Hajmli transport Endotsitoz va ekzotsitoz. Fagotsitoz, pinotsitoz va retseptor-vositali endotsitoz


Download 1.9 Mb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1479414
1   2   3   4
Bog'liq
Эндоцитоз, фагоцитоз ва пиноцитоз

Ekzositoz
Hujayralar ozuqa moddalari kabi maʼlum molekulalarni oʻz ichiga olishi kerak, ammo ular boshqa molekulalarni, masalan, signal oqsillarini va chiqindi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarishi zarur. Ekzositoz (“exo” – tashqi, “cytosis” – tashish mexanizmi) bu sigʻimli transport shakli boʻlib, unda materiallar plazmatik membrana bilan birlashib, membranaga bogʻlangan vezikulalar ichida hujayradan tashqariga tashiladi.
Ushbu vezikulalarning baʼzilari Golji apparatidan chiqib keladi va hujayra tomonidan aynan tashqariga joʻnatish uchun chiqariladigan signal molekulalari singari oqsillarni oʻz ichiga oladi. Boshqa vezikulalar fagositozlangan zarrachalar hazm qilinganidan soʻng chiqadigan qoldiqlarni, hujayra chiqaradigan chiqindilarni oʻz ichiga oladi.



Ekzositoz jarayonini tasvirlovchi chizma


Ushbu vezikulalar hujayraning chetki qismiga tashiladi, bu yerda ular plazmatik membrana bilan birlashib, ichidagi moddalarni hujayra tashqarisidagi boʻshliqqa chiqarishi mumkin. Ayrim vezikulalar membrana bilan toʻliq birikib, uning tarkibiga aylanadi, boshqalari esa “yopish va qochish” modeliga amal qiladi, yaʼni oʻz tarkibidagi moddalarni chiqarishga yetadigan darajada birikadi (membranaga yopishadi), keyin esa membranadan uzilib, hujayra ichiga qaytadi
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling