Халқ таълими муассасалари фаолиятини


mutaxassislar tayyorlashning zarurligi


Download 88.5 Kb.
bet2/11
Sana07.02.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1173247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
geoekalogiya 1

mutaxassislar tayyorlashning zarurligi
Bu borada geografiya, ayniqsa geoekologiyaning o‘rni kattadir. Chunki, geografik fanlar tabiat qonunlari va qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi anglagan holda, boshqa fanlarga nisbatan kompleks ravishda to‘g‘ri hal qilishga qodir. Geoekologik vaziyat murakkablashib borayotgan sharoitda uni o'rganish, uning makon va zamonda o‘zgarishini nazorat qilish, baholash va tegishli chora-tadbirlami ishlab chiqishga, lokal singari mintaqaviy miqyosdagi murakab geoekologik muamolarni yechishga qodir mutaxassislar tayyorlash zamon talabidir.


Nega yuqori kurslarga o’qitiladi


Geoekologik muammolarni o'rganishda avvalo tabiiy komponentlar va geotizimlar orasidagi o‘zaro ta’sir va aloqalarga hamda antropogen omilga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, topologik miqyosdan boshlab global miqyosdagi geotizimlargacha o‘zaro aloqadorlikda, bir butunlikda ekanligini hisobga olish lozim.


Umuman, bunday masalalar bilan geografik qonuniyatlar haqida tushunchaga ega bo‘lgandan so‘nggina shug‘ullanish lozim. Shu sababli, mazkur fan bo'lajak geograf mutaxassislarga yuqori kurslarda o‘qitiladi.


Fanni o‘qitishdan maqsad


Fanni o‘qitishdan maqsad - geoekologiyaning ilmiy-nazariy asoslari, geoekologik muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularning makon va zamonda o'zgarishi, geoekologik baholash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning geoekologik asoslarini o‘rgatishdir.


Fanning vazifasi


Fanning vazifasi - geoekologik omillar va indikatorlarni aniqlash, geoekologik baholash, geoekologik monitoring, geoekologik prognozlash, geoekologik kartalashtirish, geoekologik rayonlashtirish bo‘yicha nazariy bilimlami shakllantirish;
geotizimlarda bo‘layotgan tabiiy va antropogen jarayonlami o‘rganish, ularning geoekologik vaziyatini aniqlash, geotizimlaming inson uchun ekologik qulay yoki noqulaylik darajasini baholash, geoekologik vaziyatni yaxshilash va tabiiy muhitni optimallashtirish chora-tadbirlarini loyihalash va boshqalar bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishdan iborat.



Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling