Hakam haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi №2023 yil Toshkent shahri


Download 33.33 Kb.
bet1/5
Sana08.04.2023
Hajmi33.33 Kb.
#1341652
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SHARTNOMA HAKAM


HAKAM
HAQ EVAZIGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMASI № ___


2023 yil __ ____ Toshkent shahri

Buyurtmachi sifatida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (keyingi o‘rinlarda – O‘zFHM) nomidan Ustav va “2023 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti” (keyingi o‘rinlarda – Reglament) asosida ish olib boruvchi direktor Kuchkarov Laziz Rixsiboyevich bir tomondan va Ijrochi sifatida futbol uchrashuvlarini boshqaruvchi hakam (keyingi o‘rinlarda Hakam)


_____________________________________________________________________________
FISH
(pasport seriyasi _______ raqami – ________________, ___.___.20_____ yilda _________________________________________________ IIB tomonidan berilgan) ikkinchi tomondan, huquqlari va majburiyatlari ushbu haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma), Reglament, O‘zPFL, O‘FA, OFK, FIFAning boshqa tegishli hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishini tan olgan holda, quyidagilar to‘g‘risida mazkur Shartnomani tuzdilar.



  1. SHARTNOMA SHARTLARI




    1. Hakam (bosh hakam, yordamchi hakam, zaxira hakami) ushbu shartnoma asosida O’FA va boshqa futbol uchrashuvlariga jalb qilinadi, O’zFHM tomonidan ushbu ko’rsatilgan xizmatlar uchun belgilangan to’lovlar amalga oshiriladi.

    2. To‘lov miqdori ko‘rsatilgan musobaqalar doirasida O‘zFHM tomonidan tasdiqlangan miqdorda belgilanadi.




  1. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI




    1. O‘zFHM huquqlari:

  • Mazkur Shartnomaning amal qilish muddati davomida Hakam tomonidan bajarilayotgan vazifalar ijrosi va sifatini uning faoliyatiga aralashmagan holda o‘rganib borish;

  • Mazkur Shartnomani yetarli asosga ega bo‘lgan holatida amal qilish muddati tugamay turib bekor qilish;

  • Hakamlik faoliyatini o‘rganib chiqish borasida O‘FAga rasmiy murojaat bilan chiqish;

  • Hakamning Musobaqalardagi nohalol ishlariga nisbatan shubha paydo bo‘lsa va uning har qanday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani aniqlansa, mazkur Hakam ishini ko‘rib chiqishni nafaqat O‘FAning tegishli qo‘mitalari, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ko‘rib chiqishni so‘rab, murojaat qilish.

    1. O‘zFHM majburiyatlari:

  • Hakamning Musobaqadagi faoliyati davomida uning xavfsizligini ta’minlash;

  • Hakamning Musobaqada faoliyat olib borishi uchun ikki taraflama yo‘lkira, yashash va ovqatlanish xarajatlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlash;

  • Hakamning Musobaqadagi faoliyati uchun O‘zFHM tomonidan tasdiqlangan Hakam va Nazoratchilar xizmati uchun haq to‘lovi miqdori O’zFHM tomonidan amalga oshiriladi;

  • O‘zFHM shartnomaning amal qilish muddati davomida Hakamni doimiy tarzda musobaqadagi faoliyat bilan ta’minlash majburiyatini olmaydi.


    1. Download 33.33 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling