Hakam haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi №2023 yil Toshkent shahri


Download 33.33 Kb.
bet2/5
Sana08.04.2023
Hajmi33.33 Kb.
#1341652
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHARTNOMA HAKAM

Hakamning huquqlari:

  • Shartnomaning amal qilish muddati davomida O‘zFHMdan musobaqalarga oid ma’lumotlarni so‘rab olish;

  • Musobaqa davomida o‘ziga nisbatan bo‘lgan har qanday nohaqlik yoki haqoratni Reglament asosida bayonlashtirish va bu haqda O‘zFHM rahbariyatini rasman xabardor qilish;

  • O‘zFHM tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv-uslubiy seminarlar (yig‘inlar), malaka oshirish kurslari va mashg‘ulotlarda ishtirok etish;

  • Hakamlik faoliyati bo‘yicha xizmatlari uchun naqd bo‘lmagan shaklda haq olish;

  • Tegishli hakamlik toifasini olish;

  • O‘zFHMning yozma roziligi bilan boshqa musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.

    1. Hakamning majburiyatlari:

  • musobaqalar davomida o‘z vazifasini halol bajarish, aniqlik, xolislik hamda adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilish;

  • O‘zFHM tomonidan taqdim etilgan “Futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi deklaratsiyani imzolash va uning bandlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

  • musobaqa davomida O‘zPFL komissari Reglament doirasida belgilab bergan talablarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

  • musobaqa davomida klublar rasmiylariga va muxlislariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

  • musobaqa bo‘lib o‘tadigan kunda OAV vakillari, klublar rasmiylari bilan muloqotda bo‘lmaslik;

  • hakamlik vazifasini bajarish davomida spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar, psixotrop moddalarni iste’mol qilmaslik;

  • “O‘yin qoidalari” va Reglament talablariga qat’iy rioya qilish;

  • musobaqa uchun hakamlikka tayinlanganda uchrashuvga yetib kelishning Reglamentda belgilagan muddatlariga qat’iy amal qilish;

  • stadion sharoitlarini uchrashuv oldidan tekshirish qoidalariga rioya qilish;

  • hakamlik bo‘yicha hujjatlarning to‘g‘ri to‘ldirilishi va ularni O‘zFHMga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

  • hakamlik faoliyatini amalga oshirishda yaxshi jismoniy holatda bo‘lish;

  • belgilangan namunadagi hakamlik formasiga va zarur texnik vositalarga ega bo‘lish;

  • shartnoma muddati davomida O‘zbekiston hududidagi Reglamentda ko‘rsatilmagan musobaqalar, o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga shaxsan chaqirilganda O‘zFHMni yozma oldindan ogohlantirish hamda O‘zFHMning roziligi bilan mazkur musobqalarda faoliyat yuritish.

    1. Hakam faoliyati uchun haq olishda Reglament asosida o‘tkaziladigan va O‘zFHMga hakamlik bilan ta’minlash yuklatilgan musobaqalar uchun butun professional potensialini taqdim etishi, ushbu Shartnomada belgilangan majburiyatlarini sidqidildan bajarishga to‘sqinlik qiluvchi yoki futbol manfaatlariga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha xatti-harakatlardan tiyiladi.

    2. Hakam hamda uning oila-a’zolari pul mablag‘larini olish bilan bog‘liq mehnat, fuqarolik va boshqa huquqiy munosabatlarda bo‘lishiga, Musobaqada ishtirok etuvchi futbol klublari, ushbu klublarning tijorat tuzilmalari bilan aloqa qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (professional futbol klublari qoshidagi bolalar-o‘smirlar sport maktablari va akademiyalaridagi murabbiylik-pedagogik ilmiy-metodik faoliyat bundan mustasno).

    3. O‘zFHMning yozma roziligisiz boshqa musobaqalarda ishtirok etishi mumkin emas.

    4. Musobaqalardan tashqari hakamlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xavflarni sug‘urtalash Hakamning shaxsiy mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda bajariladi.





  1. Download 33.33 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling