuqlikda nisbatan kam uchraydigan (yaʼni past konsentratsiyali) molekulalarni katta miqdorda olishga imkon beradi. Retseptor vositali endositoz foydali moddalarni hujayraga olib kirishni moʻljallagan boʻlsa-da, boshqa foydasiz zarralar ham shu yoʻl bilan kirib olishi mumkin. Gripp viruslari, difteriya va xolera toksinlari ham hujayralarga kirish uchun retseptor vositali endositoz yoʻllaridan foydalanadi. Aytaylik, maʼlum bir molekula turi retseptor vositali endositoz orqali qondan chiqarib tashlandi. Agar bu molekula uchun xos boʻlgan retseptor oqsillar yetishmasa yoki nuqsonli boʻlsa nima boʻladi? Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling